Manfaatdor tomon
– tashkilotning faoliyatidan yoki
yutuqlaridan manfaatdor shaxs yoki guruh.
Jarayon
– kirish va chiqishlarni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro
bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmuyi.
Tadbir
– faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning
o‘rnatilgan usuli.
Kuzatuvchanlik
– kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi
yoki joylashgan o‘rnini kuzatish imkoni.
Muvofiqlik
– talabni bajarish.
Nomuvofiqlik
– talabni bajarmaslik.
Sifat bo‘yicha rahbariyat
– tashkilot sifat menejmenti
tizimini belgilovchi hujjat.
Tahlil
– qurilayotgan obyektning yaroqliligi, adekvatliligi
(aynan bir xilligi), natijaviyligini aniqlash yoki belgilangan
maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyat.
Audit
– audit guvohnomasini olish va auditning kelishilgan
mezonlarini bajarish darajasini aniqlash maqsadida ularni
beg‘araz baholash muntazam, mustaqil va hujjatlashtirilgan
jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |