Semizlik — sabablari, darajalari, belgilari va davolash usullari


Semizlikda kelib chiqadigan patologiyalarni quyidagicha aniqlash mumkin



Download 35,6 Kb.
bet5/6
Sana06.03.2023
Hajmi35,6 Kb.
#916931
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SEMIZLIK2

Semizlikda kelib chiqadigan patologiyalarni quyidagicha aniqlash mumkin:

  • AQB (arterial qon bosimi)ni o‘lchash;

  • Glukozaga tolerantlikni tekshirish;

  • Xolesterin, triglitseridlar va lipoproteidlar miqdorini tekshirish;

  • Qonning biokimyoviy tekshiruvi talab etiladi.

  • Semizlikni davolash

Semizlikni kompleks davolash – nafaqat kosmetik jihatdan samarali, balki sog‘liqni ham hayot sifatini ham oshiradi. Muolajaning boshlanishida maxsus diyeta va jismoniy mashqlar buyuriladi. Yog‘ va uglevodga boy mahsulotlar kamaytirilib ovqatlanish kaloriyasi kamaytiriladi, bunda oqsil va kletchatkaga boy mahsulotlar tavsiya etiladi. Agar bemor semizlikning so‘ngi bosqichlarida statsionar holatda davolanayotgan bo‘lsa ma’lum bir muddatga ochlik bilan davolanadi. Jismoniy mashq esa oddiy yurishdan boshlanadi, ya’ni bemorga 1 kunda kamida 10.000 qadam yurish buyuriladi. Jismoniy mashqlar mutaxassis tomonidan qat’iy belgilab beriladi. Chunki kardiozo‘riqish kuzatilishi mumkin, masalan, suzish, yugurish, velosiped haydash kabi mashqlar. Jismoniy mashqlar haftasiga 3-5 marta kuniga 30-40 daqiqa davomida olib borilishi kerak.
Semizlikka qarshi kurashishda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish katta ahamiyat kasb etadi. Vaqt o‘tishi bilan bunday hayot tarzi odat tusiga kirib qoladi va qayta semirmaslikka asos bo‘la oladi.
Ayrim insonlar semizlikdan qutulgandan so‘ng to‘g‘ri ovqatlanmaslik va kamharakatlilikka qaytib qolishadi, ularda semizlik tezlik bilan oson yuzaga keladi.
Kerakli holatlarda shifokor dori preparatlari buyuradi. Bunday preparatlar qat’iy ravishda individual tavsiya qilinadi, lekin ularning ta’sir qilish effekti barchasida bir xil. Ularning dozasi diyeta va jismoniy mashqlardan kelib chiqib birgalikda belgilanadi. Dorilar buyurishga asos bo‘lib diyeta bilan olib borilgan muolajaning 3 oydan ko‘p muhlatda samara bermasligi va TVI 30 ga teng ekanligiga bo‘la oladi.
Medikamentoz davo amfetamin preparatlari bilan olib boriladi, ularning ta’sir effekti och qolish hissini chaqirmaslikdir. Ammo bunday dorilar nojo‘ya ta’sirlarga ham ega uyquning buzilishi, allergik reaksiyalar, qayt qilish va boshqalar. Ayrim hollarda antidepressantlar ham yaxshi samara berishi mumkin.
Psixoemotsional holatlarni bartaraf etish uchun esa psixoterapiya buyuriladi. Semizlikning og‘ir ko‘rinishlarida xirurgik muolaja yordam beradi. Bariatrik xirurgiya – TVI 40 dan yuqori bo‘lgan holatlarda o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalarga oshqozonni bandajlash, vertikal gastroplastika, oshqozonni shuntlash kiradi. Kosmetik ko‘rinishni yaxshilash uchun liposaksiya – mahalliy yog‘​larni yo‘qotish amaliyoti bajariladi.
Amaliy tibbiyotda semirishni aniqlash uchun ko’pincha tana massasi indeksi (TMI) ishlatiladi. Shuningdek, TMI dan farqli o’laroq insonning jismoniy qomatini ham hisoba oladigan Borngardt indeksi ham amalda qo’llaniladi.
TANA MASSASI INDEKSI
Ortiqcha vaznni aniqlash ko’rsatkichi tana massasi indeksidir (TMI).
Ortiqcha vaznni aniqlash ko’rsatkichi tana massasi indeksidir (TMI).
TMI = tana og’irligi / uzunligi2 (kg / m2).
2000 yilda JSST mongoloid irqi uchun ortiqcha vazn ostonasini 25 dan 23 kg / m2 gacha, semizlik ostonasini esa 30 dan 25 kg / m2 gacha tushirishni taklif etdi (ma’lumot o’rnida o’zbek millati mongoloid va yevropoid irq o’rtasidagi metis guruhdir). Buning sababi, mongoloidlar semizlik bilan bog’liq bo’lgan muammolardan TMIning ancha pastroq ko’rsatkichlarida ham aziyat chekishlarini ko’rsatadigan epidemiologik tadqiqotlardir. Shu bilan birga, ba’zi tadqiqotchilar negroid irq vakillari, shuningdek polineziy kelib chiqishli shaxslar uchun ortiqcha vazn ostonasini 25 dan 26 ga, semizlikni esa 30 dan 32 gacha ko’tarishni taklif etdilar.
Tana massasi indeksi yog’ / mushaklarning nisbati va tananing yog’ taqsimotini hisobga olmasligi uchun tanqid qilinadi. Zero, oz mushak massali keksa odam ideal og’irlikli deya tasniflanishi mumkin, yaxshi mushak massali sportchi esa ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan yoki semiz deya. Shunga qaramay, tana massasi indekslari ortiqcha vaznni baholash uchun tan olingan yagona xalqaro mezondir.
TMI 40 va undan yuqori bo’lsa, hatto semizlikning asoratlari bo’lmasa ham, unda morbid (kasallikli) semirib ketish haqida gapiriladi. Semizlikning 2-tur qandli diabet, gipertoniya, dislipidemiya va oyoq bo’g’imlari patologiyasi kabi asoratlari mavjudligida, TMI 35 va undan yuqori bo’lganida ham morbid semizlik deya tasniflanadi

Tana massasi indeksi yog’ / mushaklarning nisbati va tananing yog’ taqsimotini hisobga olmasligi uchun tanqid qilinadi. Zero, oz mushak massali keksa odam ideal og’irlikli deya tasniflanishi mumkin, yaxshi mushak massali sportchi esa ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan yoki semiz deya. Shunga qaramay, tana massasi indekslari ortiqcha vaznni baholash uchun tan olingan yagona xalqaro mezondir.


MAGNIT REZONANS TOMOGRAFIYA
Tanadagi yog’ to’qimalarining miqdorini aniqlashning eng aniq usuli MRT hisoblanadi.
Kundalik hayotda inson organizmidagi yog’ to’qimalarining miqdori odatda bioimpedansometriya usuli orqali tana tarkibini tahlil qiluvchi kundalik tarozilar yordamida o’lchanadi.
Ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan odamlar o’z qomatlari kengligini bo’rttirib ko’rishga moyil bo’lishadi, bu esa sub’yektiv norozilikka olib keladi.
SEMIZLIKNI DAVOLASH
SEMIZLIK VA ORTIQCHA VAZNNI DAVOLASHNING ASOSIY USULLARI
Tarkibida ko’proq kletchatka, vitamin va boshqa biologik faol moddalar saqlagan mahsulotlar (bug’doydoshlar va yormalar, sabzavot, meva, yong’oq, ko’katlar va boshqalar) oshirilgan va organizm tomonidan tezda o’zlashtiriladigan uglevodlar (shakar, shirinliklar, pishiriqlar, oliy navli undan tayyorlangan non mashulotlari va makaronlar) kamaytirilgan parhezga rioya qilish, shuningdek, jismoniy mashqlar bajarish.
Semizlikni davolashda umumiy yondashuv ortiqcha vaznni davolash uchun barcha ma’lum dori-darmonlarni sinab ko’rish hisoblanadi.
Psixoterapevtik davolash (xulq-atvor terapiyasi) ham ishlatiladi.
Agar dori-darmonli davolash samarasi ahamiyatsiz bo’lsa yoki umuman bo’lmasa, bunday davolashni to’xtatish kerak. Jarrohlik muolajalarining amalga oshirilishi ehtimolini ko’rib chiqish mumkin.
SEMIZLIKNING DIETOTERAPIYASI (PARHEZ TUTISH)
Ovqat ratsionining energetik qiymatini kamaytirishga asoslangan davolashning uzoq muddatli natijalari umidlarni puchga chiqaradi (bu tibbiy nazorat ostida yoki shifokor nazoratisiz o’tkazilishidan qat’iy nazar). Amerikalik psixolog Treysi Mann va uning hamkasblari tomonidan o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, parhez semizlikka qarshi kurashish vositasi sifatida umuman foydasizdir.

Biroq shuni ta’kidlab o’tish kerakki, ovqat kaloriyaligini to’g’ri nazorat qilmasdan semizlikni muvaffaqqiyatli davolab bo’lmaydi. JSST muvaffaqiyatli ozish uchun odatdagi kaloriya iste’molini hisoblash va keyin kerakli kaloriyadan 500 kkal kamroq ko’rsatkichka erishguncha har oyda uni 300-500 kkalga kamaytirishni tavsiya etadi. Faol jismoniy mehnat bilan shug’ullanmaydigan shaxslar uchun bu qiymat 1500-2000 kkalni tashkil etadi.


Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki, muntazam past yog’li sut mahsulotlarini iste’mol qialdigan kishilar kamroq ortiqcha vazn yig’ishadi va metabolik sindromdan aziyat chekishadi.
PSIXOTERAPIYA
Semizlikni davolashda ishlatiladigan xulq terapiyasi usullari o’z-o’zini nazorat qilish, oziqlanish va unga tegishli odatlarga munosabatni o’zgartirish, asta-sekin jismoniy mashqlarni joriy etish va ishonchli ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni shakllanishini rivojlantirishga qaratilgan. Nazorat qilingan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, bu usullar qo’llanilgan bemorlar boshqa usullar qo’llanilgan bemorlarga nisbatan keyinchalik yana avvalgi vaznlariga kamroq qaytishgan.

Download 35,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish