Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Naqdpul oboroti va uning xususiyatlari



Download 0,65 Mb.
bet13/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)

§. Naqdpul oboroti va uning xususiyatlari

Naqd pullik oborot - bu naqd pul yordamida amalga oshiriladigan to’lovlar yig’indisidir. Bu oborot pul o’zining to’lov va muomala vositasi funktsiyalarini bajarishida yuzaga keladi.
Naqd pullar muomala vositasi sifatida aholi bilan korxona, tashkilotlar o’rtasida, aholi bilan aholi o’rtasidagi tovarlar sotib olishda va sotishda qo’llaniladi.
Pul to’lov vositasi sifatida ish haqi, nafaqalar, mukofotlar, yakka tartibdagi qurilish uchun beriladigan kreditlar, sug’urta to’lovlarni to’lashda namoyon bo’ladi.
Undan tashqari naqd pullik oborotga:

  • kommunal xizmatlar uchun to’lovlar;

  • maishiy xizmatlr uchun to’lovlar;

  • sug’urta tashkilotlariga paylarni to’lash;

  • soliqning ba’zi turlarini to’lash;

  • bank kreditini to’lash;

  • matbuot ijtimoiy paylar to’lash;

  • aktsionerlik jamiyatlari bilan a’zolari o’rtasidagi to’lovlar va boshqa to’lovlar

kiradi.
Ba’zi iqtisodchilar pul oborotini naqd pullik va naqd pulsiz oborotlarga bo’lib o’rganishga zarurat yo’q deb hisoblaydilar.
Biz chet el iqtisodchilarining tadqiqotlarini olib qaraydigan bo’lsak, albatta, yuqoridagidek pul oborotini ikkiga bo’lib o’rganish yo’q. Buning asosiy sababi, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda hisob-kitoblar asosan naqd pulsiz olib boriladi. Yoisob-kitoblarni bu turlarda olib borish qulay va sharoitga mos keladi. Lekin hali rivojlangan iqtisodga ega bo’lmasdan turib, biz xorijiy davlatlarning hozirgi hisob-kitoblarning mavqei bilan o’z hisob-kitob tizimimizni tenglashtira olmaymiz. Undan tashqari, bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o’tish, milliy pul birligini barqarorlashtirish, muomaladagi pul massasini va pul emissiyasini kamaytirish masalalari dolzarb turgan bir sharoitda biz pul oborotini naqd pullik va naqd pulsiz oborotlarga bo’lib o’rganishimiz, ularning tarkibini takomillashtirishimiz, samaralik yo’llarni qo’llab jamiyatimizda to’laqonli pul oborotini yaratishimiz va uni jamiyat rivojlanishi uchun hizmat qildirishimiz zarur. Mana shu sharoitgina rivojlangan xorijiy malakatlarga o’xshab pul oborotini tarkibiy qismlarga bo’lmasdan tahlil qilishimiz mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, pul oborotining ikki qismi bir- biri bilan uzviy bog’liq, chunki pul naqd pul oborotidan naqd pulsiz oborotga o’tadi va aksincha, aylanib doimiy harakatda bo’lib, umumiy pul oborotini yuzaga keltiradi.
Korxona, tashkilotlarning bankdagi hisob raqamidagi pul mablag’lari quyidagi yo’llar bilan naqd pulga aylanadi:

  • ishchi, xizmatchilarga ish xaqi berish;

  • ko’rsatilgan xizmatlar, mehnat uchun to’lovlar;

  • nafaqalar to’lash;

  • har xil mukofotlar;

  • aholidan qishloq xo’jalik mahsulotlari, tovarlar sotib olishda;

  • davlat zayomlari va lotoreya biletlari bo’yicha to’lovlar;

  • aholi banklardan jamg’armalarini olganda;

  • aholiga sug’urta to’lovlarini to’laganda va hokazo;

Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi. Naqd pullarning muommalaga chiqarilishi ustidan bank nazorat olib boradi.
Naqd pullar quyidagi yo’llar bilan naqd pulsiz oborotga tushadi.

  • uy-joy va kommunal xizmatlar uchun to’laganda;

  • aloqa tashkilotlariga to’laganda;

  • har xil soliqlar va paylar to’laganda;

  • davlat zayomlari va lotoreya biletlari sotib olingandagi tushumlar orqali;

  • yakka tartibdagi qurilish uchun olingan kreditlarni to’laganda;

  • xar hil bojlar va jarimalarni to’laganda;

  • bolalar bog’chalari va bosha muassasalar uchun to’laganda;

  • dam olish uylari va boshqa sog’lomlashtirish muassasalarni yo’llanmalari uchun to’laganda va boshqa hollarda;

Pulning naqd pulsiz oborotga o’tganidan naqd pullik oborotga ko’proq o’tishi pul muomalasi uchun xatarliroq hisoblanadi. Shuning uchun ham pulning naqd pullik oborotga o’tish jarayoni davlatning Markaziy banki tomonidan nazorat qilib borilishi kerak.
Pul oboroti bo’limlari o’rtasida yuzaga keladigan nomutanosiblik iqtisodiy choralar ishlab chiqish va amalga oshirish yo’li bilan yo’qotilishi kerak.
Buning uchun muomalaga xalq ehtiyojiga uchun zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, aholiga hizmat ko’rsatuvchi tashkilot va muassasalar sonini va xizmat turlarini yaxshilash naqd pullarning naqd pulsiz oborotga o’tish jarayonini tezlashtiradi. Bu o’z navbatida bu mablag’lar hisobidan ishlab chiqarish jarayonini kengaytirishga imkon beradi.
Ba’zi adabiyotlarda naqd pul oboroti va pul muomalasi tushunchalari bir xil mohiyatga ega degan xato fikrlarni ham uchratish mumkin. Pul muomalasining o’ziga xos xususiyati shundaki, bir pul belgisi bir necha marta to’lovlarni amalga oshirishda ishlatilishi mumkin. Muomalada bo’lgan naqd pul massasi ma’lum bir davr (oy, kvartal, yil)da o’zgarmas bo’lib turgan holda, naqd pul oboroti pul birligining aylanish tezligiga qarab muomaladagi naqd pul miqdoridan bir necha marta ko’p bo’lishi mumkin va aksincha.
O’zbekistonda muomalaga pul Markaziy bank tomonidan chiqariladi. Aholi tomonidan ish haqi va boshqa to’lovlar shaklida olingan pullarning bir qismi dehqon bozoridan tovarlar sotib olishga sarflanadi. Dehqon bu pullarga savdo tashkilotlaridan tovarlar sotib oladi. Savdoga tushgan pullar savdo tushumi sifatida banklarga topshiriladi. Ko’rinib turibdiki, bankdan chiqqan pullar bir necha to’lovlarga ishlatiladi, naqd pul oborotining hajmi to’lovlarni amalga oshirishi uchun muomalaga chiqarilgan pullar miqdoridan bir necha marta ko’pdir. Naqd pul oboroti naqd pullar bilan amalga oshiriladigan to’lovlar yig’indisi bo’lib, u sonlarda ifodalanadi.
Pul muomalasi muomaladagi pul massasini, bank tomonidan muomalaga chiqarilgan pullarning bankga qaytib kelishi tezligini ifodalaydi.


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish