Jihozlar va materiallar: g‘ishtchalar, kubiklar, geometrik shakllar, rasmlar, fotosuratlar.
Faoliyatning borishi:
Krovat rasmini ko‘rish.
Didaktik o‘yin: “Qo‘g‘irchoqning tug‘ilgan kuni”, sutka qismlari .
Konstruksiya: “Qo‘g‘irchoq uchun krovat ”.
Qurilmalarni o‘zgartirish: “Qo‘g‘irchoqni uxlatish”.
Qo‘shimcha: “Mebel” rasmlarini ko‘rish. Krovatni ko‘rish, uning qismlari nomini aytish.
E’tirozga molik jihatlari: O‘z qurilmasi natijalariga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish.
Syujet-rolli o‘yinlar va daramalashtirish markazi.
Syujet-rolli o‘yin: “Oila”.
Maqsad: Oila haqida tasavvurga ega, oila a’zolari haqida, ularning vazifalarini biladilar, rollarni taqsimlay oladilar, syujetni ochib beradilar. O‘yinda turli xil o‘yinchoqlarni ishlata oladilar.
Jihoz va materiallar:qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqli idishlar, qo‘g‘irchoqlar uchun o‘rin-ko‘rpa, o‘g‘il bolalar uchun o‘yinchoq anjomlari, o‘yin to‘plami - qo‘g‘irchoq doktori, oziq-ovqatlar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |