Sening o‘g‘ling ham ancha ulg‘ayib, kap-katta yigit bo‘lib qolibdi



Download 0,9 Mb.
bet16/84
Sana29.05.2022
Hajmi0,9 Mb.
#617679
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
Bog'liq
она тили адабиёт

birlik qo'shimchas
1590. Qaysi gapda asos qismi ot bo'lgan yasama ravish qatnashgan? \\\***/// Kimdir uni qadam-baqadam ta’qib qilayotgan edi.
1591. Qaysi gapda daraja-miqdor ravishi ko‘makchi fe’lli so’z qo‘shilmalariga ergashgan? \\\***/// U raqibining yutug’ini ko’rib biroz o’ylanib qoldi.
1592. Qaysi gapda holat ravishi berilgan? \\\***/// Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitdi.
1593. Qaysi gapda holat ravishi berilgan? \\\***/// Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitib qoldi.
1594. Qaysi gapda maqsad ravishi qo'llangan? \\\***/// Ovozingizni eshitish umidi bilan ataylab kelgan edim.
1595. Qaysi gapda payt ravishi qo'llangan? \\\***/// Ertagayoq Abduxalilni Quvasoyga jo'nataman .
1596. Qaysi gapda qo‘shma ravish qo‘llangan? \\\***/// O’lmas har gal tog‘dan mamnun qaytar edi.
1597. Qaysi gapda ravish arabcha so’zdan yasalgan? \\\***/// Gulbahor bu gapni dugonasidan tasodifan eshitdi.
1598. Qaysi gapda ravish ifodalangan? \\\***/// Kamtarinlar ko‘p gapirmaydilar.
1599. Qaysi gapda ravish ishtirok etmagan? \\\***/// Boyning himmati tutib ketib, moshxo’rdani tog’orada olib chiqib, dasturxonga qo’ydi. (G’.G’ulom)
1600. Qaysi gaplarda so’z asosida qo’shimcha qotib qolishi kuzatiladi? \\\***/// Mashina dovondan o’tib olg’a intildi
1601. Qaysi javobda ravish yasovchi qo’shimcha omonimnligi asosida so‘z omonimligi vujudga, kelgan? \\\***/// terma
1602. Qaysi javobda sifatlarning takrorlanishi bilan yasalgan ravishlar berilgan? \\\***/// to'g'ridan-to'g'ri, uzundan-uzoq
1603. Qaysi qatorda yasama ravish qatnashgan? \\\***/// yillab, botmonlab
1604. Qaysi qatordagi juft so'z qismlarining o'rnini almashtirib qo'llash mumkin? \\\***/// sekin-asta
1605. Qaysi qatordagi ravishlarni tarkibiy qismlarga ajratish mumkin? \\\***/// yillab, erkakchasiga, do'stona
1606. Qismlari o'zaro zid ma’noli so'zlardan tuzilgan juft ravishni aniqlang. \\\***/// kecha-kunduz
1607. Quyida berilgan qaysi kelishik qo'shimchalari qo'shilganda olmoshlarda tovush tushishi hodisasi ro'y beradi? \\\***/// qaratqich, tushum kelishiklari
1608. Quyidagi gapda qo'llangan "nari-beri" so'zi qanday so'z? U gazetani nari-beri o'qigan bo'ldi-yu, hech narsa demay chiqib ketdi. \\\***/// holat ravishi
1609. Quyidagi gapdagi ajratilgan so'z qaysi turkumga oid? Hozirdan vahimaga tushma-yey! \\\***/// payt ravishi
1610. Quyidagi misollarda ravish + ravish juftlanishi orqali yasalgan yasama ravishlar soni nechta? tez-tez, nari-beri, qo‘yarda-qo‘ymay, unda-bunda, uzil-kesil \\\***/// 1 ta
1611. Quyidagi misollardan nechtasi yasama ravish? hamisha, dastlabki, ustma-ust, galma-gal, do‘stona, shu payt, taxminan, nari-beri \\\***/// 6 ta
1612. Ravish qatnashgan gapni aniqlang. \\\***/// Bitta emas qo'ling, qizim, Ikkita-ku, sanab boq: Sanab ko'rar, yana jim ... (T.To'la)
1613. Ravish sifatga xos sintaktik vazifa bajargan qatorni toping. \\\***/// Uzoqdan, kun botish tomondan, g'ira-shira uchqun sal-pal ko'zga tashlandi.
1614. Ravishlar haqidagi barcha to‘g‘ri fikrlarni aniqlang. 1) qo‘qqisdan, to‘satdan, birdaniga,
birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelishini bildiradi; 2) to’satdan ravishi ayrim shevalarda to'sindan holida talaffuz qilinadi; 3) yaqinda, uzoqda ravishlari harakatning bajarilish paytini yoki o‘rnini bildiradi; 4) ravishlar tub va yasama bo‘ladi \\\***/// 1, 2, 3, 4
1615. Ravishning ma’no jihatdan barcha turi berilgan qatorni aniqlang. \\\***/// qardoshlarcha, erta-indin, olg'a, qittay, ataylab, noilojlikdan
1616. Ravishning ma’no jihatdan uch turi ishtirok etgan gapni aniqlang. \\\***/// Keyin sal hushimni yig'ib qarasam, oyoqlarim o'zidan-o'zi yurib ketyapti.
1617. Sodda yasama ravishlar uchun yasashga asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha so‘z turkumlarini ko‘rsating. 1) ot; 2) sifat; 3) olmosh; 4) ravish \\\***/// 1, 2, 3, 4
1618. To’g’ri fikrlarni aniqlang. 1. Ravish yasovchi -larcha qo‘shimchasidagi -cha qismi kabi singari ko‘makchilari bilan sinonim bo'ladi. 2. -cha ravish yasovchi qo‘shimchasi omonimligi asosida leksema omonimligi hosil bo’ladi. 3. -cha qo’shimchasi urg’u olmagan holatda uning o‘rniga kichkina so’zini qo’yish mumkin. 4. -cha qo'shimchasinig urg’u olgan holati bilan -dek, kabi, singari ko’makchilarni almashlirish mumkin. \\\***/// 1.2,4
1619. Tuyaga minib uzoqni ko’zla. 2. Bu jang uzoqqa bormaydi. 3.Uzoq yondi. Berilgan gaplarning qaysi birida uzoq ravishi payt ma’nosini bildirgan? \\\***/// 2, 3
1620. U zinalardan ohista chiqib borar edi. Berilgan gapda ohista so‘zi qaysi so‘z turkumiga mansub? \\\***/// ravish
1621. Yasama ravish qo'llangan gap qaysi javobda berilgan? \\\***/// Choyni naridan beri ichib, oshxonaga yugurdim.
1622. Yasama ravishlar berilgan qatorni aniqlang. 1) minglab; 2) yillab; 3) rostdan; 4) rasman; 5) erkakchasiga; 6) hozirgina \\\***/// 2, 4, 5
1623. Yasama ravishlar qaysi qatorda berilgan? \\\***/// yangicha, eskicha, o‘zicha
1624. 1 Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi? Xudoyo, tavba qildim, bu qanday kun? 2. Yo qudratingdan, bu qanday odam? 3 Nega muncha g‘amgin nayning navosi, nega qalbim to‘la o‘kinch va malol? 4 Nima ishlari bor ekan, - so‘radi Zulayho xola. Berilgan gaplarning qaysilarida olmosh hol vazifasini bajargan? \\\***/// 1, 3
5) belgilash; 2) bo‘lishsizlik; 3) gumon; 4) kishilik; 5) ko‘rsatish. Ushbu olmoshlarning qaysilariga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush tushish va ortish hodisasi yuz beradi? \\\***/// 4
1625. 1Ajratilgan to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. \\\***/// Ilmiy yig‘ilishda, kengashda, chet elliklar ham qatnashdilar.
1626. anglashga bel bog'lagan har bir xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi, uni hech kimga oyoqosti qildirmaydi. Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan qaysi turlari qo'llangan? \\\***/// belgilash, ko'rsatish, bo'lishsizlik
1627. Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni to‘q, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. O’zi uchun, qorni uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning bor-yo‘qligidan hech kimga hech qanday foyda yoki zarar yo‘q. Komil inson esa hammaning joni. Ushbu matnda nechta olmosh bor? \\\***/// 8 ta
1628. Belgilash olmoshlari qanday hosil qilinadi? \\\***/// so'roq olmoshlari va har so'zi qo'shilmasidan
1629. belgilash; 2) ko'rsatish; 3) bo'lishsizlik; 4) gumon; 5) kishilik. Ushbu olmoshlarning qaysilarida so'roq olmoshi ishtirok etadi? \\\***/// 1, 3. 4
1630. Berilgan gaplarning qaysi birida kishilik olmoshi o‘rnida so‘z qo‘llangan? 1) Kechirasiz, rais, kamina bugun emas, o‘g‘lingizni shogirdlikka olgandayoq aytganman. 2) Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko‘chki bosgan buloq, balki, shu yerga kelib, qayta ko‘z ochgandir. 3) – Janoblarini qoshimga chaqirishdan maqsad, — dedi Husayn Boyqaro rasmiy
tus bilan, – xotirimga kelgan bir mulohazani bildirmoq edi. 4) Sizni hamisha duo qilib qoluvchi bandayi ojizingiz. \\\***/// 1, 2, 3, 4
1631. Berilgan gapning egasi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? Siz eski shaharga tushib, kechgacha bir aylanib keling. \\\***/// olmosh bilan
1632. Bir kishi orqamdan kelayotgan edi, shuning uchun to'xtadim. Ergash gap tarkibida qanday olmosh qatnashgan? \\\***/// gumon
1633. Bir so‘zi olmoshning qaysi ma’no turini hosil qilishda ishtirok etadi? \\\***/// gumon, belgilash, bo’lishsizlik
1634. Bir so’zi quyidagi so‘zi qaysi so‘zlarga qo‘shilib, gumon ma’nosini yuklaydi? 1) kishi; 2) narsa; 3) nima. \\\***/// 2, 3
1635. Bu olmoshiga quyidagi qo'shimchalardan qaysilari qo'shilganda tovush ortishi hodisasi yuz beradi va fonetik yozuv qoidasi asosida yoziladi? 1) -ga, -da, -dan; 2) -day, -aqa, -cha; 3) -im, -ing, -si. \\\***/// 1, 2, 3
1636. Gapdagi gumon olmoshi anglatgan ma’noni aniqlang. Tog‘ yo‘lidan allaqancha yo‘l bosishi kerak. \\\***/// miqdor
1637. Gumon olmoshi qo'llanmagan gapni toping? \\\***/// Vaqt allamahal bo'lib qolgan edi
1638. Gumon olmoshlariga xos xususiyatlar to‘g‘ri aks etgan javobni belgilang. 1) gumon olmoshlari so‘roq olmoshlariga alla- yoki -dir qo‘shimchasini qo‘shish orqali hosil qilinadi; 2) gumon ma’nosini anglatuvchi birov so‘zi kimdir so‘zi bilan erkin almashinib qo‘llansa da gumon olmoshi hisoblanmaydi; 3) narsa so‘zi faqat alla- qo‘shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi; 4) gumon olmoshlari gap tarkibida faqat ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi vazifalarida keladi; 5) bir so‘zi kishi, narsa, nima so‘zlariga qo‘shilib, bu so‘zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. \\\***/// 1,3,5
1639. Hamma jim qoldi. Har kim o'z oldida bir narsa topib, shunga ko‘z tikkan, bu narsada Zebi o‘z otasini, Qurbonbibi o‘z erini ko‘rardi. Ushbu parchada jami nechta olmosh ishtirok etgan? \\\***/// 8 ta
1640. Hamma jim qoldi. Har-kim o'z oldida bir narsa topib, shimga ko'zini tikkan va u narsada Zebi o'z otasini, Qurvonbibi o'z erini, Salti qovog'idan qor yog'ib turgan sovuq bir so'fini ko'rardi. Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan? \\\***/// o'zlik, ko'rsatish, belgilash, gumon
1641. Har kimki vafo qilsa, vafo topg'usidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topg'usidir. Misralardagi olmoshlar qanday ma’no ifodalagan? \\\***/// to'pdan ajratilgan shaxs ma’nosini ifodalagan
1642. Har uchchala shaxs birlik va ko‘plikdagi kishilik olmoshlari o‘rnida ma’nodosh (sinonim) sifatida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan olmosh turini toping. \\\***/// o‘zlik olmoshlari
1643. Hech kimdan kam emassan, kam bo’magaysan, Yerda qolsang, oftob bo‘lib kulmagaysan, Qachon belni mahkam tortib bog‘lagaysan? Aytgil, do‘stim, nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi qatnashgan? \\\***/// 2
1644. Hech kimdan kam emassan, kam bo'lmagaysan, Yerda qolsang, oftob bo'lib kulmagaysan, Qachon belni mahkam tortib bog'lagaysan? – Aytgil, do'stim, nima qildik Vatan uchun? Ushbu she’riy parchada olmosh turkumiga mansub so'zlar necha marta ishtirok etgan? \\\***/// 2
1645. Kimdir eshikni taqillatdi. Kimdir bu? - so'rayman eshikka yaqinroq kelib. Ushbu matnda kimdir so'zi... \\\***/// birinchisi - gumon, ikkinchisi - so‘roq olmoshi
1646. Kishilik olmoshlari o'zlik olmoshi bilan bog'langanda, kishilik olmoshlariga qanday ma’no
yuklanadi? \\\***/// ta’kid ma’nosi
1647. Kishilik olmoshlari turlanganda qanday fonetik hodisa kuzatiladi? \\\***/// tovush tushishi va orttirilishi
1648. Kishilik olmoshlarining qaysi biri uslubiy talab bilan birlikni ham, ko'plikni ham ko'rsatuvchi olmosh o'rnida kelishi mumkin? \\\***/// biz va siz
1649. Ko‘rsatish olmoshlari haqidagi qaysi hukm noto‘g‘ri? \\\***/// So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi ko‘rsatish olmoshlari o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin yoki keyin qo‘llanadi.
1650. Mana shu, o‘sha-o‘sha, siz-biz, hech kim, allaqaysi, har bir. Yuqoridagi qo‘shma olmoshlar olmoshning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub? \\\***/// ko'rsatish, kishilk, bo'lishsizlik, gurnon, belgilash
1651. Meni, seni olmoshlari qaysi kelishik shaklida qo‘llangan? \\\***/// tushum kelishigi
1652. Nadir millat qudratining tamadduni? Amir Temur haykalidan so‘rang buni, Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. Ushbu she’riy parchada necha o'rinda olmoshlar qo'llangan? \\\***/// 5
1653. Nadir millat qudratining tamadduni? Amir Temur haykalidan so‘rang bini, mindirib kim qaytardi yurtga uni? Jahongiri bexonumon yurt edi bu. Ushbu she’riy parchada olmoshning necha turi qo‘llangan? \\\***/// 3
1654. Narsa hodisa so’rog’ orqali ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan gapni toping. \\\***/// Nima ishlari bor ekan? – so’radi Zulayho
1655. Nima eksang, shuni o‘rasan. Berilgan gapda olmoshning qanday ma’no turlari qo‘llangan? \\\***/// so‘roq, ko‘rsatish
1656. O‘zlik olmoshi qaysi qatorda ta’kid ma’nosini ifodalash uchun xizmat qilgan? 1. Rostini aytsam, men o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. 2. O‘zi dumaloq, qor kabi oq. 3. Ikromjon xotinini qoldirib, o‘zi idora tarafga qarab ketdi. 4. O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil. \\\***/// 1
1657. Olmosh bilan ifodalangan ega qaysi gapda qo‘llangan? \\\***/// Hech kim hamma narsani bilolmaydi.
1658. Olmosh turkumiga mansub so‘zlar qatorini aniqlang. \\\***/// mening, o'zim, hamma, ana shu
1659. Olmoshga xos bo‘lmagan xususiyat qaysi qatorda berilgan? \\\***/// shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qiladi
1660. Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. \\\***/// o‘zboshimcha, o'zbilarmon
1661. Olmoshlar qaysi birliklar o'rnida almashib kelishi mumkin? \\\***/// so'zlar, so'z birikmasi, gaplar o'rnida
1662. Olmoshlarning qaysi turi iboralarning yasalishiga asos bo'la oladi? \\\***/// o'zlik
1663. Olmoshlarning qaysi turi sodda, qo‘shma, juft va takroriy shakllarga ega? \\\***/// ko‘rsatish olmoshlari
1664. Olmoshning qaysi turida kelishik va egalik qo'shimchasi qo'shilganda tovush orttiriladi? \\\***/// ko'rsatish, kishilik
1665. Olmoshning qaysi turida qo‘shma olmoshlar bir turdagi olmoshlardan tashkil topgan? \\\***/// ko‘rsatish
1666. Olmoshning qaysi turini hosil qilishda so‘roq olmoshlari ham ishtirok etadi? 1) ko'rsatish olmoshi; 2) gumon olmoshi; 3) belgilag olmoshi; 4) kishilik olmoshi; 5) bo‘lishsizlik
olmoshi \\\***/// 2, 3, 5
1667. Olmoshning qaysi turlari olmosh+ot shaklidagi bitishuv yo‘li bilan hosil bo‘lgan otli birikmalarda, tobe so‘z vazifasida kela oladi? \\\***/// ko‘rsatish, so‘roq va belgilash olmoshlari
1668. Otasi bomdoddan kirsin, - dedi u Saltiga qarab, - men o‘zim yotig‘i bilan aytib ko‘ray, yo‘q demas, - so'ngra Zebiga yuzlandi: Sen, qizim, uyga joy qil, o‘rtog‘ingni o‘tqiz, dasturxon sol. . . Biz otang bilan choyni so‘rida ichib haligi gapni gaplashamiz. Ushbu gapda nechta kishilik olmoshi qatnashgan va ular qanday sintaktik vazifani bajargan? \\\***/// 4 ta: faqat ega
1669. O'zlik olmoshi bog'lanib kelgan ot tarkibida, asosan, qanday qo'shimcha bo'ladi? \\\***/// egalik qo'shimchasi
1670. O'zlik olmoshi hurmat ma’nosida qo‘llanilgan gapni aniqlang. \\\***/// Rais amakim o'zlari kelib ketdilar.
1671. Qaysi gap tarkibida ko‘rsatish olmoshi ishtirok etgan? \\\***/// Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi.
1672. Qaysi gapda belgilash olmoshi ot o'rnida qo'llangan? \\\***/// Hamrna perronda, hamma o‘z jigarini qidiradi.
1673. Qaysi gapda kishilik olmoshiga ta’kid ma’nosi yuklangan? \\\***/// Biz o'zimiz vatan tuprog'ini ko'z qorachig'iday asraymiz.
1674. Qaysi gapda narsa-hodisa so'rog'i belgi-xususiyat so'rog'i o'rnida qo'llangan? \\\***/// Nima ishlari bor ekan? – so'radi Zulayho xola
1675. Qaysi gapda o‘zlik olmoshi predmetni ko‘rsatish uchun qo‘llangan? \\\***/// Olma o’zi pishib, o'zi to’kildi.
1676. Qaysi gapda olmosh fonetik o‘zgarishga uchragan? \\\***/// Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham hech kim rahm-u shafqat qilmaydi.
1677. Qaysi gapda olmosh shaxs otiga tobelanib kelgan? \\\***/// Sinfimizdagi barcha o‘quvchilar sport to’garaklariga qatnashadilar.
1678. Qaysi gapda olmosh so'z ma’nosini aniqlab kelgan? \\\***/// Bu cholni butun yurt izzat qilardi.
1679. Qaysi gapda olmosh turkumiga mansub so’zlar faqat ega va aniqlovchi vazifasida kelgan? \\\***/// Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, u o’z maqsadlariga oson erishadi.
1680. Qaysi gapda olmoshning to’rtta turi qatnashgan \\\***/// Har kim o'z og'zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech qachon bo’g’ilmaydi.
1681. Qaysi gapda to‘rtta o‘rinda olmosh qo'llangan? \\\***/// Hammasi joyida, do'stlar, men hech kimdan hech narsadan xafa emasman.
1682. Qaysi gapdagi kishilik olmoshiga ta’kid ma’nosi yuklangan? \\\***/// Bu masala bilan men o'zim jiddiy shug'ullanmoqchiman.
1683. Qaysi javobda belgilash olmoshi berilgan? \\\***/// har yerda
1684. Qaysi olmosh kishilik olmoshlari o'rnida qo‘llanib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan predmetni ko‘rsatadi? \\\***/// o'zlik
1685. Qaysi olmoshlar juft holda ham ishlatiladi? \\\***/// kishilik va ko'rsatish olmoshlari
1686. Qaysi olmoshlar yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ham bildiradi? \\\***/// siz, ular
1687. Qaysi qatorda olmosh gap o'rnida kelgan? \\\***/// Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo’lmaydi.
1688. Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi bor? \\\***/// uni ko’chada bir kishi chaqiryapti.
1689. Qaysi qatordagi gapda olmosh yasama narsa oti o'rnida qo'llangan? \\\***/// Bolaning

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish