3.8.
Tayanch iboralar
tijorat banklari
zamonaviy bank
bank resurslari
«umumiy zaxiralar»
«maxsus zaxiralar»
taqsamlanmagan foyda
I darajali kapital
II darajali kapital
«kapitalning yetarliligi»
likvidlikni boshqarish
bankning oltin qoidasi
aktivlarni boshqarish
passivlarni boshqarish
ssuda foizi
marjali ssudalar
«to‘lovga layoqatlilik»
bank likvidligi
gudvil
leveraj
«Kuk koeffitsiyenti»
likvidli aktivlar
aktivlar me’yori
«yaxshi» aktivlar
«standart» aktivlar
«substandart» aktivlar
«shubhali» aktivlar
«umidsiz» aktivlar
bank daromadi
bank xarajatlari
foydalilik koeffitsiyentlari
bank kapitalining yetarlilik
koeffitsiyenti
bankning o‘z kapitali
bank aktivining sifati
196
bankning likvidlik koeffitsiyentlari
lahzalik likvidlik koeffitsiyenti
aktivlarning diversifikatsiyalanishi
«qaynoq pullar»
ishonchsiz mablag‘lar
barqaror mablag‘lar
aktiv hisoblar
passiv hisoblar
aktiv-passiv hisoblar
nomoddiy aktivlar
depozitlar sifati
likvidlikni boshqarish
likvidlikni baholash
likvid ko‘rsatkichlar
bank hisoboti
bank balansi
sintetik hisob
analitik hisob
mablag‘lar manbasi
mablag‘larni immoblizatsiya
qilish
3.9. Test topshiriqlari va masalalar
1.
Tijorat banki:
a) davlat bankining tarkibiy qismi hisoblanadi;
b) nodavlat bank hisoblanadi;
c) noto‘g‘ri javob yo‘q;
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
2.
Mulkchilik shakliga qarab tijorat banklari quyidagi
turlarga bo‘linadi:
a) davlat banklari;
b) aksioner banklar;
c) kooperativ banklar;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
3.
Tijorat banklari mulkchilik shakliga qarab quyidagi
turlarga bo‘linadi:
a) xususiy banklar;
b) qo‘shma banklar;
c) xorijiy banklar;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
4.
Bajariladigan operatsiyalariga qarab banklar:
a) universal banklarga;
b) maxsus banklarga;
c) viloyat banklariga bo‘linadi;
d) a + b.
5.
Quyida qayd qilingan funksiyalarning qaysi biri bank
kapitalining funksiyasi hisoblanadi?
197
a) kreditorlarning manfaatini himoya qilish;
b) bank faoliyatining barqarorligini ta’minlash;
c) bank faoliyatini muvofiqlashtirish;
d) a + b + c.
6.
Leveraj – bu:
a) bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini
aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir;
b) firmaning moddiy o‘lchov ta’siriga tushmaydigan sarmoyasi,
masalan, obro‘-e’tibor, kasbiy omilkorlik, aloqalar, marketing va
boshqalardir;
c) moddiy va jismoniy shaklga ega bo‘lmagan nomonetar, identi-
fikatsiyalanadigan aktivlardir;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
7.
«Kuk koeffitsiyenti»:
a) bank barqarorligiga berilgan umumiy bahoni va bankning riskka
bardoshlik darajasini ifodalaydi;
b) bank kapitalining balansdagi va balans orti aktivlari o‘rtasidagi
minimal nisbatni belgilaydi;
c) bank jami aktivlarining kapital bilan ta’minlanganlik darajasini
aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir;
d) noto‘g‘ri javob yo‘q.
8.
Tavakkalchilik koeffitsiyenti 20 foiz bo‘lgan aktivlar:
a) o‘rtacha tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar toifasiga kiradi;
b) yuqori tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar toifasiga kiradi;
c) minimal tavakkalchilik darajasiga ega aktivlar toifasiga kiradi;
d) tavakkalchilikdan xoli bo‘lgan aktivlar toifasiga kiradi.
9.
Quyida qayd qilingan aktivlarning qaysi bir turi yuqori
darajadagi likvid aktivlar tarkibiga kiradi?
a) bir yilgacha qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el valutasida
bank tomonidan berilgan kreditlar;
b) garovdagi qimmatli qog‘ozlar;
c) yaqin 30 kun ichida qaytarish sharti bilan so‘mda va chet el
valutasida berilgan kreditlar;
d) naqd pullar va unga tenglashtirilgan mablag‘lar.
10.
Quyida qayd qilingan aktivlarning qaysi bir turi likvid
aktivlar tarkibiga kiradi?
198
a) Markaziy bank schyotidagi mablag‘lar;
b) yaqin 30 kun ichida mazkur bank schyotiga o‘tkazilishi kutilgan
to‘lovlar;
c) davlatning qarz majburiyatlari;
d) 50 foiz kafolat sharti bilan bir yildan ko‘proq muddatda
qaytarish sharti bilan berilgan kreditlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |