1-chizma.
Germaniya bank tizimi.
2-chizma
. Sobiq Ittifoqdagi bank tizimi.
Sobiq Ittifoq bank tizimi
Ittifoq Davlat banki
Ittifoq tashqi savdo
banki
Ittifoq Qurilish banki
Bundes bank va 11 zamin markaziy banki
Aholiga xizmat
ko‘rsatuvchi bank-
lar
Kreditlar
bo‘yicha
banklar
Ipoteka tar-
moq banklar
Ixtisoslashgan
banklar
Investitsiya va
qimmatli qo-
g‘ozlar bilan
operatsiya qila-
digan banklar
Ipoteka ix-
tisoslashgan
qurilish jam-
g‘arma kassalar
Pochta jam-
g‘arma banklar
va boshqalar
Yirik banklar va
ularning
bo‘limlari
Mintaqaviy
banklar
Xususiy banklar
Xorijiy banklar
bo‘limlari
Jamg‘arma
g‘aznalar
Tarmoq
banklari
Uy-joy qu-
rish bo‘yi-
cha
jamg‘arma
Maxsus banklar
Davlat
bank-
lari
Davlat
bank-
lari
12
Sobiq Ittifoq bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega
bo‘lib, o‘z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va
xo‘jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi
markaz hisoblanardi. Ham emissiya, ham hisob-kitoblar, ham kreditlar
bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarining bir joyda mo-
nopollashuvi Davlat bankini boshqaruv va nazorat organiga aylantirgan
edi.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mus-
taqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil yosh davlatimiz siyo-
satining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilishning
dastlabki bosqichida 1991-yilda qabul qilingan «Banklar va bank faoli-
yati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bozor sharoitlariga
mos banklar institutini vujudga keltirishning asosiy yo‘nalishlarini bel-
gilab berdi.
Mazkur qonunga muvofiq SSSR davlat bankining hududiy bo‘limi
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi va u be-
vosita davlat boshchiligida bank tizimini isloh qilishni boshladi. Juda
qisqa muddat ichida respublikamizda ikki pog‘onali bank tizimi vujudga
keltirildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligidagi ikki
bosqichli bank tizimini tashkil qilish respublikaning iqtisodiy musta-
qillikka erishish hamda bozor munosabatlariga o‘tish ehtiyojlariga mos
keladi»,
1
ya’ni ikki pog‘onali bank tizimining yuqori pog‘onasining
bosh maqsadi milliy valuta – so‘mning barqarorligini ta’minlashdan ibo-
rat bo‘lgan Markaziy bank, quyi pog‘onasini esa bevosita mijozlar bilan
ishlovchi tijorat banklari tashkil etadi (3-chizma).
Shunday qilib, O‘zbekistonda bank tizimi ikki pog‘onali bo‘lib, bi-
rinchi pog‘onada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, uning mar-
kaziy apparati va viloyatlari bo‘yicha Markaziy bank bosh boshqar-
malari tursa, ikkinchi pog‘onada tijorat banklari, ularning sho‘balari,
chet el banklari sho‘balari turadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma
banklar bank faoliyatining subyektlari hisoblanadi va ular tarkibiga qu-
yidagilar kiradi:
1
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1999.
13
Do'stlaringiz bilan baham: |