Kapsulalarning kelib chiqish tarixi
Kapsulalarni birinchi bo‘lib fransuz dorishunoslari Mot (Mothes) va Dyublan (Dublane) 1833-yilda taklif qilishgan. Hozirgi kunga qadar AQSH farmakopeyasiga kiritilgan 40 dan ortiq, Angliya farmakopeyasiga kirgan 30 dan va Xalqaro farmakopeyaga kirgan 10 dan ortiq maqolalar bu dori shaklining tutgan mavqei qanchalik yuqori ekanligini isboti bo‘la oladi
1846 yilda fransiyalik olim (patent– “Qobiqlangan dori moddalarini olish texnologiyasi”) Leubi 2 seksiyadan iborat qattiq kapsulalarni olishni yo‘lga qo‘ygan, ular diskka o‘rnatilgan metall qoliplarni jelatin eritmasiga botirib olingan, tashqi ko‘rinishi “ipak qurti g‘umbagi”ni eslatadigan quticha bo‘lgan, xozirda shu usulni takomillashtirib, qattiq jelatina kapsulalari olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |