143
Kapital va kreditlar harakati balansi davlat va xususiy kapitalning kirib kelishi
va chiqib ketishi hamda xalqaro kreditlar berish va olish bilan bog’liq bo’lgan
operatsiyalarni ifoda qiladi. O’zining muddatliligiga qarab kapital va kreditlar oqimi
qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’lishi mumkin.
Kapital va kredit oqimi balansiga «xatolar va hisobga olinmagan»
moddasi
biriktiriladi. U qisqa muddatli kapitalning hisobga olinmagan harakatini ifodalaydi.
Valyuta zaxiralarining o’zgarishi Markaziy banklarning Xalqaro valyuta
operatsiyalarini belgilaydi, ular to’lov balansini tenglashtirish va milliy valyuta
kursini ushlab turish bilan bog’liqdir. AQShda joriy to’lov balansi «doimiy»
passivdir. Manfiy saldo 1988-94 yillari 100 mln. dollar (yiliga) atrofida bo’ldi,
Tashqi qarzning tabiiy to’planishi yuz bermokda. Shu bilan birgalikda AQShda
boshqa mamlakatlarning majburiyatlari yig’ilmoqda. Bir qator davlatlarda (GFR,
Yaponiya, Shveytsariyada) aktiv saldo ko’zga tashlanadi. Shu davr ichida yillik sof
aktiv GFRda 51 mln. dollar, Yaponiyada 40,8 mln. dollardir.
Shimol-Janub
moliyaviy o’zaro aloqalari natijasida «uchinchi dunyo» mamlakatlarining qarzi 90-
yillar boshida 1,5 trln. dollarga etdi.
To’lov balansining saldosi aniqlanganda, uning moddalari asosiy va
balanslovchilariga bo’linadi. Asosiy moddalarga to’lov balansi saldosiga ta’sir
etadigan va nisbiy mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi:
joriy operatsiyalar va uzoq muddatli kapital harakati.
Balanslovchi moddalarga mustaqillikka ega bo’lmagan, yoki cheklangan
mustaqillikka ega operatsiyalar kiradi. Bular to’lov balansi saldosini tugatish
manbalari va vositalari:
−
valyuta zaxiralari harakati;
−
qisqa muddatli aktivlarning o’zgarishi;
−
xorijiy yordamning ba’zi
bir turlari;
−
tashqi davlat zayomlari va boshqalar.
Asosiy va balanslovchi moddalarning yakuniy ko’rsatkichlari bir-birini
qoplaydi, ya’ni to’lov balansi rasman muvozanatlashadi.
144
Agar to’lovlar tushumlardan oshsa, defitsitni qoplash muammosi paydo
bo’ladi. Buning uchun an’anaviy manbalar va usullar, ya’ni zayom va tadbirkorlik
kapitalini kiritishdan foydalaniladi. Bu vaqtinchalik usuldir.
Chunki qarzdor davlat
foiz, devidend va zayom summasini to’lab berishi lozim.
Passiv saldo balansini qoplashning yangi usuli Markaziy banklarning milliy
valyutada beradigan svop kelishuvi bo’yicha qisqa muddatli kreditidir.
To’lov balansining vaqtinchalik defitsitini qoplash uchun XVF a’zo davlatlarga
rezerv (shartsiz) kreditini beradi(kvotaning 25% chegarasida).
Rivojlanagan davlatlar o’z to’lov balansi defitsitini qoplash uchun bank
konsortsiumlari kreditlari, obligatsiyali zaemlardan foydalanadi.
To’lov balansi defitsitini vaqtinchalik qoplash usullariga shuningdek «xorijiy
yordam» liniyasidan olingan imtiyozli kreditlar kiradi.
To’lov balansini balanslashning oxirgi usuli bu rasmiy oltin valyuta
zaxiralardan foydalanishdir.
To’lov balansini yakuniy balanslashning
asosiy usuliga chet el
konvertirlanadigan valyuta zaxirasi kiradi.
70-yillardan boshlab to’lov balansi defitsitini qoplash uchun xorijiy valyutani
sotib olishda SDR dan foydalanila boshladi.1979 yildan boshlab EVT davlatlari bu
maqsadda EKYu dan ham foydalanadi. to’lov balansi defitsitini qoplashning oxirgi
vositasi subsidiya va in’omlar tarzidagi xorijiy yordam hisoblanadi.
To’lov balansini muvozanatlashning yordamchi usullariga chet el va milliy
qimmatli qog’ozlarni chet el valyutasiga sotish kiradi.
Masalan, AQSh passiv saldoni qoplash maqsadida xazina oblagatsiyalarini
xorijiy davlatlar Markaziy banklarida saqlaydi.
T
Do'stlaringiz bilan baham: