7-MAVZU: TARIXIY JARAYONDA JAMIYATNING MADANIY VA MA’NAVIY QADRIYATLARI.
JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
111
san’at ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning
asarlarini diqqatga sazovor deb hisoblamagan va shu kabilar. Ayni hol shu bilan izohlanadiki,
ehtiyojlar anglanishi yoki anglanmasligi yoinki noto‘g‘ri anglanishi mumkin. SHu sababli
amalda muhim hodisalar qadriyatlar sifatida idrok etilmasligi, amalda qimmatga ega bo‘lmagan
narsa esa, yanglish tarzda qadriyat sifatida tasavvur qilinishi mumkin.
Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli.
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish
mumkin:
1. Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar. Bu shunday
qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi.
2. Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bu guruhga aksariyat moddiy
va ma’naviy qadriyatlar kiradi. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish,
jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan
qadriyatlardir.
3. Oliy qadriyatlar – bu o‘z ahamiyatiga ko‘ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning
fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz
nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira
olmaydi. Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga
chiqish bilan bog‘liq. Ular individni uning o‘zidan yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan,
uning taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar
odatda umuminsoniy xususiyat kasb etadi.
Insonning o‘zi qadriyat hisoblanadimi, degan savolning ikki tomoni bor 1) inson uchun boshqa
odamning va umuman insonning qimmati nimada? 2) uning o‘z hayotining qimmati nima bilan
o‘lchanadi? Tafsilotlarga berilmay shuni qayd etamizki, bu savollarga javoblar aniq va uzil-kesil
bo‘lishi mumkin emas. Gap shundaki, individning boshqa odamlarga qiziqishi odamlar
qandayligigagina emas, balki uning o‘zi qandayligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunga yana shuni
qo‘shimcha qilish joizki, inson hayotining va insonning qimmati to‘g‘risidagi masalaning
qo‘yilishi tarixiy sharoitlar bilan bevosita bog‘liq. Masalan, O‘rta asrlarda feodal o‘z
krepostnoyini o‘ldirishi jinoyat hisoblanmagan va jazoga tortilmagan. Hozirgi vaqtda har bir
kishining yashash huquqi tan olingan va odam o‘ldirish u yoki bu tarzda jazolanmaydigan
mamlakat mavjud emas. Xullas,inson – alohida, mutlaq qadriyat. Qolgan barcha qadriyatlar
inson manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Har bir shaxs hayotda ma’lum bir maqsadni
ko‘zlab harakat qiladi. Biroq uning maqsadi ma’no va mazmuni jihatdan har xil bo‘lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |