2.7. Tayanch iboralar Markaziy bank Markaziy bank raisi vakolatlari ijobiy nazorat salbiy nazorat
88
Bank boshqaruvi monetar siyosat foiz stavkalari marja maqsadlar dilemmasi maqsadlar kolliziyasi «Buyuk depressiya» veksel banknot chek kredit kartochkasi elektron pul aktiv pullar passiv pullar kvazi-pullar pul taklifi pulga talab arzon pullar qimmat pullar bank nazorati davlat nazorati idoraviy nazorat mustaqil nazorat aktivlar pul muomalasi pul emissiyasi «yomon» pullar «yaxshi» pullar monometallizm bimetallizm kredit pullar pul miqdori pul aylanmasi tezligi muomaladagi pul miqdori pul massasi pul agregati M 0 , M 1 , M 2 , M 3 pul bozori pul multiplikatori pul bazasi oltin andozasi bankning kredit majmuasi kredit kredit turlari kredit resurslari bankning sof foydasi 2.8. Test topshiriqlari va masalalar 1. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini: a) Prezident devoni boshqaradi; b) Vazirlar Mahkamasi boshqaradi; c) Respublika Markaziy banki boshqaradi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 2. Quyida qayd qilingan vazifalarning qaysi biri Markaziy bank vazifalariga taalluqli? a) rasmiy oltin-valuta zaxiralarini saqlash; b) pul emissiyasini amalga oshirish; c) moliyaviy yordam ko‘rsatish, tijorat bilan shug‘ullanish; d) a + b. 3. Markaziy bank boshqa banklar faoliyatini tartibga solishda quyidagi ko‘rsatkichlarning qaysi biridan foydalanadi? a) kapitalning monandlik koeffitsiyentidan; b) likvidlik koeffitsiyentidan; c) qarzlarga doir foizlarni hisoblash va ularni bank daromadlari
89
hisob varag‘iga kiritishga doir talablardan; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 4. Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda Markaziy bank ustav kapitalining eng kam miqdoridan: a) 0,1 foizgacha jarima undirish huquqiga ega; b) 0,2 foizgacha jarima undirish huquqiga ega; c) 0,3 foizgacha jarima undirish huquqiga ega; d) 0,5 foizgacha jarima undirish huquqiga ega. 5. Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda Markaziy bank ularga ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni: a) 1 oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega; b) 3 oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega; c) 6 oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega; d) 9 oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega.