Turistik bazalar, dam oluvchilarning muayyan tarzda tartibga solingan kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega bo‘lgan turistik muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan maxsus ishlab chiqilgan va jihozlangan piyoda, chang‘i, suv, tog‘, ot, chana, velosiped, avtobus trassalari yoki aralash turistik trassalardan o‘tkazilgan marshrutlar bo‘ylab sayohat qiluvchi rejali (qisman - mustaqil) turistik guruhlarni dam olishga qabul qilish va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi.
Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida, turistik- sog‘lomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |