34
Hajmiy gidravlik yuritmalar
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida hajmiy gidravlik
yuritmalar, asosan, surish qurilmalari va qisqichlarni harakatlan-
tiradi. Biroq ish qismlariga asosiy harakat gidravlik yuritma-
lardan uzatiladigan dastgohlar ham bor (masalan, payraha
randalab olinadigan dastgohlar). Bunday dastgohlarda gidravlik
yuritmalar ish qismlarini ilgarilama va aylanma harakat-
lantiradi.
Gidravlik yuritma dastgoh qismlarining harakat tezligini
katta chegarada o‘zgartirishga imkon beradi, ishga tez tushi-
shi bilan ajralib turadi va harakatning ravonligini ta‘minlaydi.
O‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lsa-da, gidrodvigatei katta
kuch hosil qiladi, shuningdek, dastgoh qismlarining harakat
yo‘nalishini tez o‘zgartirishga yo‘l qo‘yadi va ularni masofadan
turib hamda avtomatik ravishda boshqarishga imkon beradi.
Dastgoh qismlariga to‘g‘ri chiziqli va aylanma harakat
bevosita gidrodvigateldan o‘tadi yoki oddiy tuzilishdagi
o‘zgartiruvchi qurilmalar (reyka-shesterna, krivoship-shatunli
qurilma) orqali uzatiladi. Dastgohning gidrodvigatei harakatlan-
tiradigan qismlari zo‘riqmaydi, bu esa uning xizmat muddatini
oshiradi.
Gidravlik yuritmaning kamchiliklari: ish suyuqligining
ishqa- lanishi va saqlash qurilmalari orqali sizib isrof bo‘lishidan
foydali ish koeffitsientining nisbatan past bo‘lishi hamda ish
suyuqligining temperaturasi keskin oshganda yuritmada o‘t
chiqish xavfi tug‘ilishi va turg‘un ishlamasligi.
Oddiy gidravlik yuritma gidrodvigatei va nasosdan tashkil
topgan. Dastgohlarning gidravlik yuritmalari sxemasiga ish su-
yuqligining bosimini keragicha o‘zgartirib turadigan, dastgoh ish
qismlarining harakat tezligini tegishlicha ta‘minlaydigan ham-
da gidrodvigatellar valining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradigan
qo‘shimcha qurilmalar kiritilgan. Gidrosistemaga ish suyuqligi
35
uchun idishlar va ish suyuqligini begona aralashmalardan
tozalaydigan konditsionerlar ham o‘rnatilgan.
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida, asosan ikki tomonla-
ma ishlaydigan silindrlar ko‘rinishidagi gidrodvigatellardan
foydalaniladi. Yangi mashinalarda ham aylanma harakatlanadigan
gidrodvigatellar ishlatiladi.
Ikki tomonlama ishlaydigan gidrosilindr (19-rasm) har
ikkala tomoni (toretslari) qopqoqlar bilan bekitilgan silindrdan
tashkil topgan boiib, qopqoqlarning biri (yoki har ikkalasi) da
shtok kirib turadigan teshiklar bor. Porshen shtokka biriktiriladi.
Qopqoqning shtok kirib turadigan teshigiga zichlash halqasi
o‘rnatilgan, bu zichlama silindrdan ish suyuqligining sizib
chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: