21.
Quyida qayd qilingan manbalarning qaysi biri mijoz olgan
kreditni qoplash uchun asosiy manba bo‘lishi mumkin?
a) naqd pul oqimi;
b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish;
c) qimmatli qog‘ozlar yoki majburiyatlar chiqarish orqali
mablag‘larni jalb qilish;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
22.
Pul oqimi – bu:
a) mijozning o‘z xarajatlarini qoplash va qarzlarini o‘z resurslari
hisobidan to‘lash qobiliyatini baholashda qo‘llaniladigan
ko‘rsatkichdir;
b) kreditorlik qarzlarining ko‘payishini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir;
c) turli passivlarning kamayishini tavsiflovchi ko‘rsatkichdir;
d) barcha to‘lovlarni tavsiflovchi ko‘rsatkichdir.
23.
Pul oqimidagi kirim qismiga nimalar kiradi?
a) barcha to‘lovlar;
b) mazkur davr ichida olingan foyda;
c) aksioner kapitalining chiqimi;
d) kreditorlik qarzlarining kamayishi.
24.
Pul oqimidagi chiqim qismiga nimalar kiradi?
a) soliqlar;
b) foizlar;
c) dividendlar;
d) mazkur davr uchun ajratilgan amortizatsiya ajratmalari.
25.
Umumiy pul oqimi va qarz majburiyatlarining nisbatiga
asoslanib mijozning kreditga layoqatlilik darajasini tavsiflovchi
koeffitsiyentlarning qaysi biri 1-klassga taalluqli?
a) 0,75;
b) 0,30;
c) 0,25;
d) 0,20.
379
6.5.
Nazorat uchun savollar
1.
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda nimani tushunasiz?
2.
Mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qanday moliyaviy
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi?
3.
Kreditga layoqatlilikni baholashda qanday ma’lumot
manbalaridan foydalaniladi?
4.
AQSh va Buyuk Britaniyada qarz oluvchining kreditga
layoqatliligini aniqlashda nimalarga e’tibor beriladi?
5.
Qarz oluvchining likvidligi deganda nimani tushunasiz?
6.
Aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti nima uchun
hisoblaniladi?
7.
Moliyaviy barqarorlik yoki mustaqillik koeffitsiyenti nimani
ifodalaydi?
8.
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga qarab mijozlar qanday
sinflarga ajratiladi?
9.
Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning kreditga layoqatliligi
qanday aniqlanadi?
10.
Qaysi holda mijozni nolikvid balansga ega deb aytish mumkin?
11.
Mijozning kreditni o‘z vaqtida qaytara olish layoqatliligini
bilish uchun bank nimalarga e’tibor berishi lozim?
12.
Kredit oluvchining xarakterini bilish uchun nimalarga e’tibor
berish lozim?
13.
Kredit oluvchining kredit olishga layoqatliligini qanday
hujjatlar tasdiqlashi mumkin?
14.
Qanday pul mablag‘lari mijozning layoqatliligiga ishonch hosil
qildirishi mumkin?
15.
Qanday ko‘rsatkich mijozning ta’minlanganlik darajasini
ifodalaydi?
16.
Qanday ko‘rsatkichlar mijozning holati va sharoitini ifodalaydi?
17.
Mijozning kredit olishga layoqatliligi qaysi ko‘rsatkichlar
yordamida nazorat qilinadi?
18.
Mijozning talabnomasini baholashda kredit mutaxassislari va
bank tadqiqotchilari qaysi ma’lumot va manbalarga tayanadilar?
19.
Pul oqimi nima?
20.
Pul oqimi tahlili qanday amalga oshiriladi?
21.
Amaliy riskni tahlil qilish yordamida mijozning kreditga
layoqatliligini baholash mumkinmi?
380
22.
Amaliy risk mezonlari qanday ballar bilan baholanadi?
23.
Kichik korxonalarning kreditga layoqatlilik darajasi qanday
baholanadi?
24.
Jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligi qanday baholanadi?
381
Do'stlaringiz bilan baham: |