Sendagi oʻzimga



Download 1,16 Mb.
bet15/22
Sana05.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#637560
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

bob UZUN BIR KECHA

Oy yorug'ida odam siyrak bo'lgan ko'chada jimgina ketardilar. Jin kutilmaganda o'z atrofida to'xtovsiz aylana boshladi.
So'ngra birdan to'xtadi va vaqt yo'qotmay Kendinga o'girilib:

  • Yur ketamiz, seni bir ajoyib yerga olib boraman, - dedi.

Kendin nima boʻlganini tushunib yetmay turib, yotoqda uxlab yotgan bir ayolning oldida paydo bo'lib qoldi. Jin Kendinga ayolni ko'rsatib:

  • Nima qilyapti?, - dedi.

Kendin oʻylab ham oʻtirmay javob qaytardi:

  • Tabiiyki, uxlayapti!...

  • Seningcha qachon turadi?, - deb so'radi Jin bu safar.

Kendin bu oddiy savollardan Jinning maqsadi boshqa ekanligini angladi. Derazadan tashqariga qaradi. Hammayoq oppoq edi. Tunning qoq yarmi, qishning o'rtasi edi.

  • Quyosh chiqqanda uyg'onar har holda, - dedi Kendin quyosh bilan baravar uyg'onish Jin uchun muhimligini inobatga olib...

Jin derazaga yaqinlashdi, pardani ochib, osmonga qaradi va:

  • Agar quyosh chiqmasa-chi?, - deya soʻradi.

  • Qanaqasiga?! - dedi Kendin bunday ehtimolni rad etayotganini sezdirib.

Jin ovozini biroz ko'tarib:

  • Agar Quyosh chiqmasa-chi?, - deya savolini takrorladi.

Kendin bu savollardan charchadi, Jinning mazah qilayotganini sezib, javob bermadi.
So'ngra Kendin va Jin bir-biridan achchigʻlangan ikki goʻdak kabi uzoqdagi ikki burchakdagi ikkita alohida o'rindiqqa o'tirib kuta boshladilar...
Bir necha soatlardan keyin ayol uyg'ondi va kiyina boshladi. U kiyinarkan, Kendin derazadan tashqariga qaradi. Tashqari qorong'u edi. Ayol tashqariga chiqish maqsadida eshik tomon yo'nalgan payt Kendin so'radi:

  • Qayerga ketyapti?

  • Ishga..., - dedi Jin kulimsirab.

  • Qanaqa ish ekan bu kechaning yarmida, tonggacha hali bor- ku?

Kendin ayolning ham sirli ekanligi haqida o'ylashni boshlagan payt Jin masalaga oydinlik kiritib:

  • Qasam ichamanki, agar Quyosh chiqishini kutsa edi, eng kam 3 oy uxlashi kerak edi, - dedi.

Shundan so'ng Kendin bu yerlar qutb ekanligini tushundi. Ayolning ortidan birin-ketin tashqariga chiqdilar. Barcha uylarning chiroqlari yona boshladi. Ishxonalar ham allaqachon ochilgan edi. Insonlar kechaning qorong'usida xuddi kunning qoq yarmidagidek ishlardilar. Maktabga ketayotgan o'quvchilar, xizmat ulovlari, avtobuslari va boshqa hayotiy jarayonlar... Kendin yarim tunda qaynayotgan hayotni kuzatarkan, Jin gapida davom etdi:

  • Yarim tun boʻldi, endi uxlayman!, degan ham sensan, do'stim. Bu yerda "Yarim tun" tushunchasi yo'q. Yana ham to'g'rirog'i

"Tun" tushunchasining o'zi yo'q... Tun boʻlmagan hududda yashashlariga qaramay bu insonlar oʻrtacha uyqu soatidan ham kam uxlaydilar. Bir qancha olimlar buning sababini havoning tozaligi bilan bog'laydilar. Buni "Qutb havosi toza bo'lganligi uchun insonlar oz uxlaydilar" deb izohlaydilar. Holbuki, bunday emas.
Kendin quturgan filni ko'rganday hayratga tushdi. Faqatgina eshitardi.

  • Sen ham hozir bu yerda yashashni boshlasang, bir necha uyqusiz kechadan so'ng, uyqu tartibingni o'zgartirishga ehtiyoj sezarding va tun bo'yi uxlashga harakat qilmasding. Uyqudan faqat yetarlicha hordiq chiqarganingdan so'ng uyg'onarding. 3 yo 4 oylik kunduz davrida esa holat yana ham qiziq bo'lardi.

Uxlash uchun tunni kutmasding. Ishdan qaytgach, uyqung kelishi bilan uxlarding. Buning natijasi o'laroq sen ham o'rtacha uyqu soatidan kamroq uxlarding. Shunday qilib bu yerda tun yoki kun sen bilgan tushunchalarga mos kelmagani uchun insonlar bu safsatalarga bog'lanib qolmaganlar. Sen ekvator deb ataydigan, dunyoni ikkiga ajratib turadigan chiziqning yuqorisi va ostidagi tropik mintaqalar orasida joylashgan "Ekvator mintaqasi"dagina tun uyqu vaqtining boshlanishi deya qabul qilingan. Bundan kelib chiqadiki, inson o'ziga o'zi kecha degan ajdarhoni yaratib olgan. Hayotini yeb bitiradigan
ajdar. Sening tunda ishlashingga toʻsqinlik qilayotgan narsa mana shu yanglish tushunchalaring emasmi?
Kendin chuqur o'yga toldi. "Kech bo'ldi, ertaga qilarman, kechqurun u yerga borilmaydi, kechaning xayridan kunduzning sharri yaxshi..." va yana yuzlarcha shu kabi kecha qotillari.
Kendin bu yolg'onlarga qanday qilib aldanganini o'yladi. Jin yana asl mavzuga qaytdi:

  • Aqli zaif bolalar nega kechalari uxlashga qiynalishlarini endi tushundingmi? Chunki, ular itoatkor bolalar emas. Ular aytilganlarni diqqat bilan tinglab, so'ng amalga tadbiq qiladigan, suratga tushayotganda esa aytilgan holatda turib beradigan insonlarga sira o'xshamaydilar. Ya'ni, "Bolajonim, kel bu kecha bu yerda uxla" deya o'rgata olmaganlari uchun ham ular oz uxlaydilar. Noto'g'ri tushunchalarga ega emasliklari uchun ham kam uxlaydilar. Shuningdek, qutblarda ham aqli zaif insonlar bor, ammo ularni bilgan odam "Ular oz uxlaydi", deb har xil gaplar so'zlamaydi. Qisqacha aytganda, sening hayoting bilan bog'liq ishongan qadriyatlaringda muammo bor. Sen bularni tagiga yetmay, odatiy qabul qilaverishing seni yeb bitirishda davom etadi.

Hoynahoy sayr tugadi shekil Jin quyidagi savolni berdi:

  • Umid qilamanki, Tuban ongning aqli zaiflar bilan bog'liq aytgan gaplaridan allaqachon to’g’ri xulosa chiqarib olgansan. Xo'sh, endi aqli zaiflar bilan "Dohiy" deb atalgan u insonlarning umumiy yoki o'xshash jihatlari seningcha nima?

Kendin og'ir xo'rsingandan so'ng javob berdi:

  • Ikkisi ham isyonkor va yaramas. Ikkisining ham yuragi hech bir kenglikka sig'mas.

Kendin Tuban ong deb nomlangan bu narsa oʻzining salbiy tomoni ekanini tushunib yetgandi. Tuban ong tinmay bahonalar ishlab chiqaradigan fabrika kabi ishlardi. Shu onda qaror qildi. Bundan keyin yana bahonalar o'rgatishni boshlaganida Yuksak
ongga murojaat qilib, Tuban ongning bu shaytoniy o'yinini barbod qiladi.


  1. Download 1,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish