Birlamchi etalon
– birlikni mamlakatda (shu birlikning
boshqa etalonlariga nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta
tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
Maxsus etalon
– birlikning alohida sharoitlarda qayta
tiklanishini ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi
etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon.
Davlat etaloni
– davlat hududida ushbu kattalikning
boshqa barcha etalonlari bilan qayta tiklanadigan, birliklarning
o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida xizmat qilishi vakolatli
davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
Do'stlaringiz bilan baham: |