SO‘Z TURKUMLARINI O‘TISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH
Sharapova Gulshanda Sharifovna
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani
4-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
(+998913094809)
Annotatsiya:
Fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos
xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab
o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning
to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. o‘quvchi-talabalarning ijodkorligini va
faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda
o‘quvchi-talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Kalit so‘zlar:
“ kim ko‘p eslab qoladi ?” “grammatik topishmoqlarni topish“ “ eslab qol
““kim ko‘p so‘z tuzadi?“ grammatika,Fonetika
Farzandlarimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon
hamjamiyatidagi obro-e’tibori avvalambor farzandlarimizning bog‘liqdir. Biz unib -
o‘sib,ulg‘ayib ,qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bunday o‘tkir haqiqatni hech
qachon unutmasligimiz kerak.
(I.A.Karimov)
Yangi pedagogik texnologiya bola faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishga qaratilgan bo‘lib,
avvalo uning sog‘ligini muhofaza qilishni, unda turfa fazilatlarni shakillantirish uchun amaliy
yondashuv rejalarini tuzishni, bu rejalarda bolani quvnoqlikka, topqirlikka undovchi vositalar
jamlanishini, ijodiy tafakkur, qilish, tadbirkor bo‘lishga undovchi qator nazariy va amaliy ishlar
majmuasini barqaror etishni nazarda tutadi.Yangicha ta’lim jarayonida o‘quv dasturlaridan keyin,
o‘rin olayotgan iqtisodiy ta’lim berish, milliy g‘urur hissini tarbiyalash kabilar uchun bolalarda
intilish, ishtiyoq uyg‘otish lozim.
4- sinfda “So‘z turkumlari” bo limi o‘rganilayotganda quyidagi kabi savollardan foydalanish
mumkin:
1. So‘zlar nima uchun turkumlarga bo‘linadi?
2. ot qanday qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
3. egalik qo‘shimchalari va ularning vazifasi nima?
4. kelishik qo‘shimchalari vaular qanday vazifa bajaradi?
va hokazo.
So‘z turkumlarini o‘rganishda ” qora quti” metodidan ham foydalandik. Bunda o‘quvchilar juft
bo‘lib ishladilar. har bir juftlikka ” ot, sifat, fe’l, son turkumining moniyatini yorituvchi tayanch
so‘zlar, raqamlar, belgilarni kartochkalarga qayd eting” topshirig‘i berildi.ular turli grammatik
belgilar, sxemalar, raqmlar yozilgan kartochkalar tayyorladilar. o‘quvchilar hamkorlikda bajargan
ishlardan (kartochkalardan) namunalar keltiramiz:
1- kartochka.
Chiziqlar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib gap tuzing.Tuzgan gapingizdagi so‘zlarning turkumini
aniqlang.( kartochkada chiziqlar beriladi)
2- kartochka.
o‘zak so‘z yasovchi qo‘shimcha so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarga mos so‘z toping . uning
turkumini aniqlang.
XuloSa:
Biz yuqorida boshlang‘ich sinflarni o‘qitishda qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar haqida gapirib
o‘tdik. didaktik o‘yinlar shu fanga qiziqtirishni rivojlantirishning samarador vositalaridan biridir
. u bilan birga didaktik o‘yin bolalarning aqliy faolligini tarbiyalashning qimmatli vositasidir.u
bolalarda bilish, mustaqil fikr yuritish malakasini rivojlantiradi, qiziqish o‘yg‘otadi. Bolalar
uchun o‘yin eng xaqiyqiy o‘qish ekanligini unutmasligimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali.
2. l.Sh.levenberg, e.a.abdurahmonova.T.oqilov. “Boshlang‘ich sinflar matematika
darslarida didaktik o‘yinlar”. “Toshkent o‘qituvchi”. 86 y
126
Do'stlaringiz bilan baham: |