Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi



Download 1,99 Mb.
bet47/101
Sana08.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#436513
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101
Bog'liq
курилиш иктисоди маруза2021лотин

Nazorat savollari
1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari nimalardan
iborat.
2. Loyihalash bosqichlari va loyihalashtirish hujjatlarini
mazmunini tushuntirib bering.
3. Loyiha echimlari iqtisodiy samaradorligini baholash uslublarini
ayting.
4. Loyiha echimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy
yo‘nalishlari nimalardan iborat.


INVESTITSION QURILISH FAOLIYATINING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
Bozor iqtisodiyotining asoslari, xususiyatlari va bugungi qiyofasi
Ma’lumki. iqtisodiyot bozor munosabatlari sharoitida faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab iqtisodiyotni rejali tizimdan bozor munosabatlari asosiga o‘tkazish masalasi ko‘tarilib, uni hal qilishga kirishildi. Avvalgi nashrlarda, turli tadqiqotlarda bozor va bozor iqtisodiyoti anarxiyani, inqirozlar va ishsizlikni keltirib chiqaruvchi tizim deb ko‘rsatilar, bozorning biznes, tadbirkorlik, raqobat va shu kabi kategoriyalariga esa kapitalizmga xos illatlar deb qaralardi.
Bugungi kunda chop etilayotgan tadqiqotlardan esa biz bozorning ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) bilan iste’molchi (haridor) uchrashadigan joy ekanligini, bozor iqtisodiyotining esa rivojlanib borayotgan tizim ekanligini, unda iste’mol tovarlarining mo‘l-ko‘l bo‘lishini, ularning avvalgi paytlardagidek, faqat davlat tomonidan emas, balki zarur hollarda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda asosan ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari tomonidan ishlab chiqarilishini bilib oldik. Ko‘rinib turibdiki, mazkur masala bir qarashdan oddiy ko‘rinsa-da, anchagina murakkabdir.
Bozor iqtisodiyoti uch yuz yildan ko‘proq davrdan beri mavjuddir. SHu davr ichida u tinmay rivojlanib, takomillashib, jamiyat hayotidagi o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashib kelmoqda. SHu sababdan, hozirgi kundagi bozor Adam Smit davridagi yoki Karl Marksning “Kapital” asarida bayon qilingan davrdagi bozorga mutlaqo o‘xshamaydi. Ammo bozorning asosi deyarli o‘zgarishsiz, avvalgidek holicha saqlanib qoldi.
Bozor iqtisodiyotining paydo bo‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa, bozorning o‘zi juda qadimda, antik dunyoda va hatto undan ham avval vujudga kelgan. Mehnat taqsimoti boshlangan zahoti, odamlar orasida o‘z mehnatining mahsuli bilan ayirboshlash zarurati paydo bo‘lgan. Natural xo‘jalik sharoitida ham odamlar o‘z mehnat mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlardilar, ammo bu ayirboshlash tasodifiy xarakterga ega bo‘lgan. Mehnat taqsimoti sharoitida esa mehnat mahsulotlarini muntazam ayirboshlamay yashash mumkin bo‘lmay qolgan. Ushbu tovarlarni ayirboshlash zarurati bozorning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Agar biror odam qandaydir tovarni ishlab chiqarishdan bosh tortsa ham, uni bozorda topishi va biror boshqa tovarga ayirboshlashi mumkin bo‘lgan. Bozorning eng muhim xususiyati ham shudir: uni hech kim o‘ylab topmagan va majburan joriy etmagan - u hayotning mantiqiy zarurati bo‘lib, o‘z-o‘zidan, tabiiy ravishda vujudga kelgan, bugungi kungacha ham shu yo‘l bilan rivojlanib kelmoqda. Mana shu tabiiy rivojlanish yo‘li mamlakatimiz tarixida majburan to‘xtatib qo‘yilgan edi. iqtisodiyot o‘zining qonunlariga bo‘lgan bunday hurmatsizlik uchun qanday shafqatsiz o‘ch olganini vaqt ko‘rsatmoqda.
YAna bozor iqtisodiyotining tarixiga nazar tashlaymiz. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekin jamiyatdagi barcha iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylandi. Bu bosqichda texnika murakkablashdi, mehnat taqsimoti chuqurlashdi, ishlab chiqarish kengaydi, bozorlarning hajmi kattalashdi - mayda-mayda mahalliy bozorlar birlashib, yirik milliy (ichki) bozorlari, keyinchalik esa jahon bozori shakllandi. Bozor munosabatlari rivojlangan sari, odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli kuchlar tomonidan boshqarib turilishini seza boshladilar. Bir paytlar Adam Smit ularni “ko‘rinmas qo‘l” deb atagan edi. SHu tariqa bu sirli qonuniyatlarni o‘rganish, ularning qonuniyatlarini aniqlash, “boylikning tabiati va sabablarini”, “davlatning qanday qilib boyishini” o‘rganishga ehtiyoj tug’ildi. Siyosiy iqtisod fani ana shunday vujudga keldi. Hozirgi kunda xalqlarning boyligi va qashshoqligining sabablari haqida ko‘p narsa ma’lum bo‘lgan bo‘lsa-da, iqtisodiyot qonunlarini o‘rganish nihoyasiga etmadi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish