Mavzuning dolzarbligi. Biz bilamizki, mamlakat xazinasiga turizmdan tushadigan valyuta hajmi, yangi ish o‘rinlarini tashkil topishi turli qo‘shimcha xizmatlarning kengayishi bilan bog‘liq. Agar asosiy xizmatlar o‘z ichiga turistlarni joylashtirish, ovqatlantirish, transport xizmatlarini olsa, qo‘shimcha xizmatlar turistik xizmat samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lardi. Jumladan, suvenir savdo shahobchalarini, milliy san’at buyumlarini sotishni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
Bitiruv malakaviy ishim bevosita mehmonxonalar faoliyati va xizmatlar bilan, ya’ni asosiy va qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etilganligi hamda undagi kamchiliklarni bartaraf etish, o‘rganish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |