Ш. А. Маннонов номли “ёш бухгалтерлар клуби”


HISOB SIYOSATI ELEMENTI SIFATIDA ASOSIY VOSITALARGA



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/80
Sana24.02.2022
Hajmi1,72 Mb.
#241512
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Bog'liq
2015 05 30

HISOB SIYOSATI ELEMENTI SIFATIDA ASOSIY VOSITALARGA 
ESKIRISH HISOBLASHNING MAQBUL USULLARINI TANLASH 
Menglikulov B.Yu.-ToshDAU dotsenti
Xo„jamuradova S.I.- ToshDAU, assistent 
Botirov J. - talaba 
Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda hisob siyosatining ishlab chiqilishi va u 
asosda buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish 
muhim masalalardan hisoblanadi. 
Hisob siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida asosiy vositalar 
hisobini to‗g‗ri tashkil etish, eskirish hisoblashning maqbul usullari tanlash 
hamda asosiy fondlardan samarali foydalanish masalalarini o‗rganish katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Asosiy vositalardan samarali foydalanish uchun ular hisobini to‗g‗ri 
tashkil etish muhim hisoblanadi. SHuningdek, asosiy vositalar kirimi va 
chiqimini, baholanishi va eskirishini buxgalteriya hisobida o‗z vaqtida va to‗g‗ri 
aks ettirish lozim. 


72 
Tadqiqot ob‘ekt bo‗lgan Qibray tumani ―Azizjon‖ fermer xo‗jaligida 
asosiy vositalar hisobining tashkil etilishi, eskirish hisoblanishi masalalari 
o‗rganilganda quyidagi ma‘lumotlarga ega bo‗lindi. Xo‗jalik chorvachilikka 
ixtisoslashgan bo‗lib, 2014 yil boshiga 357 bosh yirik shoxli qoramollar, 
shundan sigirlar 198 bosh, barcha yoshdagi g‗unajinlar 35 bosh, 1 yoshdan katta 
qochirilmagan buzoqlar 14 boshni tashkil etgan. Bundan tashqari, yuk 
avtomobillari 1 dona, traktorlar 5 dona, traktor tirkamalari 5 dona, traktor 
omochlari 2 dona, traktor xaskashlar 2 dona, ozuqa o‗rib-yig‗uvchi kombaynlar 
1 dona, xo‗jalik binosi (idora), molxonalar va boshqa asosiy vositalar mavjud. 
Xo‗jalikning asosiy vositalari qiymat ifodasida 2013 yil oxiriga 957236 ming 
so‗mni, 2014 yil oxiriga 2579260 ming so‗mni tashkil etgan. Xo‗jalik ustavi 
2000 yilda tasdiqlangan bo‗lib, asosiy vositalar qiymati ustavda o‗z aksini 
topmagan.
Xo‗jalikda asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga qayta baholash 
o‗tkazilmagan. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashda ham ayrim 
kamchiliklarga yo‗l qo‗yilgan, ya‘ni ularga eskirish har chorakda bir marta 
hisoblanib, so‗ngra 3 oyga bo‗lingan. Bu amaldagi qoidalarga muvofiq 
kelmaydi.
« Azizjon» fermer xo‗jaligi 2013 yilda asosiy vositalar hisobdan chiqib 
ketmagan. Fermer xo‗jaligida asosiy vositalarni kapital ta‘miri uchun 560 ming 
so‗m, joriy ta‘miri uchun esa 420 ming so‗m sarflangan. YA‘ni belgilangan 
me‘yorlardan deyarli ikki barobar ko‗proq sarflangan. Bu esa jamiyatda 
me‘yorlarga to‗liq amal qilinmasligini anglatadi, me‘yorlarga amal qilinishi 
nazorat qilinishi lozim. Asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o‗tkazish holati 
tahlil qilinganda bir yilda bir marta o‗tkazilganligining hujjatlarda mavjudligini 
ko‗rdik. Bu esa amaldagi qonunchilikka mos kelishini anglatadi. 
Xo‗jalikda asosiy vositalardan hisoblashning ham maqbul usulini tanlash 
muhim hisoblanadi. Asosiy vositalar bo‗yicha hisoblangan eskirish summasiga 
0211-0299-schyotlari debetidan 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» 
schyoti kreditiga hisobdan chiqarilgan.
To‗liq amortizatsiya qilinmagan asosiy vositalarning realizatsiya 
qilinishidan ko‗rilgan foyda (zarar) realizatsiya qilinadigan asosiy vositalarning 
boshlang‗ich (tiklash) qiymati, oyning 1-sanasiga hisoblangan eskirish 
o‗rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Xo‗jalikda traktor tirkamasini hisobdan chiqarishga quyidagicha 
buxgalteriya yozuvi tuzilgan. Balans qiymati 2400000 so‗m, eskirish qiymati 
2400000 so‗m. Mazkur muomalaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi – 
traktor tirkamasining hisobdan chiqarish qiymatiga: 
D-t 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» - 2400000 so‗m 
K-t 0190-«Boshqa asosiy vositalar» - 2400000 so‗m. 
- eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: 
D-t 0290-«Boshqa asosiy vositalarning eskirishi» - 2400000 so‗m 


73 
K-t 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» - 2400000 so‗m. 
Xo‗jalikda kombaynga bir tekisda eskirish hisoblash qo‗llanilgan, 
bizningcha, xo‗jalikda kombaynga eskirish hisoblashning bajarilgan ishlar 
hajmiga mutanosib taqsimlash usulidan foydalanish maqbul hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, ―Azizjon‖ fermer xo‗jaligida asosiy vositalar 
hisobi to‗g‗ri tashkil etish, eskirish hisoblashning maqbul usulini tanlash hamda 
ulardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun quyidagi ishlarni amalga 
oshirish kerak: 
- xo‗jalikda kombaynga eskirish hisoblashning bajarilgan ishlar hajmiga 
mutanosib taqsimlash usulidan foydalanish maqbul hisoblanadi;
- xo‗jalikda asosiy vositalarga eskirish har chorakda bir marta hisoblanadi, 
amaldagi qoidalarga muvofiq xo‗jalikda asosiy vositalarga eskirish har 
oyda hisoblanishi lozim; 
- eskirgan va ma‘naviy talabga javob bermaydigan asosiy vositalarni 
hisobdan chiqarish zarur. 


74 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish