Сентябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF OQUVCHILARIDA EKOLOGIK MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISH
Mirzarahimova Kimyoxon Rasulovna
Andijon viloyati,Andijon tumani 40- umumta’lim
maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon : 93 785 95 42
Elektron pochta: Mirzarahimovakimyoxon @gmail.com
Annotatsiya:
ushbu maqolada tabiat bilan tanishtirish orqali boshlang‘ich sinf oquvchila-
rida ekologik madaniyatini shakllantirish haqida so‘z boradi. Pedagoglarning dars jarayonida
ekologiyani mukammal, hayot tarziday o‘rgatish kerakligi, uning murg‘ak qalbida ona tabiat-
ni muhofazasi, uni asrab-avaylash kabi buyuk insoniy fazilatlar egasi bo‘lib tarbiyalashning
mohiyati yoritiladi.
Kalit so‘zlar
: ekologik tarbiya, biologik qonuniyatlar, tabiatni muhofaza qilish.
Agar chang va g‘ubor bo‘lmasa insonlar ming yil yashar edi
Ibn Sino
XXi asrga kelib insoniyatni tashvishga solayotgan muammolardan biri - atrof tabiiy holatini
saqlash, uni yaxshilash va kelajak avlodlarimizga ham qoldirish masalasidir. Zamоn shiddat
bilan o‘zgarib bоrar ekan, ta’lim sоhasi ham u bilan barоbar o‘zgaradi va o‘qituvchidan o‘z
faоliyatini o‘zgartirishni talab etadi.
ayniqsa hozirgi pandemiya sharoitida shaxsiy gigiyena qoidalarini o‘rgatish ham dolzarb
masaladir , chunki insonlar ham tabiatni bir bo‘lagi.. hozirgi kunda inson va tabiatning o‘zaro
munosabatlar xarakteri yer sharida hayotni saqlab qolish bilan bog‘liqdir. ushbu muammolarning
dolzarbligi, ekologik va biologik qonuniyatlarni hisobga olmagan holda tabiiy resurslardan
foydalanish, sanoat ishlab chiqarishning tez sur’atlar bilan o‘sib borishi va nihoyat,tabiatda inson
faoliyati orqali yuzaga kelgan aniq ekologik xavf vujudga kelganligi bilan asoslanadi.
Boshlang‘ich sinf oquvchilarida ekologik tarbiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki xuddi
mana shu yoshda informatsiyalarning eng ko‘pini qabul qiladilar, ma’naviy madaniyatning bir
qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevor asoslari shakllanadi...Shaxsning
ekologik madaniyati ekologik tarbiyaning natijasi bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf
oquvchilarida shaxsiy ekologik madaniyatining tarkibiy qismi – tabiatni bilish bo‘yicha bilim va
uning ekologiya nuqtai nazaridan yo‘naltirilganligi, kundalik turmush, turli-tuman faoliyatlarda:
(uy sharoiti, mehnat jarayoni va turli xil o‘yinlarda) foydalanishni tashkil qiladi.
o‘quvchilarda tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil bilim va malakalarni shakllantirish,
faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar tabiatni saqlash xarakteriga ega bo‘lishi kerak. Yoshlarni
barkamol qilib tarbiyalashda tabiatning o‘rni kelajak avlodni barkamol kishilar qilib tarbiyalash
shu kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shuning uchun o‘quvchilarda tabiat go‘zalliklarini
ko‘ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz berayotgan voqea, hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchalar
hosil qilish, ularga ekologik ta’lim-tarbiya berishdek muhim vazifa turadi. o‘qituvchi eng
avvalo o‘zi tabiatni sevuvchi, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlarga ega bo‘lmog‘i lozim.
dars jarayoni bilan birga “Tabiatni asrang”,”qushlar bizning do‘stimiz”, “gullar bayrami” kabi
tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish juda samarali usuldir.
Boshlang‘ich sinf oquvchilarida ekologik madaniyatini shakllantirishda quyidagi manbalardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyaviy faoliyat jarayonida o‘zbekiston respublikasining «Tabiat muhofazasi va tabiat
boyliklaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni va vazirlar mahkamasining qonun
talablarining bajarilishi to‘g‘risidagi qarorlariga tayanishi mumkin.
Bobokalonimiz Z . m. Bobur tomonidan yozilgan «Boburnoma»da markaziy osiyo, afg‘onis-
ton, hindiston kabi mamlakatlarning tarixi, geografiyasi, xalqlar turmush tarzi, madaniyati bilan
birga o‘simlik va hayvonot olami to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar yozilgan . Tilni yorar qo-
vunlari, ajoyib sayroqi bulbullari to‘g‘risida yozib qoldirilgan. Bobur adabiyot larida keltirilgan
ma’lumotlarni birovlardan eshitganlari emas, balki o‘zi ko‘rgan, ko‘zatgan hayvonlar, o‘simli-
klar to‘zilishi, hayot tarzi, ularning o‘zaro o‘xshashligi yoki farqlari haqidagi ma’lumotlarni
41
Do'stlaringiz bilan baham: |