Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi



Download 1,99 Mb.
bet11/101
Sana08.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#436513
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101
Bog'liq
курилиш иктисоди маруза2021лотин

Investitsiya siyosati ham mamlakatdagi iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
O‘zbekistonda bu siyosat shahar va qishloqlarni qayta ta’mirlash va obodonlashtirishga, yangilarini qurishga, sanoat va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va texnik qayta jihozlash, aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, qazilma boyliklar zahirasini xo‘jalik aylanmasiga samarali jalb qilishga, tabiatni muhofaza qilish va hokazolarga qaratilgan.
Demak, investitsiya siyosati - bu davlatning ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirishni, iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir.
To‘g‘ri tanlangan investitsiya siyosati tufayli kimyo va neft-kimyo sanoati, mashinasozlik va metallarni qayta ishlash, engil sanoat, oziq-ovqat va yog‘ochni qayta ishlash sanoati, elektr energetika va boshqa tarmoqlar rivojlandi. Davlatning yangi investitsiya siyosatidagi eng muhim yutug‘i shuki, respublikada yangi tarmoq - milliy avtomobilsozlik sanoati tashkil qilindi, bir qator “eski” tarmoq va ishlab chiqarish sohalari yangilandi. 1998 yildan boshlab investitsiyalarning asosiy qismi qayta ishlash tarmoqlarini va infratuzilmani tashkil qilishga yo‘naltirilmoqda. Ayni paytda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning absolyut hajmlari ortib bormoqda.
Aytish kerakki, investitsiya siyosati faqat davlat miqyosida emas, balki ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar miqyosida ham tegishlicha maqsadli vazifalar va ularni amalga oshirishning usullari, muddatlari va vositalari yordamida shakllanib, amalga oshiriladi. Masalan, davlat o‘z investitsiya maqsadlarini amalga oshirishda ko‘proq markazlashgan manbalarga va birinchi navbatda byudjet mablag‘lariga, xorijiy investitsiyalar va kreditlarga, mintaqalar esa mahalliy byudjet mablag‘lariga tayanadi. Korxonalar o‘z investitsiya faoliyatlarini asosan o‘z mablag‘lari, daromadlari, amortizatsiya mablag‘lari va ayrim hollarda bank kreditlari yoki boshqa turdagi qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar.
Amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatida korxonalarning o‘z manfaatlari va davlat manfaatlari doirasida tutgan o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tishni istar edik. Ma’lumki, korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inlaridir. Ularda jamiyatga kerak bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi, yumushlar bajariladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. SHuningdek, korxonalarda malakali kadrlarning asosiy qismi to‘planadi, foyda yuzaga keladi, binobarin, ularda milliy daromadning jami bo‘lmasa ham, har holda bir qismi vujudga keladi.
Korxonalar ushbu ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish, shuningdek, kerakli moliyaviy ajratmalarni mahalliy va respublika byudjetlariga to‘lash davomida mintaqa va respublika miqyosida investitsiyalash uchun moddiy baza yaratish natijasida zaiflashib qoladilar, qolgan foyda miqdori juda kam bo‘lib, amortizatsiya ajratmalari jiddiy o‘zgarishlar uchun etarli bo‘lmay qoladi.
Binobarin, iqtisodiyotni boshqarishning turli pog‘onalarida amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatini investitsiyalarni sarflash yo‘nalishlari va sohalarini tanlash, korxonalarning investitsion mustaqilligini va moddiy bazasini kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy ahvolga moslashtirish lozim. Direktorlik korpusining aksariyat qismining fikricha, bu vazifani bajarishga soliq tizimini yaxshilash katta yordam beradi. Bunday tizim korxonalarga o‘zi ishlab topgan daromadlarining investitsion mo‘ljallarni amalga oshirish uchun etarli miqdordagi ulushini o‘z ixtiyorida qoldirishga imkon berishi lozim.
Aytib o‘tilgan fikrlardan yana bir xulosa kelib chiqadi: investitsiya siyosati har qancha puxta o‘ylangan va asoslangan bo‘lmasin, u qanday darajada amalga oshirilmasin, moddiy ta’minotsiz, ya’ni resurslar bilan etarli ta’minotsiz faqat qog‘ozlarda va qarorlarda qolib ketadi. Har qanday siyosat, shu jumladan investitsiya siyosati ro‘yobga chiqishi, amalga oshishi uchun muayyan investitsiyalar miqdori bilan tasdiqlanishi lozim. SHuning uchun, investitsiya maqsadlarini, shu jumladan kapital qo‘yilmalarni qo‘llashning ustivor yo‘nalishlarini, sohalari va chegaralarini belgilashda buning uchun kerak bo‘ladigan investitsiyalarning ko‘lami va ularning moliyaviy manbalari ham puxta ishlab chiqilishi lozim. Ammo bu erdagi umumiy qoida shundayki, kuchli investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakatdagi vaziyat ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan barqaror bo‘lishi shart. Sezilarli iqtisodiy o‘sishlar ko‘zatilayotgan O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda maqsadga yo‘nalgan va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar etarlidir.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish