Sh. Abdullayeva I f. d., prof



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/354
Sana21.07.2022
Hajmi1,73 Mb.
#832557
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   354
Bog'liq
Пул ва банк

[194].
Xalqaro kredit –
bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi 
tomonidan ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy 
shaxslariga muddatlilik va to‘lovlilik asosida berilladigan kredit 
hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda 
(davlatlar o‘rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, suveren davlat 
sifatida o‘z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘ya boshladi. 1991-
yilgacha O‘zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va 
amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991-yil 14 – iyunda qabul 
qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati 


312
to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik 
va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy 
hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. 
Xalqaro kredit quyidagi 
xususiyatlari
bilan xarakterlanadi: 
qarz oluvchi va qarz beruvchi sifatida davlat muassasalari va 
tashkilotlari, huquqiy shaxslar (banklar, kompaniyalar) xalqaro valuta-
kredit tashkilotlari qatnashadilar; 
qarzga olingan mablag‘lar qarz oluvchi mamlakat tomonidan 
daromad keltiruvchi kapital sifatida ishlatiladi; 
qarz beruvchi mamlakatga to‘lanadigan ssuda foizining manbasi 
qarz oluvchi mamlakat aholisi tomonidan yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot hisoblanadi. 
Xalqaro kredit davlat va xalqaro institutlar ishtirok etgan 
munosabatlarda pul (valuta) shaklida, tashqi savdo faoliyatida esa tovar 
shaklida bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xalqaro kredit chet el 
obligatsiyalari, chet el korxonalari aksiyalari va boshqa qimmatli 
qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida kapital qo‘yish shaklida ham 
bo‘ladi. 
Xalqaro kredit mahalliy kredit bilan bir qatorda fondlar aylani-
shining barcha bosqichlarida qatnashadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
doirasida xalqaro kredit quyidagi 
funksiyalarni
bajaradi: 
mamlakatlar o‘rtasida kapitalning qayta taqsimlanishini ta’min-
laydi; 
kapitalning konsentratsiyalashuviga va markazlashuviga sharoit 
yaratadi va bu jarayonni tezlashtiradi; 
har xil valutalarda xalqaro hisob-kitoblarni olib borishda muo-
mala xarajatlarini qisqartiradi. 
[195].
Xalqaro kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda kim 
tomonidan qondirilishiga, shuningdek, qarz oluvchilarga taklif qilini-
shiga qarab xalqaro kredit bir necha turlarga bo‘linadi (42-jadval). 
Xalqaro davlat krediti ikki tomonlama kelishuv asosida rivojlangan 
davlatlar tomonidan rivojlanayotgan davlatlarga tovar yoki valuta 
shaklida, foiz to‘lash yoki foiz to‘lamaslik sharti bilan, uzoq yoki qisqa 
muddatga beriladi.
Xalqaro bank kreditlarining: 
bank eksport kreditlari (xorijiy importyorlarga xususiy tijorat 
banklari, maxsus tashqi savdo banklari tomonidan beriladigan kredit); 
yevrokredit (yirik tijorat banklari tomonidan yevrovaluta bozori 


313
resurslari hisobidan yevro-valutada, ikki yildan o‘n yilgacha bo‘lgan 
muddatda, o‘zgaruvchi foiz stavkada kreditlar berish) kabi turlari 
mavjud. 
Qisqa muddatli xalqaro kreditlarni – xalqaro valuta fondi, o‘rta 
muddatli kreditlarni – Jahon tiklanish va taraqqiyot banki, uzoq muddatli 
(yigirma yilgacha) kreditlarni – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 
berishi mumkin. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish