II boshlovchi:Rahmat, ustoz, ishlaringizga rivoj, omad yor bo’lsin!
I boshlovchi:Azizlar, hozir ijro etiladigan “Lazgi” raqsini bayram tabrigi sifatida qabul qilgaysiz.(“Lazgi” raqsi ijro etiladi).
II boshlovchi:Ayol! Bu so’z jaranglashi bilan ko’z oldimizga guldan-da nafis,jannat gullarining iforlarini eslatuvchi nozik bir xilqat- farishta namoyon bo’ladi.Ayol bor xonadon farishtali, nurlidir.
I boshlovchi: Ayol - dunyodagi tengi yo’q ulug’ zot. Aytishlaricha, u bosh qo’ygan bolishga farishtalar sajda qilarkan.
Do'stlaringiz bilan baham: |