SEMINAR:№:-2. MAVZU: MILLIY G’OYA VA MAFKURA RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI
Reja:
1.Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishining asosiy bosqichlari.
2. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g’oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g’oyalar takomili
3. Temuriylar davri g’oyalari, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g’oyalar to’g’risidagi fikrlari
Insoniyat ijtimoiy taraqqiyoti uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o’z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq holda yuz beradi.
Har bir davlat va jamiyat qurilishi bir-biridan shakl va mazmun jihatdan farq qilib, bu ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o’ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha davlatlar va jamiyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishida umumiylik ham mavjud bo’ladi. Bunday umumiylik real ijtimoiy asoslarga ega bo’lib, u insoniyatning umumiy manfaat va maqsadlarini ifoda qiluvchi g’oyalarda yaqqol ko’rinadi. Xususan, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotdagi umumiylik, mutanosiblik tamoyillari insoniyatni birlashtirish, uyushtirish, jipslashtirish, yagona ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, har bir davlat va jamiyat rivojlanishida umumiylik, mutanosiblik bilan birga o’ziga xoslik ham bor. Bunday o’ziga xoslikning yuzaga kelishiga o’sha davrdagi siyosiy tuzum, iqtisodiy hayot, madaniy turmush, g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’sir ko’rsatadi. «Sodda qilib aytganda, - degan edi Prezident I.Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o’zi o’rtaga qo’yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqozo etadi.
Aytish mumkinki, taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va ularni bartaraf etish yo’lidagi yangi vazifalar demakdir.
Bu - hayot qonuniyati, biz uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz ham yo’q»1.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday jamiyatning u yoki bu davrdagi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti vorislik tamoyiliga ega bo’lsada, biroq u konkretlik xususiyatiga egadir. Konkretlik xususiyati o’z navbatida taraqqiyotning har bir ijtimoiy-siyosiy bosqichining mazmun, mohiyatini belgilab beradi. Boshqacha aytganda, tarixiy taraqqiyotning mavjudlik belgisi uning g’oyaviy-mafkuraviy mazmunida namoyon bo’ladi. SHu nuqtai nazardan, tarixiy taraqqiyot bilan g’oya va mafkuralarning uyg’unligi insoniyat rivojlanishining muhim shartidir. Ayni paytda, har qanday g’oya va mafkura xalq, millatning tub manfaatlari asosidagina real kuchga aylanishi mumkin. «Milliy g’oya haqida ko’p va uzoq fikr yuritish mumkin. U hayotning o’zi kabi cheksiz mavzudir. Milliy g’oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi va uni o’zida ifoda etadi»,2 - deydi Prezident I.Karimov.
Darhaqiqat, milliy manfaatni o’zida ifoda etgan g’oyagina yashovchan bo’ladi va uning moddiy kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi. Masalan, hozirgi sharoitda milliy mafkuramizning asosiy g’oyalari shakllanib bo’lgan. Ular xalqimiz tarixiy taraqqiyoti davomida sinovlardan o’tgan. Ayniqsa, ularning ichida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi kabi asosiy g’oyalar hozir milliy mafkuramizning tayanch g’oyalari hisoblanadi
Ushbu g’oyalar mazmun-mohiyat jihatdan bir-birini to’ldiradigan hamda mantiqan egiz g’oyalar sifatida baholanishi mumkin. SHu o’rinda ta’kidlash lozimki, g’oya va mafkuralar hukmron siyosiy kuchning vaqtinchalik va xato maqsadlarini bajarishga qaratilganda ularning ijtimoiy nufuzi yo’qoladi. Masalan, sovet mustabid tuzumi davrida xalqimiz o’tmishi faqat urushlardan iborat tarix sifatida talqin etildi. Milliy ozodlik harakatlari, erk, Vatan ravnaqi uchun olib borilgan har qanday kurash sinfiy kurash sifatida bayon etildi.
Mustaqillik sharoitida boy o’tmishimiz va milliy madaniyatimiz xolisona, ilmiy asosda o’rganila boshladi, ularga to’g’ri yondoshuv va munosabatlar yuzaga keldi CHunonchi, eron axmoniylariga qarshi SHiroqning, Iskandar Zulqarnaynga qarshi Spetamenning, arab fotihlariga qarshi Abu Muslim va Muqannalarning, mo’g’ul istilosiga qarshi Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy va boshqalarning, ayniqsa adolatparvar, ma’rifatparvar xukmdor Amir Temurning sa’i-harakatlari, shuningdek, Po’latxon, Dukchi eshon qo’zg’olonlari - bularning bari hech qanday «sinfiy kurash»ga aloqasi yo’q edi. Bunday harakatlarni yuzaga keltirgan, unga kuch bag’ishlagan asosiy omil milliy g’oya bo’lib, uning mohiyatini yurt ozodligi, tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi tashkil etardi.
Tarixiy taraqqiyotda mafkuralarning o’rni va ahamiyatini ko’rsatib, Prezidentimiz I.Karimov, mafkura faqat bugun emas, har doim ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog’lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o’z muddaolariga erishishi uchun ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo’lib kelganligini ta’kidlaydi. SHuning uchun milliy mafkuraning ijtimoiy taraqqiyotdagi o’rni va ahamiyatini belgilab olish o’ta muhimdir.
Milliy istiqlol mafkurasi o’z oldiga buyuk maqsad va vazifalarni qo’yib, istiqbol sari muttasil rivojlanib, ilgarilab borayotgan O’zbekistonda yashayotgan barcha xalqlar va millatlarni jipslashtiruvchi, ularning kuch-qudratlarini birlashtirib, yagona maqsadga yo’naltiruvchi kuchdir. Jamiyatda fuqarolarni birlashtiruvchi yagona umumiy g’oya va mafkura bo’lmasa, parokandalik yuzaga keladi. Mafkuraning birlashtirish, uyushtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratilishi ham shundan.
Ma’lumki, g’oyalar milliy, umuminsoniy, mintaqaviy, irqiy, diniy va boshqa turli shakllarda namoyon bo’ladi. SHuningdek, ularning afsona va rivoyatlar vositasida ifoda etilgan mifologik, ilohiy qadriyatlar majmuasi bo’lgan diniy, olamga ilmiy yondashuv asosida vujudga kelgan dunyoviy ko’rinishlari ham bor. G’oyalar tizimida mifologik asosning o’rni kattadir, zero, ibtidoiy hayot davrida mifologiyaga asoslangan diniy-ilohiy qarashlar asosida, totemizm, animizm, fetishizm kabi g’oyaviy tizimlar - mafkura shakllari bo’lgan. Taraqqiyotning keyingi bosqichlarida milliy asosdagi hinduizm, iudaizm, konfusiylik singari diniy mafkuralar shakllangan. YAponlar esa o’zlarining milliy dini - sintoizmni yaratganlar3.
G’oyalar tizimi, ta’kidlash lozimki, o’zgarmas emas. Uning tarkibi dunyodagi hamda u yoki bu mintaqa, davlatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy holatlarga bog’liq holda o’zgarish va yangilanish tamoyiliga amal qiladi. Ayni paytda, g’oyalar tizimidagi ayrim sifatlar muammoning hal etilishi darajasiga muvofiq ba’zan ko’tarilib, keskinlashishi ba’zi hollarda esa, uning hal etilgan muammo sifatida pasayishi yoki tamomila yo’q bo’lishini kuzatish mumkin.
Masalan, irqiy manfaatlarni o’zida aks ettirgan g’oyalar insoniyat tarixida doimo dolzarb bo’lib kelgan. Irqiy kamsitishlar, ularga ijtimoiy-siyosiy imkoniyatlarning berilmasligi, jumladan, qora tanlilarni qul qilib sotish yoki sotib olish bilan bog’liq muammolar doimo bo’lgan. Irqiy cheklashlar bilan bog’liq muammolar XX asrning 60-yillarida o’ta keskinlashdi.
Ammo, dunyodagi erkparvar jamoatchilikning talabi, ayniqsa G’arb mamlakatlari hukumatlarining rasmiy siyosati, demokratik tartiblarning har tomonlama joriy etilishi oqibatida irqiy tafovutlar yo’qola bordi. Qora tanlilarning huquqlari tiklana boshlab, ularning kamsitish o’rniga o’zaro hamkorlik, hamjihatlik g’oyasi shakllandi. Bularning bari hozirgi kunga kelib muayyan irqiy manfaatlarni o’zida ifoda etuvchi g’oyalarning ahamiyatini pasaytira boshladi.
Aynan shunday fikrlarni mintaqaviy manfaatlarni o’zida aks ettiruvchi g’oyalar to’g’risida ham aytish mumkin. Jumladan, jaxon hamjamiyatiga umumiy tahdid solib turgan ayrim konkret holatlarda mintaqaviy manfaatlarni ifoda etuvchi g’oyalarning ta’siri ma’lum darajada pasayishi mumkin. Masalan, ikkinchi jaxon urushi davrida barcha mintaqaviy ahamiyatga molik g’oyalar fashizmni tor-mor etishga qaratilgan g’oyaga bo’ysundirildi. Umuminsoniyatga daxldor g’oyalar ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlarida ustuvor ahamiyat kasb etaveradi. Bu hol, jumladan, XX asrning oxiri, XXI asr boshlarida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Gap shundaki, diniy fundamentalizm, ekstremizm hamda undan kelib chiqadigan xalqaro terrorizm bu davrda ancha avj oldi. Ushbu salbiy holatlar, shubhasiz, jahon hamjamiyatining birlashishiga, yagona maqsad yo’lida imkoniyatlarni jipslashtirishga sabab bo’ldi. Natijada mintaqaviy manfaatlarni himoya etuvchi g’oyalar ijtimoiy rivojlanishning mazkur davrida o’z ustuvorligini ma’lum darajada pasaytirib, umuminsoniy qadriyatlarni himoya etuvchi hamda hududiy cheklanishlarni istisno qiluvchi g’oyalarning dolzarbligi ortdi.
G’oyalar tizimida diniy manfaatlarni o’zida aks ettiruvchi g’oyalar alohida ahamiyatga ega. Bunday g’oyalar ham inson ongi, ruhiyati bilan bevosita bog’liq. Diniy manfaatlarni o’zida ifoda etgan g’oyalar «Tavrot», «Zabur», «Injil», «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda zikr etilgan.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda diniy manfaatlarni o’zida ifoda etuvchi g’oyalarning mazmunan takomillashuv jarayoni yuz berdi. Hozirgi sharoitda diniy manfaatlarning dunyoviy masalalar bilan mantiqiy bog’liqligi yuzaga kelmoqda. I.Karimov din, diniy manfaatlarni himoya etuvchi g’oyalarni eng nozik va murakkab masala sifatida e’tirof etadi. Ayni paytda, u milliy qadriyatlarimizning zamonlar osha bezavol yashab kelishining sababini ularning muqaddas dinimiz bilan mutanosibligida, deb biladi.
SHuningdek, so’nggi paytlarda dunyoviylik va diniylik nisbati xususida ham ko’p gapirilmoqda. Har ikki holatni bir-biriga zid qo’yish esa, ma’lumki, jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni yuzaga keltirishi mumkin. «SHu o’rinda ta’kidlamoqchi edimki, - deydi I.Karimov, - dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da’volaridan farqli o’laroq, aslo daxriylik emas. Biz bunday noto’g’ri va g’arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz»1.
Umuman, xalqlar, millatlar va davlatlar mavjud ekan, ularning borligini anglatib turuvchi g’oyalarning amal qilishi tabiiydir. Insoniyatning taraqqiyoti, uning kelajagi mavjud mintaqaviy, irqiy va diniy manfaatlarni o’zida aks ettiruchi g’oyalarning mutanosibligini ta’minlashga bog’liq. Bunday mutanosiblikning buzilishi esa dunyoda ko’plab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Milliy g’oyalar va mafkuraviy qarashlar har bir davlatning mavjudlik belgisi hisoblanadi. Ayni paytda, ushbu qadriyatlar o’sha davlat va xalqning ijtimoiy mo’ljali hamdir. YAna shu narsaga e’tibor berish lozimki, davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumlari o’zgargan paytlarda g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar ham o’zgaradi. Umuman, g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar, ular tomonidan himoya qilinadigan qadriyatlar har bir davlat va xalqning ijtimoiy taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda, bir ijtimoiy-siyosiy tuzum davridagi g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar boshqa tuzum sharoitida tamomila yangicha mohiyat kasb etsada, ammo, ularning ayrim jihatlari vorislik ahamiyatiga ega bo’ladi. Davlatlarning ijtimoiy-siyosiy tuzumidan qat’iy nazar bu holning mohiyati o’zgarmasdan qolishi mumkin.
Masalan, mustaqillikning dastlabki yillarida milliy mafkurani shakllantirish to’g’risida ko’plab fikrlar bildirildi. Biroq, bu - O’zbekistonda milliy mafkura ilgari mavjud emasdi, degan ma’noni anglatmaydi. CHunki o’zbek xalqining uzoq tarixiy - madaniy rivojlanishi davrida milliy mafkuraning muayyan jihatlari shakllangan edi. Masalan, «Avesto», turkiy bitiklarda, 1X-X11 asrlardagi SHarq O’yg’onish davrida, shuningdek, Amir Temur va temuriylar hamda jadidlar davridagi ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarda milliy mafkuraning ustuvor ko’rinishlari namoyon bo’lgan edi.
Ammo, sovet mustabid tuzumi davrida bu mafkura siyosiy aqidalar iskanjasiga olindi va rasmiy hokimiyat tomonidan rad etildi, uning go’yo reaksion ekanligini «isbotlash»ga harakat qilindi. Mustabid tuzum davrida milliy mafkura siyosiy tazyiqlar ostida bo’lsada yashab qoldi, u yo’qolmadi. Boshqacha aytganda, bu davrda ikki mafkuraviy muhit yuzaga keldi. Birinchisi, rasmiy mafkura bo’lib, u kommunistik dunyoqarashni aks ettirar, ikkinchisi esa, rasmiy hokimiyatning cheklashlariga qaramasdan mavjud edi va norasmiy ravishda o’zbek xalqining milliy qarashlarni tashkil etardi.
Mustaqillik yillarida sovet mustabid tuzumi davrida toptalgan va yo’qotishga mahkum etilgan milliy mafkura tiklana bordi. U mustaqillik, milliy tiklanish g’oyalari asosida yangi sifatlar bilan boyitildi. CHunki, har bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga uning mohiyatidan kelib chiqadigan g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar mos bo’ladi. SHu bilan birga g’oyaviy-mafkuraviy qarashlar vorislik tamoyiliga ega bo’lganligi uchun ham ular yangi mazmun va sifatlar bilan takrorlanishi mumkin.
MILLIY G’OYANING TARIXIY ILDIZLARI.
Har qanday mafkura, milliy g’oya tarixiy, madaniy ma’naviy meros, tarixiy xotira asosida shakllantiriladi va ularga suyanadi. «Milliy g’oya oldiga qo’yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo’lsak, avvalo, uning ikki suyangan togi-tayanchi xakida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruxiyatiga, bir suz bilan aytganada, milliy kadriyatlarimiz, xalkimizninig dunyokarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan ozuqlangan, ularni o’ziga qamrab olgan tarzda YUrt tinchligi, Vatan ravnaki, Xalk manfaatlari va farovonligi yo’lida xizmat qilmog’i darkor»[1].
Milliy g’oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko’rsatuvchi ma’lumotlar yetarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da’vatlar mavjud. Milliy g’oyaning ma’naviy-tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli ta’sir ko’rsatuvchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Milliy g’oyaning tarixiy- ma’naviy ildizlari madaniy – ma’naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g’oya kurtaklari turli tarixiy davrlarda paydo bo’la boshlaganini, mazmuni boyib berganligini anglashga yordam beradi. Milliy g’oya ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, «albatta, har qaysi xalq yoki millatining ma’naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi»1. Milliy g’oyaning oziklantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma’naviyatini yuksalatiradi. Tarixiylik va mantiqiylikni o’zida mujassamlashtirgan «YUksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko’rsatilgan ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar bular - ayni paytda milliy g’oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari xam hisoblanadi[21].
Ma’lumki, milliy o’zlikni anglash milliy g’oyaning o’zak unsuri. O’zlikni anglash bu - tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarining vorisi ekanmizni anglab yetish, shundan kelib chiqib, o’zimizga xos, o’zimizga mos jamiyat barpo etishdir. «Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson»[3]. Demak, milliy g’oya, ma’naviy meros va tarixiy xotira uzviy bog’liq bo’lib, tarixiy ildizlari ham yagonadir. Islom Karimov ana shunday mantiqiy xulosalar chiqarib, shu sohalarni davlat siyosatining ustuvor darajasiga ko’tardi, ularni o’rganish, hayotga qo’llashninig dasturulamal ko’rsatmalarini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |