Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari



Download 0,65 Mb.
bet30/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)

§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari

Valyuta kursini kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatini muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lgan-xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog’liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko’rsatadi. Bunga sabab valyuta kursining holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikdir.
Valyuta kursi asosan quyidagi jarayonlarni amalga oshirish uchun: kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o’zaro ayirboshlash. Masalan, eksportyor chet el valyutasi olgan tushumini o’z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o’z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to’lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Importyor chetdan sotib olgan tovarlarni to’lovchini amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi;

  • jahon bozori va milliy bozor narxlarni hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslash;

  • firma va banklarning chet el valyutasidagi mavjud bo’lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun. Valyuta kursi - bu bir mamalakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, EKYu) ifodalagan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffitsienti sifatda namoyon bo’ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy kategoriya tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. O’iymat tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan. O’iymat munosabatlariga asoslangan. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.

Kapitalning xalqaro harakatining tez o’sishi bilan bog’liq ravishda valyuta kursini O’zgarishiga (tovar) valyutani tovarlarni xarid qilish qobiliyati bilan birga moliyaviy aktivlarni xarid qilish qobiliyati ham ta’sir ko’rsatadi.
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan uzviy bog’liqdir. Valyuta kursini o’zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo’lib, valyuta kursiga to’g’ri yoki teskari ta’sir ko’rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin;

  1. Valyuta kursini dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan omillar:

(YaMM) to’lov balansi;

  • pulni ichki va tashqi taklifi;

  • foiz stavkalari.

Bu ko’rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) omillar sifatida atash mumkin.

  1. (Uyushgan) sabab omillarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini o’rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.

  2. Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tenglikdan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar:

  • Iqtisodiy tanglikning namoyon bo’lishi;

  • Davlat byudjeti defitsiti;

  • Nazoratsiz emissiya;

  • Inflyatsiya;

  • Ichki va tashqi baholar o’rtasidagi farq.

  • Monopol ishlab chiqarish;

  • Pullarni xorijiy valyuta funktsiyasini bajarishi;

  1. To’liq hajmda to’lov vositasi;

  2. jamg’arish vositasi;

v)Kapitalni chetga oqib ketishi;

  • Investitsiyani qisqartirish;

  • Ishlab chiqarish hajmini pasayishi.

  • Resurslar oborotida qatnashmaslik;

  • Iste’molchilarning foydalarini pasayishi;

  • Valyuta birjasidagi uyin;

  • Tovarlarni «yuvilishi»;

  • Demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firmalarning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati.

Siyosiy omillar;

  • Mamlakat pul tizimiga bevosita o’zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;

  • Davlat siyosatini muddatini aniqlovchi qarorlar;

  • Boshqaruv strukturasining barqarorlik darajasi;

  • Iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;

  • Iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;

  • O’onunlarni bajarilish darajasi;

  • Iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;

  • Mamlakatdagi siyosiy kuchlar o’rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;

  • Iqtisodiyotni ko’tarish bo’yicha aniq ishlangan dasto’rning yo’qligi;

  • Aholning boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;

  • Xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.

O’onuniy normalarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursini, qimmat baho qog’ozlar kursini yoxud tovarlar bahosini o’rnatilishi katirovkalash deb ataladi. Yoki qisqacha qilib aytganda valyuta kursini o’rnatish katirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida katirovkalashning 2 xil usuli mavjud;
1) To’g’ri katirovkalash. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir-birligiga to’g’ri keladigan miqdorda ko’rsatilsa, to’g’ri katirovkalash deb ataladi. Masalan, 2003 yilning 30 sentyabrida 1 AO’Sh dollariga nisbatan o’zbek so’mining kursi 975,00 so’mni, 1
Rossiya rubliga nisbatan 31,97 so’mni tashkil etdi. Bunday katirovkalash hozirgi vaqtda jahondagi ko’pchilik mamlakatlarda qo’llanilib kelinmoqda.
2) Egri (teskari) katirovkalash. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o’rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko’rsatiladi, masalan;
1
1 so’m = AQSh dollari yoki 1 AQSh dollari 975,00 so’m
975,00
1
1 so’m = Rossiya rubli yoki 1 Rossiya rubli = 31,97 so’m
31,97
Buyuk Britaniyada funt sterlingning Avstraliya dollarining va EKYuning kursi teskari katirovkalash yordamida o’rnatiladi. Agarda ikki valyuta o’rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «kross-kurs» deb ataladi.
Masalan: 1 $ AO’Sh dollari = 31 Rossiya rubli 1 $ AO’Sh dollari = 5 Ukraina grivna 1 Ukraina grivna = 6,2 Rossiya rubli
Ko’rinib turibdiki, (kross-kurs) yuqorida keltirilgan nisbat Ukraina girivnasining Rossiya rubliga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu misolda AO’Sh dollari uchinchi valyuta rolini uynaydi. Jahon amaliyotida asosan uchinchi valyuta sifatida AO’Sh dollari qo’llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan katirovka qilinadi.
Kross-kursdan foydalanish ancha ogir va risklidir. Ammo ularni qo’llash quyidagi 2 holatda zarur va foydalidir;
-sizning talabingizdagi valyutaga ega bo’lgan sotuvchilarda sizning valyutangizga talab mavjud emas. (Masalan, so’mni Yaponiya ienasiga almashtirish kerak. Bu erda uchinchi valyuta AO’Sh dollari bo’lsin. Yaponiya ienasi sotayotganlar ichida sizning valyutangizni sotib olishni xohlaydiganlar yo’q).
Oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda valyuta bozorida quyidagi valyuta kurslarining ko’rinishlaridan foydalaniladi;
«Spot-kurs» bu naqd (kassa) bitimlarining kursidir. Spot-kurs bu bir mamlakat pul birligining shartnoma to’zilgan vaqtda o’rnatilgan baho bo’yicha boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Bunda valyutani valyuta bitimi tuzilgan kundan boshlab 2 ish kunida almashtirib berish shart hisoblanadi. «Forvard» kurs-bu muddatli valyuta bitimlarining kursidir.
Forvard kursi valyutani kelajakda aniq bir kunga etkazib berish sharti bilan sotilish va xarid qilish bahosini o’zida ifoda etadi.
Forvard bitimlari odatda valyuta kurslarining o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarni bartaraf qilish maqsadida ishlatiladi. Bitim tuzilayotgan paytda forvard kursda aniqlanadi va ana shu kurs bo’yicha valyuta sotiladi yoki sotib olinadi. Agar shartnoma muddati tugagan kunda kurs shartnoma kursidan farq qilsa, unda bir tomon foyda ko’radi va bir tomon zarar ko’radi. Masalan, siz 2003 yil 1 yanvarda 2003 yili 1-iyun kuni 1$=965 so’m kursida sotib olish bitimini tuzdingiz. Ammo 2003 yil 1-iyun kuni 1$=970 so’mni tashkil etdi, natijada siz har bir dollarga 5 so’m miqdorida qo’shimcha foyda ko’rdingiz.
Agar 1-iyun kuni 1$=963 so’mni tashkil etsa, unda har bir dollardan 2 so’mdan zarar ko’rasiz.
Muddatli bitimlar bo’yicha valyuta kurslari (report) ustama yoki dasxat metodi bo’yicha katirovka qilinadi va «autrayt» kurslari deb ataladi.
Forvard kurs + Spot kurs + Ustama Forvard kurs + Spot kurs-Diskont.
Misol.
Bitim summasi - 1 mln
Bitim muddati - 90 kun
Bitim valyutasidagi kreditning % stavkasi (USD) - 3,5 % Baxolovchi valyutadagi depozitlarga to’lanadigan % stavkasi (DEM) - 5,5 % Cpot kurs 1 = 1,5210-1,5220 DEM
SK x FSF x BM
Ust/Disk = = (360x100)=(BVFS x BM)
1,5210х(5,5-3,5) х 90 273,78
= = 0,0075
(360x100) + (3,5х90) 36315
Ustama yoki dikont ekanligi % stavkalari o’rtasidagi farqdan bilish mumkin. Agar valyuta bitimi bo’yicha % stavkasi baholovchi valyutaning % stavkasidan past bo’lsa, bu valyuta yuqori kurs katirovka qilinadi va chiqqan ko’rsatkich ustama sotiladi. Agar valyuta bitimining % stavkasi yuqori bo’lsa, bu ko’satkich diskont bo’ladi. Agar milliy valyutadagi depozitlarning % savkasi bitim valyutasidagi kreditlarning % stavkasidan yuqori bo’lsa, olingan natija diskont hisoblanadi va aksincha bo’lsa ustama hisoblanadi.
Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o’rnatadi. Bu kurslar sotuvchining kursi va xaridorning kursi deb ataladi.
Sotuvchi kursi - bankning valyutani sotish kursi
xaridor kursi - bankning valyutani sotib olish kurs
Bu kurslar o’rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmati xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi.
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir.
Konvvertirlanganlik - darajasiga ko’ra valyuta kursi 3 ga bo’linadi.

  • erkin «suzib» yuruvchi

  • cheklangan darajada «suzib»yuruvchi

  • qayd etilgan valyuta kurslari.

Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo’linadi.
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo’lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o’zgarib turishi mumkin. Masalan. AO’Sh dollori, Yaponiya ienasi, Angliya funt sterlingi Shu bois bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi.
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o’zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o’zgarishiga bog’liq. Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning ko’pchilik mamlakatlari o’z valyutalarini AQSh dollariga, Evropa mamlakatlarining EURO siga va boshqa boshqa xorijiy valyutalarga bog’laydilar. Sobiq sotsialistiq mamlakalar ularning valyuta kurslarini valyuta savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o’z valyutalarining tebranish chegarasini o’zlari hamkorlik kilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar.
O’ayd etilgan valyuta kursi-bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul birligining davlat tomonidan rasmiy o’rnatilgan bahosi bo’lib, unga valyuta bozorlaridagi talab va taklifning o’zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisody tashqi bozorga etarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash maqsadida qullaniladi.
Barcha mamlakatlar ma’lum muddatda o’z valyutalari kurslari to’g’risidagi axborotni e’lon qilib boradilar. Masalan, O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasi ish yakunlari matbuotda, televideniyada e’lon qilib boriladi. Bunda nominal valyuta kursi belgilanadi. Lekin kuchayib borayotgan inflyatsiya sharoitida jahon bozorida milliy mahsulotga bo’lgan talabni, uni raqobatbardoshligini aniqlashda milliy va xorijiy tovarlar baholari o’rtasidagi nisbatini ham bilish kerak bo’ladi. Ya’ni milliy valyutaning real almashtirish kursini hisoblab chiqish kerak. Real valyuta kursini hisoblashni O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqariladigan gazlama misolida ko’rsatish mumkin. Masalan, 1m gazlamaning bahosi respublikamizda 1000 so’m, Rossiyada 35 rubl, Valyutalarning amaldagi nisbati 1 Rossiya rubli = 35 so’m yoki lso’m = 0,032 Rossiya rubli bo’lganda, 1 m o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya rublida 0,032*1000=32 rubl turadi. Bunday holda O’zbekiston va Rossiyada ishlab chiqarilgan 1 m gazlama baholari nisbati teng bo’ladi.

Pul, kredit va banklar. Darslik. (Sh. Abdullaeva) Toshkent, Toshkent Moliya instituti, 2003. 318 bet 2
Rektorning o’quv va metodik 2
Toshkent Moliya instituti - 2003 3
KIRISH 3
IBOB. PULNING ZARURLIGI VA MOYOYATI 6
1-§. Tovar ishlab chiqarish va pulning zarurligi 6
2-§. Pulning mohiyati va uning xususiyatlari 8
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 14
IIBOB. PULNING FUNTSIYALARI VA ROLI 15
1-§. Pulning funktsiyalari va ularga tavsif 15
2-§. Pulfunktsiyalarining o’zaro bog’liqligi 24
Tayanch so’zlar 24
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 24
IIIBOB. PUL OBOROTI VA UNING TUZILIShI 25
1-§. Pul oborotiga tavsifnoma va uning tuzilishi 25
3-§. Naqdpul oboroti va uning xususiyatlari 36
4-§. Pul muomalasi qonuni 38
5-§. Pul agregatlari vapulni tartibga solish amaliyotida qo’llanilishi 40
Tayanch so’zlar 43
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 44
IVBOB. INFLYATSIYA VA PUL MUOMALASINI BARQARORLASHTIRISHNING USULLARI 45
1-§. Inflyatsiya, uning mazmuni, kelib chiqish sabablari va shakllari 45
2-§. Inflyatsiyaning turlari va toifalari 49
3-§. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish 58
yo’llari 58
4-§. Pul islohotlari va uni pul muomalasini barqarorlashtirishdagi o’rni 62
Tayanch so’zlar 64
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 65
BOB. PUL NAZARIYASI 66
1-§. Pul nazariyalari to’g’risida umumiy tushuncha 66
1.Oltin tanga standarti. 69
2.Oltin quyma standart 70
3.Oltin deviz standart 70
Tayanch so’zlar 82
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 82
VIBOB. PUL TIZIMINING MOYOIYATI, TURLARI VA 83
ELEMENTLARI 83
1-§. Pul tizimi va uning asosiy elementlari 83
2-§. Rivojlangan mamlakatlar pul tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari 87
Quyidagi tayanch so’zlarni ta’riflang 90
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 90
VIIBOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI 91
1-§. O’zbekiston Respublikasidapul tizimi va uning rivojlanish tarixi 91
2-§. O’zbekiston Respublikasida mustaqilpul tizimining joriy qilinishi 96
Tayanch so’zlar 103
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 103
VIIIBOB. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI 104
1-§. Xalqaro iqtisodiy aloqalar-valyuta munosabatlarining asosi sifatida 104
2-§. Valyuta tizimi va uning asosiy elementlari 105
3-§. Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar, valyuta kurslarining turlari 114
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 124
IXBOB. XALQARO YOISOB - KITOB OPERATSIYALARI 126
1-§. Xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari 126
2-§. Xalqaro hisob - kitoblarning shakllari 128
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 138
XBOB. SAVDO, TO’LOV VA YOISOB-KITOB BALANSLARI 139
1-§. Hisob-kitob balansi va uning tashqi iqtisodiy aloqalarda o’rni 139
2-§. To’lov balansi, uni tuzish tamoyillari asosiy bo’limlari 141
1- bo’lim - joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi: 142
2-bo’lim - kapital va kredit harakati balansi (qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar). 142
To’lov balansini tuzish uslubi. 144
Tayanch so’zlar 148
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 148
XIBOB. KREDITNING ZARURLIGI, MOYOIYATI VA 149
FUNKTSIYALARI 149
1-§. Fondlarning aylanishini o’ziga xos xususiyatlari va kreditning 149
zarurligining boshqa omillari 149
2-§. Kreditning mohiyati va uning funktsiyalari 156
1.Kreditor (qarz beruvchi) 158
2.Qarz oluvchi 158
I variant 164
IIvariant 164
IIIvariant 164
3-§. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi 166
Qarzni to’lash usuli. 169
4-§. Kredit va uning bozor iqtisodiyotidagi roli 179
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 182
XIIBOB. BANKNING MOYOIYOTI VA BANK TIZIMI 183
1-§. Banklarning kelib chiqishi va uning mohiyati 183
2-§. Kredit tizimi, uning tuzilishi 186
3-§. Banklarning funktsiyalari 190
4-§. O’zbekiston Respublikasi bank tizimi, uningpog’onalari, maqsad va 193
vazifalari 193
Tayanch so’zlar 198
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 198
XIIIBOB. MARKAZIY BANK, ULARNING VAZIFALARI VA 200
FUNKTSIYASI 200
1-§. Markaziy bank va uning tuzilishi 200
2-§. Markaziy bankni faoliyatining asoslari, maqsad va vazifalari 202
Tayanch so’zlar 205
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 205
XIVBOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING UNKTSIYALARI 206
1-§. Bank faoliyatini tashkil qilishning iqtisodiy va huquqiy asoslari 206
2-§. Tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi 212
Tayanch so’zlar 216
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 217
XVBOB. TIJORAT BANKLARINING PASSIV, AKTIV VA BOSHQA 218
OPERATSIYALARI 218
1-§. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari 218
3-§. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari 225
4-§. Banklarning boshqa operatsiyalari 234
5-§. Kreditlash tamoyillari 242
1.Kreditni qaytib berish tamoyili 242
2.Kreditning muddatliligi. 243
3.Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi. 244
4.To’lovlilik tamoyili. 245
5.Kreditning maqsadliligi. 246
1.Kreditni rejaning bajarilganligiga qarab berish. 249
3.Diferentsiyalashtirish (kreditlashda har xil yondashish) tamoyili. 250
Tayanch so’zlar 251
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 251
XVIBOB. QIMMATLI QOG’OZLAR BO’YICHA INVESTITSION 253
OPERATSIYALAR 253
1-§. Investitsiyalar, banklarning investitsion siyosati 253
2-§. Qimmatli qog’ozlar va ularning tasnifi 262
3-§. Banklarning qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalari va ularning ohiyati 265
Tayanch so’zlar 271
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 271
XVIIBOB. BANKLAR FAOLIYATINING BARQARORLIGINI 272
TA’MINLASH 272
1-§. Banklarning to’lovga qobiliyati to’g’risida tushuncha va uni ta’minlash 272
yo’llari 272
2-§. Bank likvidliligi va uni ta’minlash yo’llari 276
3-§. Banklar faoliyatiga ta'sir qiluvchi omillar 285
Tayanch so’zlar 292
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar 292
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 293
Qo’shimcha adabiyotlar 296

Demak, ushbu nisbat o’zbek gazlamasining bahosi Rossiya gazlama bahosining 0,9 va undan arzon ekanligini ko’rsatadi. Shunday qilib, real valyutadagi bahosiga va nominal almashtirish kursiga bog’liq bo’lib, quyidagi tenglik bilan izoxlanadi;
Real kursi = nominal kursi o’z mamlakatida ishlab chiqarilgan tovarlar bahosi xorijiy tovarlar bahosi. Bu tenglikni umumiy ko’rinishda shunday yozish mum kin; Real valyuta kursining nominal valyuta kursi baholar darajasi nisbatlari past valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan arzonroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan qimmatroq turadi. Shuning uchun eksport o’sib boradi, import esa qisqarib boradi. Va aksincha, yuqori real valyuta kursida milliy tovarlar nisbatan qimmatroq, xorijiy tovarlar esa nisbatan arzonroq turadi. Natijada import o’sib, eksport qisqarib boradi.



chet el valyutasi; xalqaro valyuta tizimi; jaxon valyuta tizimi; valyuta savati;
SDR;
EKYu;
evro;

valyuta riski; valyuta chegaralari; valyuta tengligi; xalqaro valyuta bozori; rezerv valyuta; eksport operatsiyasi; import operatsiyasi.

Tayanch so’zlar
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar

  1. Valyuta tizimining asosiy elementlari?

  2. Yamayka valyuta tizimini asosi nima?

  3. Parij valyuta tizimini asosi nima?

  4. Evro valyuta tizimini tashkil topishi?

  5. Xalqaro valyuta fondi?

  6. Nima maqsadda Evro muomalaga kiritildi?

  7. Xalqaro valyuta tizimining elementlari.

  1. BOB. XALQARO YOISOB - KITOB OPERATSIYALARI


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish