Servis xizmati



Download 130,6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.07.2022
Hajmi130,6 Kb.
#799441
Bog'liq
amaliy servis.pdf 111



Jizzax davlat pedagogika inistituti
Texnalogik ta’lim yo’nalishi 
3-kurs talabasi 
Xalilov Abduraxmonning 
SERVIS XIZMATI 
Fanidan 
Amaliy 
ishi 
 


Mavzu: Gazlamalarning o’rilishi polotno, atlas, mayda gulli o’rilish 
turlaridan namunalar tayyorlash 
 Ishdan maqsad:
To’quvchilik o’rilishlarini aniqlashni o’rganish. 
Kerakli jihozlar: Har xil kalaava iplardan namunalar,oq qog’oz, qalam, ruchka. 
Umumiy ma’lumot Gazlamalarning o'rilishi deb, tanda va arqoq iplarining ma'lum 
tartibda o'zaro bog'lanishiga aytiladi. 
Tanda va arqoq iplarining o'rilishmi ko'rsatuvchi shaklga o'rilishi polotno deb 
aytiladi. O'rilish jarayonida hosil bo'luvchi naqshning takrorlanishi rapport (K) deb 
ataladi. Tanda ipi gazlamaning sirtiga chiqib arqoq ipining ustini qoplashi tanda 
qoplanishi deyiladi. Arqoq ipi gazlamaning sirtiga chiqib tanda ipining ustini 
qoplashi arqoq qoplanishi ddeyiladi. Gazlamalar o'rilishlari katak qog'ozga 
chiziladi. Bunda har qaysi ko'ndalang qatorni arqoq iplari deb, har qaysi bo'ylama 
qatorni tanda iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak tanda va arqoq 
ipining kesishuvidan iborat. Bu joyda tanda qoplanishi bo'lsa, o'rilish naqshni 
chizish paytida katak bo'yab qo'yiladi. Agar arqoq qoplanishi tushib qolsa, katak 
oqligicha qoldiriladi. Gazlamalar o'rilishlari katak qog'ozga chiziladi. Bunda har 
qaysi ko'ndalang qatorni arqoq iplari deb, har qaysi bo'ylama qatorni tanda iplari 
deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak tanda va arqoq ipining kesishuvidan 
iborat. Bu joyda tanda qoplanishi bo'lsa, o'rilish naqshni chizish paytida katak 
bo'yab qo'yiladi. Agar arqoq qoplanishi tushib qolsa, katak oqligicha qoldiriladi. 
Cheksiz ko'p xilma-xil hamma o'rilishlar quyidagi sinflarga tasniflanadi: l.Oddiy 
yoki silliq o'rilishlar. 
l.Oddiy yoki silliq o'rilishlar. 2.Mayda gulli o'rilishlar. 3.Murakkab o'rilishlar. 
4.Yirik gulli (jakkard) o'rilishlar. Oddiy (silliq) o'rilishlar. Oddiy o'rilishlar uch xil 
bo'ladi: polotno, sarja va satin, atlas o'rilishi. Barcha oddiy o'rilishlarga xos 
umumiy xususiyatlar shundaki, tanda bo'yicha rapport arqoq bo'yicha rapportga 
teng bo'ladi, bitta rapport ichida har bir tanda ipi har bir arqoq ipi bilan faqat bir 
martagina o'rilishadi. Polotno o'rilish — to'quvchilik mashinalari ichida eng oddiy 
va ko'p tarqalgan o'rilish bo'lib, tanda va arqoq bo'yicha rapporti ikki ipga teng. 
Rapportda tanda va arqoq iplari navbatma-navbat gazlamaning o'ng tomoniga 
chiqadi. Masalan, toq tandaipJari toq arqoq iplari ustidan qoplab o'tsa, juft tanda 
iplari juft arqoq iplari ustidan,qoplab o'tadi. Polotno o'rilishda tanda iplari arqoq 
iplari bilan juda yaxshi bog'lanadi, natijada shu o'rilishdagi gazlamalar mustahkam, 
o'ng va teskarisi bir xil, tekis va sutrang bo'ladi. Polotno o'rilishi. Agar polotno 
o'rilishdatanda iplari arqoqqa qaraganda ingichka bo'lsa, gazlamada ko'ndalang 
yo'llar hosil bo'ladi (poplin, tafta va boshqa gazlamalar). Bunday o'rilish soxta reps 
deb ataladi. Polotno o'rilish ip gazlamalar (chit, batist, polotno, surp va boshqalar) 


Atlas o'rilishi lastik, tik, lastik ip gazlamalari, satin-dubl, xonatlas va boshqa ipak 
gazlamalari, ko'pgina astarlik ipak va yarim ipak gazlamalarni ishlab chiqarishda 
ishlatiladi. Mayda gulli o'rilishlar. Mayda gulli o'rilishlar sinfi ikki guruhga 
bo'linadi: l.Oddiy o'rilishlarni o'zgartirish va murakkablashtirish yo'li bilan hosil 
qilingan hosila o'rilishlar guruhi. 2.0ddiy o'rilishlarni aralashtirish yo'li bilan-hosil 
qilingan aralash o'rilishlar guruhi.

Download 130,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish