Sening o‘g‘ling ham ancha ulg‘ayib, kap-katta yigit bo‘lib qolibdi



Download 0,9 Mb.
bet29/84
Sana29.05.2022
Hajmi0,9 Mb.
#617679
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84
Bog'liq
она тили адабиёт

\\\***/// rasmiy uslub
2769. AZIZ HAMYURTLAR! Agar Andijonning eng xushhavo va xushmanzara go’shasi bo’lmish Bog’ishamolga yo’lingiz tushsa, albatta, “Bir zumda” oshxonasiga kirib o’ting. Bu yerda tayyorlanadigan turli-tuman milliy taomlar, qulay shart-sharoitlar va yuqori darajada ko’rsatilayotgan xizmatimiz sizga, so’zsiz, manzur bo’ladi. Ushbu matn qaysi uslubga mansub? \\\***/// so’zlashuv uslubiga
2770. –Hay, hay, yiqitvoray deding-ku... oyog‘ingda oyoq qolmabdi-ya? Kel, qo‘lingni ber, jonim. Ko‘taray desam, jonim yarimta... Ushbu parcha qaysi uslub namunasi hisoblanadi? \\\***/// so‘zlashuv
2771. Badiiy uslubning ekspressiv vazifasi deganda nima tushuniladi? \\\***/// o'quvchiga ta’sir qilish
2772. Badiiy uslubning kommunikativ vazifasi deganda nima tushuniladi? \\\***/// ma’lum voqea-hodisa haqida axborot berish
2773. Berilgan birikmalardan qaysi biri ko'proq so'zlashuv uslubiga xosligi bilan farqlanadi? \\\***/// daftar varaq
2774. Daliliy ma’lumot, ilmiy xulosa, fikrning aniqligi, mantiqiy izchillik. Ushbu so’z birikmalari qaysi uslubga xos, undagi so’zlar o’zaro qanday birikkan? \\\***/// ilmiy uslub
2775. Endi istiqlol tug’ini zabardast qo’llarda mahkam ushlab, Vatan ravnaqi uchun kurashish eng oliy baxtdir. Ushbu gap qaysi uslubga xos? \\\***/// publitsistik
2776. Guvohnoma, nizom kabi hujjatlar qo’llanishi, maqsad va vazifasiga ko'ra qanday turdagi hujjat hisoblanadi? \\\***/// tashkiliy hujjatlar
2777. Har bir fan sohasining o‘ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub qanday nomlanadi? \\\***/// ilmiy uslub
2778. Ijtimoiy-siyosiy atamalar qatlami qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar hisoblanadi? \\\***/// publitsistik (ommabop) uslub
2779. Ijtimoiy-siyosiy atamalar va atama birikmalari (fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, hukumat tangligi va h.k.) qaysi uslubni shakllantiruvchi vositalar sanaladi? \\\***/// publitsistik uslub
2780. Kinoya, qochirim, pichinglarga boy bo’lgan uslubni belgilang. \\\***/// so’zlashuv
2781. Makromatnga to’g’ri ta’rif bering. \\\***/// Mazmuniy yaxlitlikka ega bo’lgan qo’shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og’zaki nutq parchasi.
2782. Milliy mafkuraning negizlaridan biri- tilga bo‘lgan munosabatimizdadir. Til – millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog‘. Ushbu parcha qaysi uslub namunasi hisoblanadi? \\\***/// publitsistik
2783. Nastarin gullashi bilan qizlar undan "baxt" qidirishadi // niyati amalga osharmish. Ushbu gapda // belgisi o'rnida qanday tinish belgisi qo'yiladi? \\\***/// ikki nuqta
2784. Nutq uslublariga xos xususiyatlar aks etgan javoblar mosligini belgilang. 1) badiiy uslub; 2) ilmiy uslub; 3) publitsistik uslub; 4) so'zlashuv uslubi; a) ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo'lishlik; b) axborot uchun eng kerakli so'zlarni ishlatish, nutqiy vositalarni tejash va ortiqcha qo'llashga intilish; c) axborot berishdan tashqari, estetik ta’sir ko'rsatish vazifasini bajarish; d) fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish \\\***/// 1 – c; 2 – d; 3 – a; 4 – b
2785. Publitsistik uslubning belgilari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping. 1) muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo‘lishlik; 2) hozirjavoblik; 3) ta’sirchanlik; 4) fanning ma’lum sohasiga oid atamalarni keng qo‘llash \\\***/// 1,2,3
2786. Qaysi fanlar uslubi publitsistik uslubga yaqinroq turadi? \\\***/// tarix, adabiyotshunoslik
2787. Qaysi hujjatlarda gap kesimlari "tayinlansin", "topshirilsin" kabi majhul nisbat, III shaxs,
buyruq maylidagi fe’llar orqali ifodalanadi? \\\***/// farmoyish hujjatlari
2788. Qaysi javobda ilmiy uslub namunasi berilgan? \\\***/// Ikkinchi darajali bo'laklar fikrni to'laroq va mukammalroq ifodalash uchun xizmat qiladi.
2789. Qaysi javobda publitsistik uslub naumnasi berilgan? \\\***/// Milliy mafkura millatning tub manfaatlarini nazariy asoslab berishga va himoya qilishga da’vat etilgandir, uning bosh vazifasi ham shudir.
2790. Qaysi javobda publitsistik uslubga to'g'ri ta’rif berilgan? \\\***/// ommaviy axborot vositalari uslubi
2791. Qaysi javobda rasmiy uslub namunasi berilgan? \\\***/// Ushbu ma’lumotnomani ko'rsatuvchi G.Mo'minov, haqiqatan ham, O'zbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan o'rinbosari lavozimida ishlaydi.
2792. Qaysi qatorda ilmiy uslubga xos gap berilgan? \\\***/// Ega va kesim gapning grammatik asosi hisoblanadi.
2793. Qaysi uslub asosini atama, ta’riflar, qoidalar tashkil etadi? \\\***/// ilmiy uslub
2794. Qaysi uslubda “muxbirimiz xabar berishicha”, “elchixona xodimining so‘ziga ko‘ra”, “muxbirimiz voqea ro‘y bergan joydan xabar beradi” kabi iboralar qo‘llaniladi? \\\***/// publitsistik uslub
2795. Qaysi uslubda atamalar faqat bir ma’noda qo‘llanib, o‘zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi? \\\***/// ilmiy uslub
2796. Qaysi uslubda atamalar hamda deyiladi, ataladi, kifoya, zarur kabi so‘zlar, mazmunan aniq, ravshan, qat’iy iboralar ishlatiladi? \\\***/// ilmiy uslub
2797. Qaysi uslubda barcha uslublarning elementlari namoyon bo‘ladi? \\\***/// badiiy
2798. Qaysi uslubda nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga, nutqiy ortiqchalikka ham yo‘l qo‘yilishi mumkin? \\\***/// so‘zlashuv
2799. Qaysi uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlandi kabi qoliplashgan so‘z va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi? \\\***/// rasmiy uslubda
2800. Qaysi uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llanadi? \\\***/// badiiy, so‘zlashuv
2801. Qaysi uslublar ham og‘zaki, ham yozma shakllarga ega? 1)publitsistik uslub; 2) badiiy uslub; 3) rasmiy uslub; 4) ilmiy uslub; 5) so‘zlashuv uslubi. \\\***/// 1, 2, 3, 4
2802. Qaysi uslubni monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat kabilar tashkil etadi? \\\***/// ilmiy uslub
2803. Quyida berilgan ish yuritish hujjatlaridan qaysilari qo’llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko’ra xizmat yozishmalari hisoblanadi? \\\***/// taklifnoma, telegramma, xatlar
2804. Quyidagi hujjatlarning qaysi biri rasmiy uslubning diplomatik uslub turida yoziladi? \\\***/// konvensiya
2805. Quyidagi hujjatlarning qaysi birida da’vat etish, axborot o'z aksini topgan bo'ladi? \\\***/// buyruq
2806. Quyidagilardan qaysilari publitsistik uslubning yozma shakliga mansub? 1) ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan bosh maqolalar; 2) felyetonlar; 3) pamfletlar; 4) murojaatnomalar; 5) ilmiy xulosalar; 6) deklaratsiyalar; 7) chaqiriqlar. \\\***/// l, 2, 3, 4, 6, 7
2807. Rasmiy uslubga xos xususiyatlarni aniqlang. 1. ... ning belgisi qisqalik, soddalik, aniqlikdir. 2. ... atamalar, ta’riflar, qoidalar asosida ish ko‘radi. 3. ... da ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. 4. ... fan va texnika tili sanaladi. 5. ... da so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi. \\\***/// 1, 3, 5
2808. Siz tiklagan Turonzamin halihanuz turadur, og‘a-ini turkiyingiz bir-birini suyadir. Ushbu parcha qaysi uslub namunasi hisoblanadi? \\\***/// badiiy
2809. Usluban noto‘g‘ri qo‘llangan so‘z qaysi qatorda berilgan? \\\***/// paxta gulladi 2810. Uslubiy betaraf so‘zlar berilgan qatorni toping. \\\***/// so‘zlamoq, gapirmoq 2811. Uslubiy betaraf so‘zlar qatorini belgilang. \\\***/// yaxshi, qalam, keldi
2812. Uslubiy xoslangan so‘zlar haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. \\\***/// ayrim nutq uslubi doirasidagina qo’llanadigan so’zlar
2813. Uslubiy xoslangan so‘zni belgilang. \\\***/// nigoh
2814. Yozma nutq haqida berilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? \\\***/// Yozma nutq og‘zaki nutq kabi kishilar o‘rtasidagi bevosita aloqa vositasidir.
2815. “Shohnoma”, “Qutadg‘u bilig”, “Saddi Iskandariy” dostonlari qaysi xususiyati bilan o‘zaro mushtarak? \\\***/// har uchalasi bir xil vaznda yozilgan
2816. Adovat kishiga uch kishidan yetar // avval kishiga mol- dunyo tama qilmoq bo’lsa, ikkinchi xaloyiqdan izzat va ikrom tama qilmoq, shuningdek, xalq o’rtasida ma’qul bo’lmoqni tama qilmoqdir. Ushbu gapda // belgisi o’rniga qaysi tinish belgisi. \\\***/// ikki nuqta
2817. Agar sifatlovchi-aniqlovchi uyushgan bo‘lib, vergul bilan ajratilgan bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak boshqa bo‘laklardan qanday ajratiladi? \\\***/// tire bilan
2818. Agar siringni saqlasang, u sening asiringdir // agar oshkor bo‘lsa, sen siringni asirisan. Ushbu gapda // belgisi o‘rniga qaysi tinish belgisi qo‘yiladi? \\\***/// vergul
2819. Ahmad va sen – ikkovingiz ertaga vaqtli kelingiz. Ushbu gapda nima uchun tire qo‘yilgan? \\\***/// uyushiq bo‘laklardan so‘ng umumlashtiruvchi so‘z kelganligi uchun
2820. Ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin qanday tinish belgisi qo‘yiladi? \\\***/// tire
2821. Alisher Navoiyning quyidagi baytida qo‘llangan badiiy san’atni belgilang. Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot, Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qorong‘u, kelmadi. \\\***/// tazod
2822. Andijon, Namangan, Qo'qon, Marg'ilon// O‘zbekning chamani, bog‘u bo‘stoni. (G‘.G‘ulom) // o'rniga qanday tinish belgisini qo'yish kerak? \\\***/// tire ko‘p nuqta
2823. Arabcha so‘zdan olinib “uy” degan ma’noni bildiruvchi atamani belgilang. \\\***/// bayt
2824. Aziz do'stlar oltin va kumushi bo'lmagan odam kambag'al emas balki es-hushi va kasb-hunari bo'lmagan kishi kambag'aldir. Gapda qaysi so'zlardan so'ng vergul qo'yilishi kerak? \\\***/// do'stlar, emas
2825. Bandlardagi misralarning soniga ko‘ra musammatlarning nechta turi bor? \\\***/// 8 ta
2826. Berilgan gapda qo‘yilishi kerak bo‘lgan tinish belgilari va ularning tartibi qaysi javobda to‘g‘ri ko'rsatilgan? Birov sening aybingni yuzingga aytsa so‘zini qaytarma chunki u sening uchun ko'zgudir ko'zgu xira bo‘lib qolsa boshqa aybingni ko'rsatadimi \\\***/// vergul, vergul, nuqtali vergul, vergul, so'roq belgisi
2827. Berilgan gapda qo'yilishi kerak bo‘lgan tinish belgilari va ularning tartibi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Qiz avval qo‘rqdi uning Sidiqjon bilan so‘zlashib turganini emas bog‘ga tushganini bilsa ham terisiga somon tiqadi bu xususida otasining qamchisidan qon tomar edi keyin yangi olamga kirib otasining qamchisini ham jingul ostida pisib yotgan kurk tovuqni ham unutdi. \\\***/// vergul, vergul, vergul, tire, nuqtali vergul, vergul, vergul, nuqta
2828. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi // yuragim gursullagancha o‘rnimdan turib ketaman. Ushbu bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasidagi // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? \\\***/// vergul
2829. Bog‘lovchisiz qo'shma gap qismlari orasida o'xshatish, zidlash, shart munosabatlari ifodalanganda, ular orasida qanday tinish belgisi qo'yiladi? \\\***/// tire
2830. Bor so‘zni so‘z sanab tebranmasin til Ko‘rib o‘ylab so‘zla keragini bil. (So‘fi Olloyor) Nechta o'rinda vergul ishlatilishi kerak? \\\***/// 3
2831. Bor so'zni so'z sanab tebramnasin til Ko'rib o'ylab so'zla keragini bil. (So'fi Olloyor) Nechta o'rinda vergul ishlatilishi kerak? \\\***/// 3
2832. Bora-bora shunga odatlanib qoldim // hamma darsdan a’lochi bo‘ldim. Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi? \\\***/// ikki nuqta
2833. Bu dunyoda uning qo’lidan kelmaydigan ish yo’q // duradgorlig-u suvoqchilik, chilangarlig-u ustachilik- hammasini eplaydi. Ushbu gapdagi // belgisi o’rniga qaysi tinish belgisi qo’yiladi? \\\***/// ikki nuqta
2834. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir // tun yarmidan og‘ganda birdan uyg'onib ketasiz. Ushbu gapda // belgisi o‘rniga qanday tinish belgisi qo'yiladi? \\\***/// ikki nuqta
2835. Faqat bitta shartim bor menga xo’jayinlik qilmaysiz dedi yana qanday hohlasam shunday yashayman. Gapda qo’llaniladigan tinish belgilarining to’g’ri tartibini aniqlang. \\\***/// qo’shtirnoq, ikki nuqta, vergul, tire, vergul, tire, vergul, qo’shtirnoq, nuqta
2836. Gapda quyidagi qaysi yordamchi so‘zlardan oldin vergul qo‘yiladi? \\\***/// ya’ni
2837. gapda vergul so'z-gaplardan keyin kelgan bo'laklarni ulardan ajratish uchun qo'llanmagan? \\\***/// Uka, o‘qishning erta-kechi bo'lmaydi.
2838. Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumushrangda quyosh boshoqlar paxta chanog'i va "O'zbekiston" degan yozuv tillarangda g'o'za shoxlari va barglar vodiylar yashil rangda tog'lar havorangda chanoqdagi paxta daryolar. yarimoy va yulduz oq rangda beriladi. Ushbu gapda nechta o'rinda nuqtali vergul qo'llaniladi? \\\***/// 3 o'rinda
2839. Hamma sizning tarafingizda chunki mana buni bajaruvchi siz. Ushbu gapda qanday tinish begilari ishlatilishi kerak? \\\***/// vergul, tire, nuqta
2840. Hayhotday hovli fayzsiz daraxtlar ostini o‘t-o‘lan bosgan hovlining etak tomonidan bir juft yirik-yirik qarg‘a loqayd kezib yuribdi. Berilgan gapda qanday tinish belgilari tushirib qoldrilgan? \\\***/// nuqtali vergul, vergul
2841. Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida qurilgan, didaktik g‘oyalar tashuvchi og‘zaki hikoyalar nima deyiladi? \\\***/// ertak
2842. His-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan, ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, o‘lchovli, ta’sirchan ritmik nutq nima? \\\***/// She’r
2843. Ilm ikki xil bo’ladi // biri // qalbdagi ilm // ikkinchisi // tildagi ilm. Ushbu gapda // belgisi o’rnida qaysi tinish belgilari qo’llanishi lozim? \\\***/// ikki nuqta, tire, vergul, tire
2844. Ishlatilishi odat tusiga kirmagan kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar qo‘llanishida qanday tinish belgisi ishlatiladi? \\\***/// qo‘shtirnoq
2845. Javoblarning qaysinisida hajmi katta janr ko‘rsatilgan? \\\***/// doston
2846. Jismimiz yo‘qolur O’chmas nomimiz kabi zid ma’noli gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? \\\***/// tire
2847. Kelinga ko‘zimiz tushdi // yumaloq qip-qizil loladay yuzli, ko‘zlari uchqunli, yaxshigina, go‘zalgina qiz. Ushbu gapda // belgisi o‘rniga qanday tinish belgisi qo‘yiladi? \\\***/// ikki nuqta
2848. Ko’z bila qoshing yaxshi, qabog’ing yaxshi, Yuz bila so’zing yaxshi, dudog’ing yaxshi, Eng bila menging yaxshi, sadog’ing yaxshi, Bir-bir ne deyin, boshdin ayog’ing yaxshi. (A.Navoiy) Ushbu ruboiyda qo’llangan she’riy san’atni toping. \\\***/// tanosub
2849. Kovushini to’g’irlab qo’yish kerak // qurilishni ham, kollektivni ham sariq chaqaga sotadi. Berilgan // belgisi o’rniga qaysi tinish belgisi qo’yiladi? \\\***/// ikki nuqta
2850. Kurashda bir tabiat qonuni bor // polvon davrada mag‘lub bo‘lsa, taqdirga tan berib
ketmaydi. Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qaysi tinish belgisi qo‘llanadi? \\\***/// ikki nuqta
2851. Kurashda bir tabiat qonuni bor polvon davrada mag‘lub taqdirga tan berib ketmaydi. Berilgan gapda qanday tinish belgilari tushirib qoldirilgan? \\\***/// ikki nuqta, vergul, vergul
2852. Lekin avtor shu kichkina hikoyada katta ish qiladi o‘quvchining ko‘z oldiga odamning havasi keladigan har qanday kishining muhabbatini o‘ziga qaratadigan har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o‘zining jafokashligi g‘ayrati farosati el-yurt uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi. Ushbu gapda nechta vergul qo’yiladi? \\\***/// 5 ta
2853. Lekin me’morning avvalo raiyat qolaversa saltanat oldidagi mavqeyi Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko‘rishga yo‘l qo‘ymas edi. (Mirmuhsin). Berilgan gapda qo‘yiladigan vergullar nima bilan bog‘liq? \\\***/// kiritma, uyushiq bo‘lak
2854. Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko'rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida qanday tinish belgisi qo‘yiladi? \\\***/// undov belgisi
2855. Men yetim o'sganman oh u yetimlik Voy bechora jonim desam arziydi. (G‘.G‘ulom) Berilgan gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilarini tiklang? \\\***/// vergul, nuqta, vergul, undov
2856. Mumtoz she’riyatda “begona bayt” tushunchasi nimani anglatadi? \\\***/// maqta’dan oldingi bayt
2857. Na kecha na kunduz beradi tinchlik, Yoz deydi azizim ma qalam daftar! Ushbu gapda qo’yilishi kerak bo’lgan vergullar soni to’g’ri berilgan qatorni toping. \\\***/// 6 ta
2858. Navbahor(l) ochildi gullar(2) sabza bo'ldi bog'lar(3) Suhbat aylaylik(4) kelinglar(5) jo'ralar(6) o‘rtog‘lar(7) (Muqimiy) Ushbu parchada qavs ichidagi raqamlar o'rniga qaysi tinish belgilari qo'llanishi lozim? \\\***/// 1 – ikki nuqta, 2 – vergul, 3 – vergul, 4 – vergul, 5 – vergul, 6 – vergul, 7 – nuqta
2859. Nodon aytur // g'olib chiqdim // dono aytur // yo‘l berdim. Ushbu gapda // belgisi o‘rnida qanday tinish belgilari qo‘llanadi? \\\***/// ikki nuqta, vergul, ikki nuqta
2860. O’zbek yozuvida ko‘p nuqta tinish belgisi sifatida qachondan boshlab ishlatilgan? \\\***/// XIX asrning ikkinchi yarmidan
2861. O’zbek yozuvida qavs tinish belgisi sifatida qaysi davrdan boshlab ishlatilgan? \\\***/// XIX asrning oxirgi choragidan
2862. Olamni quyosh yoritadi, insonni - ilm. Berilgan qo'shma gapda tire qo'yilishining sababi qayd etilgan to'g'ri javobni belgilang. \\\***/// Ikkinchi qismida kesim tushirilganligi sababi tire qo'yiladi
2863. O'zbek tilidagi matnlarda vergul qaysi davrdan boshlab ishlatilgan? \\\***/// XX asr boshlari
2864. O'zbekcha matnlarda qo'shtirnoq qachondan boshlab ishlatilgan? \\\***/// XIX asrning 80-yillaridan
2865. O'zbekcha matnlarda tire qachondan boshlab ishlatilgan? \\\***/// XIX asrning 70-yillaridan
2866. O'zbekiston Vatanim manim (A.Oripov) Ushbu gap oxirida tinish belgilari qay tarzda qo'yiladi? \\\***/// Qavsga olingan manbadan oldin nuqta qo'yilib, qavsdan so'ng tinish belgisi qo'yilmaydi.
2867. Qanday asarlarda lirik qahramon kechinmalari beriladi? \\\***/// she’riyatda
2868. Qaysi gapda ikki nuqta noto’g’ri qo'llangan? \\\***/// Daraxtlar ostini o't-o'lan bosgan: hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik qarg'a loqayd kezib yuribdi.
2869. Qaysi gapda tinish belgisi noto'g'ri qo'llanilgan? \\\***/// Bora-bora shunga odatlanib

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish