Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


Mintaqaviy valyuta tizimi (MVT)



Download 0,65 Mb.
bet29/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)

Mintaqaviy valyuta tizimi (MVT).
G’arbiy Evropa valyuta integratsiyasining chuqurlashuvi Evropa valyuta tizimining (EVT) vujudga kelishiga olib keldi. Bu valyuta tizimi mintaqaviy valyuta tizimi (MVT) bo’lib, u JVTining elementlaridan biridir.
EVT 1979 yili tashkil etildi. Bu MVTning asosiy belgisi EKYu mexanizmidir. EKYu - maxsus Evropa hisob birligi bo’lib, GFR (1/3 qismi) markasi boshchiligidagi G’arbiy Evropaning 10 mamlakati valyutasining «savati»ga asoslangandir. SDRdan farqli ravishda EKYu bank va firmalarining xususiy operatsiyalarida qo’llaniladi. Milliy valyutalar kvotasi - EKYuning tashkil etuvchilari - mamlakatning iqtisodiy potentsiali bilan aniqlanadi va har 5 yili qayta ko’rib chiqiladi. «Savat»ni qayta ko’rib chiqishda hamma aktiv va passivlar yangi kurs bo’yicha qayta baholanadi. Oxirgi marta EKYu 1989 yilda belgilangan bo’lib, valyutalar ulushi (% larda):
GFR markasi - 30,1
Frantsiya franki - 19,0
Golland guldeni - 9,4
Belgiya franki - 7,6
Ispaniya pesetasi - 5,3
va boshqalar - 5,45 ni tashkil qilgan.
EI chegarasida yagona pul birligiga o’tilishi EKYu ni asosiy valyutaga aylantiradi.
Yamayka valyuta tizimidan farqli ravishda, EVT oltindan EKYuning q
isman ta’minoti sifatida foydalanadi va a’zo mamlakatlarning rasmiy oltindollar zahiralarining 20 foizini birlashtiradi.
Valyuta kurslari rejimi valyutalarning belgilangan chegarada suzishiga asoslangan (asosiy kursdan = 2,25 %, Italiyadagi beqarorlik tufayli 6 %).
EVT mamlakatlararo regional valyuta boshqarishini Evropa valyuta hamkorligi fondi (EVXF) orqali amalga oshiradi. U Markaziy banklarga qisqa va o’rta muddatli kreditlarni valyuta interventsiyasi bilan bog’liq to’lov balansi defitsitini qoplash uchun beradi.
Valyuta sohasida yagona pul asosi - jahon puli mavjud emas:
Erkin konvertatsiya qilish va kapital oqib o’tishi sharoitida mamlakatlarda ichki pul muomalasi va xalqaro to’lov oboroti o’rtasidagi chegaralar yo’qolmoqda:
Milliy va xalqaro pul-kredit bozorining birgalashishi tendentsiyasi milliy pul- kredit bozorlarining o’ziga xosligi, ixtisosligini saqlagan holda rivojlanmoqda.
Yoatto AQSh, GFR, Angliya, Shveytsariya va boshqa o’z bozorlarida operatsiyalarni erkinlashtirgan davlatlarda ham xalqaro va milliy kapital bozorlari orasida farq qilmoqda: Masalan, AQShning evrodollar va milliy kapital bozorlarini olaylik. AQSh sotuvga qo’yilgan rezident va rezident bo’lmaganlarning obligatsiyalari ro’yxatdan o’tishi lozim. Bunday holat xalqaro bozorda mavjud emas.
Bundan tashqari xalqaro bozorda chiqarilganiga bir oy bo’lmagan qimmatli qog’ozlar AQSh ning investorlarga taqdim etilishi mumkin emas. Boshqa ko’pchilik davlatlarda bunday holatlar erkinroq nomayon bo’ladi (Frantsiya, Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalar).
Valyuta sohasining xalqaro ayirboshlash munosabatlaridagi rolining oshuvi tendentsiyasi JVT rivojining hamma bosqichlarida (oltin standartdan boshlab) kuzatiladi. Milliy xo’jalik jahon xo’jalik aloqalariga qanchalik ko’p jalb etilgan bo’lsa, mahalliy qo’mitalar iqtisodiyotni tashqi nomaqbul ta’sirlardan xoli etishga harakat qiladi. Bu ziddiyat har bir davlatning oltin standartdan boshlab to hozirgi kungacha bo’lgan evolyutsiyasini belgilab berdi. Masalan, oltin standart davridagi oltinning tartibsiz oqimi (davlatlar o’rtasida) oxir oqibatda ularning ishlab chiqaruvchi kuchlariga salbiy ta’sir etdi. 1929-1933 yilgi iqtisodiy krizis valyuta mexanizmining oltin standart davridagi holatiga putur etkazdi: erkin valyuta almashinuvi qattiq valyuta cheklashlari bilan almashdi, valyuta bloklari va zonalari tashkil topdi, internatsionalizatsiya jarayoni to’xtatildi. Brettonvudsda tuzilgan xalqaro hisob-kitoblar modeli valyuta mexanizmini tiklashga qaratilgan qadam bo’ldi. U aniq belgilangan tamoyillar asosida ish yuritar, uning ustidan nazoratni XVF o’z bo’yniga olgandi.
Bretton Vuds valyuta mexanizmi 70-yillarning boshlarigacha faoliyat yuritdi, u milliy manfaatlarni xalqaro majburiyatlar bilan birlashtirdi: davlatlarning nisbiy mustaqilligi (ichki iqtisodiy siyosatni o’tkazish sohasida) xalqaro kredit tizimi ishtiroki bilan ta’minlanardi. U o’z ichiga XVF krediti, zayomlar to’g’risida bosh kelishuv (1961 yil), Markaziy banklar o’rtasidagi svop kreditlari va boshqalarni olar edi.
70-yillar boshida rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti shunday chegaraga yaqinlashdiki, bunda keyingi iqtisodiy o’sish butun bazasini yangilash, valyuta ta’minotining samaradorligini oshirishni talab etardi. Shuning uchun 1971-1973 yillardagi «suzuvchi» valyuta kurslarining kiritilishi JVTning evolyutsiyasining qonuniy bosqichi edi. Yoozirgi suzuvchi valyuta kurslari tizimi asosida xalqaro hisob-kitob tizimida chuqur tarkibiy o’zgarishlar bo’lishiga olib keladi. Ular nafaqat moliyaviy operatsiyalarning hajmining o’sishida (ular savdo operatsiyalari bilan 10:1 nisbatni ta’sir etishdi), balki moliyaviy oqimlarning harakatining davlat byudjet, soliq va kredit siyosatidagi farqlarda o’z aksini topadi. Va shu munosabat bilan mamlakatlar o’z milliy valyutasining kursini mustaqil belgilash imkonini oldilar.
Shunday qilib, hozirgi valyuta tizimida, xalqaro va baynanmilallik o’rtasidagi nisbat milliy omillar tomoniga hal bo’ldi.
80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab EVTni valyuta hamjamiyatiga aylantirish yo’llari to’g’risidagi bahs faollashdi. Bu «Chegarasiz Evropa» yoki «Evropa-92» deb nom olgan jarayon bilan bog’liq edi. Masala yagona ET valyuta siyosatiga asta-sekinlik bilan o’tish ustida borardi. Valyuta integratsiyasi istiqbollari muhokama qilinganda asosiy e’tibor Evropa Markaziy banki hamjamiyatning yagona valyutasi va valyuta hamjamiyatiga harakat yo’llariga qaratilgandi.
Birinchi masala bo’yicha ko’pchilik Evropa Markaziy banki rolini AQSh Federal rezerv sistemasi modelidek tuzish kerak degan xulosaga keldi. Bunda regional rezerv banklari ancha mustaqil, Markaziy boshqarish mahkamasi esa ularning faoliyatini tartibga soladi, boshqaradi. Yangi Markaziy bank uchun nom ham berildi-«Evrofed».
ETning yangi Markaziy banki masalasi bilan birgalikda yagona valyutani tashkil qilish muammosi ham bor. EKYu rolini oshirish uchun eng asosiy qadamlardan biri «rasmiy» va «xususiy» EKYu orasidagi farqni yo’qotish, EVT markaziy kurslarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashdir. Ko’rsatilgan chora- tadbirlar yagona valyuta siyosatiga ega. ET Valyuta ittifoqining tuzilishini bildirar edi. Bu niyat 1991 yil Maastrixt (Gollandiya) dagi ET a’zolarining iqtisodiy va Moliya vazirliklari yig’ilishida tasdiqlanib, Valyuta iqtisodiy hamjamiyatini (VIX) tuzishning uch bosqichli rejasi tuzildi.
Rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosati yagona va o’zaro bog’liq dunyoda amal qiladi. Shuning uchun uchinchi davlatlar omili unga qanday darajada ta’sir etishini aniqlash lozim. Asosan so’z rivojlanuvchi davlatlar to’g’risida bormoqda. Ko’pchilik Sharqiy Evropa va MDYo davlatlari o’zida G’arbning valyuta siyosati ta’sirini sezmoqda. Yoali xalqaro valyuta munosabatlarida ishtirok etishning mukobil shakllarini qo’llash yo’llarini izlash lozim. Bunda esa rivojlanayotgan mamlakatlar malakasi qo’l keladi.
Rivojlanayotgan davlatlarga G’arb valyuta siyosati ta’siri xakida so’z borganda, shu davlatlar rasmiy invalyuta rezervlarining 95 % olti davlat valyutasiga to’g’ri keladi:
AQSh dollari (67,5%), GFR markasi, yapon ienasi, ingliz funt sterlingi, Shveytsariya va Frantsiya franki. 90% yaqin rivojlanayotgan mamlakatlar o’z pul birligining AQSh dollari, Frantsiya franki, SDRga nisbatan o’zgarmas kursini ushlab turibdi. G’arb davlatlari foiz stavkasining xalqaro va milliy kapital bozoridagi darajasi rivojlanayotgan davlatlarning tashqi qarzlari bo’yicha to’lovlariga ta’sir etadi. Yuqoridagi misollardan ma’lum bo’ldiki, rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan davlatlarning milliy valyuta ko’rsatkichlarining barqarorlashuvidan manfaatdor. Bunda asosiy konvertirlanadigan valyutalarning milliy valyutani siqib chiqarish jarayoni kuzatiladi. Bunda rivojlangan davlatlar valyuta siyosatining rivojlanayotgan davlatlar valyuta siyosatiga kirib borishi kuzatiladi (Bu jarayon chigal tarzda) albatta, rezidentlarga chet el valyutasida shartnomalar tuzish ruxsat etilgan davlatlardagina amalga oshadi.
Bu valyuta o’rin almashinuvining eng salbiy oqibatlaridan milliy byudjet, pul va kurs siyosatining ta’sirchanligining kamayishidir.
Ammo bu degani rivojlanayotgan davlatlar rivojlangan davlatlarning passiv ob’ekti degani emas.


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish