Ma’muriy - xo’jalik (kastelyan) xizmati. Ma’muriy - xo'jalik bo'limi mehmonxonaning eng yirik (xodimlar soni jixatidan) bo'limi hisoblanadi. Unda mehmonxona jami xizmatchilarining 50% ga yaqini mehnat kiladi. Bo'limni ma’muriy - xo‘jalik xizmati direktori yoki ijrochi kastelyan boshqaradi. Bo‘lim boshlig‘i xizmat vazifalarining xususiyati undan tashkilotchilik qobiliyati va talabchanlikni talab qiladi. Ko‘p sonli nomerlarni har kuni lozim darajada batartib saqlash juda katta mas’uliyat, aniqlik va puxtalikni taqozo etadi.
Mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan barcha so‘rovlar ma’muriy-xo‘jalik xizmatining muhimligini ko‘rsatadi. Tozalik va batartiblik mehmonlarning barcha talablari orasida birinchi o‘rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |