identifikatsiyalashning
yangi
vositalari yaratilgan bo‘lib, shartnomada elektron to‘lov vositalari,
kadrlar, parollar va hisob varaqda turgan pul mablag‘larini tasarruf etish
huquqini tasdiqlaydigan boshqa axborot tashuvchi vositalardan
foydalanish ko‘zda tutilishi mumkin.
Qonunchilikda yuridik shaxsga hisobvaraq ochish uchun majburiy
bo‘lgan boshqa hujjatlar belgilangan. Mijoz tomonidan hisobvaraq
ochish to‘g‘risida ariza berish
oferta
(shartnoma tuzish uchun taklif)
bo‘lib, bank rahbarining bunga ruxsat berish to‘g‘risidagi yozuvi
aksept
(shartnoma tuzishga rozilik)dir.
Bank hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad
etishga bank xizmati ko‘rsatishga qabul qilish imkoniyati yo‘qligi sabab
bo‘lgan hollar bundan mustasno (FK, 775-modda).
Bankka hisobvaraq ochish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami
(paketi)ni taqdim etgan va asossiz rad javobi olgan har qanday shaxs
FKning 377-moddasi 6 qismida belgilangan tartibda uni tuzishdan bosh
tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan
sudga murojaat qilishga haqli. Bundan tashqari, mijoz bankidan
397
shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortib, unga yetkazilgan zarar
o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli.
Bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish amaliyotida ikki usul:
bankning standart blankasida yagona hujjat tuzish va uni
imzolash;
bank rahbarining ruxsat imzosini qo‘yish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Shartnoma tuzish tegishli hisobvaraqni ochishni taqozo etadi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasini bekor qilish nafaqat umumiy
qoidalarga asosan, balki bir tomonlama ham amalga oshiriladi. Bank
hisobvarag‘i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda
bekor qilinishi mumkin. Bankning talabiga ko‘ra, bank hisob varag‘i
shartnomasi qonunda belgilangan quyidagi ikki muayyan holda sud
tomonidan bekor qilinishi mumkin.
mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi
bank qoidalariga mos kelmasa yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng
kam miqdoridan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank bu haqda
ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;
agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa,
ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan
bo‘lsa, hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli
yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan etti kun ichida mijozga
beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa
o‘tkaziladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi yuridik shaxs qayta tashkil
etilganida o‘zgartiriladi, bunda hisobvaraq qayta rasmiylashtiriladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi yuridik shaxs tugatilgan yoki mijoz
fuqaro vafot etgan taqdirda tugatiladi. Shartnomani buzish yoki
to‘xtatish mijoz hisobvarag‘ini yopish bilan tugallanadi.
[252].
Bank hisobvarag‘i shartnomasi mazmunini bank bilan
mijozning hisobvaraqlari huquq va majburiyatlari tashkil etadi.
Bankning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Mijoz uchun bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan
bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llanadigan ish muomalasi
odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qo‘yilgan
operatsiyalarni amalga oshirishi shart (FK, 777-modda).
Bank sirini saqlashi shart. Bank mijozning topshirig‘i bo‘yicha
mijozga tushgan pul mablag‘larini qabul qiladi va hisobvaraqqa kiritadi,
mijozning mablag‘larini hisobvaraqdan o‘tkazish, naqd pullarni hisob
398
varaqdan berish to‘g‘risidagi farmoyishlarni bajaradi.
Bank mijoz pul mablag‘laridan foydalanish yo‘llarini nazorat etish
va mijozning o‘z ixtiyoriga ko‘ra pul mablag‘larini tasarruf etish
huquqini qonunda yoki shartnomada ko‘zda tutilgan ravishda
cheklashga haqli emas. Mijoz bankka hisob-kitoblarni amalga oshirish,
pul mablag‘larini depozitga o‘tkazish, hisobvaraqdan chiqarish
to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Mijoz hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar
belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi (FK, 778-modda).
Bank tegishli to‘lov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan
kechiktirilmasdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqqa kiritib
qo‘yishi shart. Tegishli hisob-kitob hujjati kelib tushgan kunning
ertasidan kechiktirilmasdan bank mablag‘larini hisobdan chiqarish yoki
hisob-kitob hujjatlarini boshqa bankka jo‘natish yo‘li bilan mijozning
topshiriqnomasini bajara boshlashi kerak. Mijozning hisobvaraqdan
mablag‘larni berish to‘g‘risidagi farmoyishlari ham xuddi shunday
muddatlarda bajarilishi kerak.
Agar mijoz hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmasa, bank
uning topshirig‘ini bajarmasligi lozim. Ammo bank hisobvarag‘i
shartnomasida hisobvarag‘ida pul mablag‘lari yo‘q bo‘lgan taqdirda
ham to‘lovlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bu
holda bank mijozga kredit beryapti, deb hisoblanadi. Mijozning bank
oldidagi qarzi vujudga keladi va bu holda bank bilan mijoz o‘rtasidagi
munosabatlarga qarz va kredit to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi (FK,
779-modda).
Bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisobvaraq bo‘yicha
operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishini
kafolatlaydi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning
o‘zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin (FK, 786-modda).
Ma’lumotlar faqat sud va sud xo‘jaliklariga (sudyalarga), davlat
soliq xizmat idoralariga, bojxona idoralariga va surishtiruv, tergov
organlariga prokurorning roziligi bilan berilishi mumkin. Mijoz fuqaro
hisobvarag‘idan ma’lumotlar u vafot etgan taqdirda merosxo‘rlariga,
shuningdek, notarius va konsulxona muassasalariga beriladi. Bank sirini
tashkil etuvchi ma’lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda
huquqlari buzilgan, mijoz keltirilgan zararning o‘rnini qoplashni
bankdan talab qilishga haqli (FK, 786-modda). Xuddi shunday
javobgarlik bank sirini oshkor qilgan bank xodimlari zimmasiga ham
yuklatiladi (FK, 798-modda).
399
Mijoz hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida
bank qoidalariga rioya qilish va (agar bank hisob varag‘i shartnomasida
ko‘zda tutilgan bo‘lsa) hisob varaq bo‘yicha operatsiyalarni amalga
oshirish bo‘yicha bank xarajatlarini to‘lashi lozim.
Faqat mijozning farmoyishiga asosan bank pul mablag‘larini
hisobvaraqdan o‘chiradi (qonunda, shartnomada ko‘zda tutilgan va sud
qarori bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno). Agar mijozning
hisobvarag‘idan mablag‘larni o‘chirish qonunga asosan amalga
oshirilayotgan bo‘lsa, uni so‘zsiz (nizosiz) hisobvaraqdan
Do'stlaringiz bilan baham: |