Tarmoqlararo tuzilma xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi. Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy xajmidan mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan ulushlari – bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |