Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi



Download 1,99 Mb.
bet14/101
Sana08.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#436513
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101
Bog'liq
курилиш иктисоди маруза2021лотин

Bevosita qurilish - bu bino va inshootlarni qurib, ko‘tarish jarayoni bo‘lib, qurilish maydonchalarida bevosita amalga oshiriladi. SHuning uchun qurilish maydonchasini “noldan” qurilish ob’ektining tayyorlik holatigacha bo‘lgan bevosita qurish jarayonining o‘ziga tenglashtiriladi.
Qurilish mahsulotining realizatsiyasi - qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga topshirish va ularni belgilangan tartibda buyurtmachiga (investorga) topshirishdir. Ob’ektlar buyurtmachiga o‘tkazilgach, ular xalq xo‘jaligi balansida asosiy fond sifatida ko‘rsatiladi.
Qurilish investitsiya jarayonining o‘zagidir. Ob’ektlarni, ayniqsa sanoat-qurilish ob’ektlarini qurishda u jami investitsiya siklining 50 foizi va undan ko‘p qismini egallaydi. Masalan, amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘rtacha quvvatli mashinasozlik korxonasini qurishda, turli tadqiqotlar va asoslashlarga o‘rtacha 1-1,5 yil ketadi, loyiha ishlab chiqishga - 1 yilgacha, qurilishga 3-4 yil, foydalanishga topshirish va sinab ko‘rishga esa kamida yarim yil ketadi.
SHunday qilib, o‘rtacha quvvatli korxonani qurishga ketadigan investitsiya jarayonining muddati taxminan 5-7 yilni tashkil qiladi. Bugungi kunda ilg‘or qurilish texnika va texnologiyalari, quruvchilarning g‘ayrat-shijoati qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish tizimi etarli darajada yaxshi yo‘lga qo‘yilganda ob’ektlarni qurish va foydalanishga topshirishga nisbatan qisqaroq muddatlar ketadi, natijada investitsiya resurslarining samarasi eng yuqori bo‘ladi. Bunga o‘z paytida Asakada foydalanishga topshirilgan avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasi misol bo‘la oladi.
Bu ob’ektlar qurilgan va ishlayotgan bo‘lsa, u holda bugungi kunning nuqtai nazaridan Kungrad soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati va Andijon biokimyo zavodida, Angrendagi kaolin fabrikasining birinchi navbati, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganchdagi aeroportlarda qurilish sur’atlar bilan bormoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Toshkent - Andijon - O‘sh - qashqar avtomobil yo‘lining dovon uchastkasi haqida ham aynan shunday gaplarni aytish mumkin.
Qurilish investitsiya jarayonining o‘zagi, asosiy bosqichi bo‘lishiga qaramay, uning qolgan tarkibiy qismlari ham investitsiya jarayonining muddatiga va samaradorligiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Masalan, muddati cho‘zilib ketgan injenerlik-geologik tadqiqotlar va boshqa qurilish tadqiqotlari, loyiha ishlanmalari sifatining pastligi va eng yomoni ularning eski texnik echimlarga mo‘ljallanganligi investitsiya jarayonida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishiga imkon beradi. Bu ko‘rsatkichlar jarayonning dastlabki bosqichida ko‘zga tashlanmasa-da, ob’ektlardan foydalanish davomida yoki o‘ziga o‘xshash ilg‘or analoglar bilan taqqoslaganda albatta seziladi. SHuning uchun investitsiya jarayonini yaxshilashda hali loyihalash va tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida ham katta imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. SHu sababdan, quruvchilarda “Loyiha qanday bo‘lsa, ob’ekt ham shunday bo‘ladi” degan shior haligacha bor bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Investitsiya-qurilish faoliyatini samarali tashkil qilish quyidagi bir qator vazifalarning hal qilinishini ko‘zda tutadi:
-investitsiya jarayonining asosiy bo‘g‘ini sifatida qurilish faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy yondashuvlar;
-investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hisobga olish;
-investitsiyalashda ustivor yo‘nalishlarni tanlash va investitsiyalardan foydalanish samaradorligini baholash;
-qurilishda erga egalik qilish va erdan foydalanishni tashkil qilish va uning samaradorligini baholash;
-pudrat tanlovlarini o‘tkazishni tashkil qilish;
-investitsiya-qurilish risklarini boshqarish;
-moliyaviy resurslarni shakllantirishni va ulardan foydalanishni tashkil qilish;
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish investitsiyalar hamda qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishgagina emas, balki mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va qulay investitsiya muhitini yaratish muammosining hal qilinishiga ham imkon beradi.
Ayni paytda investitsiya-qurilish faoliyatining boshqaruv tizimini qayta qurish ham muhim vazifalardan biri bo‘lib, u quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
a) markazlashgan rejalashtirishni bartaraf qilish va qonunlar, me’yorlar va standartlar yordamida davlat boshqaruviga o‘tish;
b) o‘zaro munosabatlarning, shu jumladan davlat boshqaruv tuzilmalari bilan bo‘ladigan munosabatlarning shartnoma (kontrakt) shakllarini rivojlantirish;
v) tarmoqlarda kompleks boshqaruv tizimlarini rivojlantirish bilan birgalikda ixtisoslashgan hisobga o‘tish va tashkiliy boshqaruvning yanada mustaqilroq tuzilmalarini barpo qilish;
g) investitsiya-qurilish faoliyatini boshqarishning “loyihani boshqarish” tizimini keng joriy qilishga o‘tish;
Investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda asosiy “figura” - bu investor bo‘lib, u kapitalni qo‘llash siyosati va taktikasini belgilaydi. Ammo baribir investitsiya-qurilish faoliyatining samaradorligi avvalo qurilish ishlab chiqarishini mahorat bilan tashkil qilishga, resurslarni tejashdan to qurilishga sarflanayotgan har bir so‘m yoki boshqa pul birliklarining yuqori samara berishiga erishishgacha bo‘lgan butun qurilish jarayonini boshqarishning ratsional shakllariga bog‘liqdir. Buning uchun muddati cho‘zilib ketgan qurilishlarning vujudga kelishiga, kapital qo‘yilmalarning ko‘plab ob’ektlarga taqsimlanib ketishiga, tugallanmay qolib ketgan ob’ektlarning paydo bo‘lishiga va boshqa noishlab chiqarish harajatlariga yo‘l qo‘ymaslik juda muhimdir. Ayniqsa, ish vaqtining bekorga sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas, chunki bekor turib qolish va ish vaqtidan samarasiz foydalanish - qurilish muddatining cho‘zilishiga va kapital qo‘yilmalar samarasining pasayib ketishiga sabab bo‘ladigan eng muhim sababdir.
Afsuski, bugungi kunda qurilish anchagina “oqsab qolgan” bo‘lib, o‘zining ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish funksiyalarini to‘la miqdorda bajara olmayotir. Masalan, prognozlarda 1999 yilda ko‘zda tutilgan kapital qo‘yilmalarning atigi 54,2 foiz qismi o‘zlashtirilgan bo‘lib, etmishtacha ob’ektlarning qurilishi boshlanmagan; maktablar, shifoxonalar, poliklinikalar va boshqa ularga o‘xshash ob’ektlarni foydalanishga topshirish ham atigi 23-47 foizga ta’minlangan. O‘z-o‘zidan tushunarliki, bunday uzilishlar faqat iqtisodiyotning ilgarilanma harakatini emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ham so‘saytiradi.
Qurilishning bugungi vazifasi - qurilish sur’atlarini kuchaytirish, uning sifatini oshirish, noishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlashdan iborat. Uni muvaffaqiyatli hal qilish faqat quruvchilarga emas, balki investitsiya jarayonining barcha ishtirokchilariga bog‘liq bo‘lib, bu vazifa qanchalik tezroq hal qilinsa, qurilishning va butun milliy iqtisodiyotning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish