Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/452
Sana31.05.2023
Hajmi15,64 Mb.
#946810
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   452
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
64 
g‘oyaviy omillar (masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, 
rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan g‘oyani ilgari suradilar. 
Nihoyat, rivojlanish to‘g‘risidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot 
nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo bo‘ldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri 
Immanuil Kant
rivojlanish g‘oyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini 
izohlashga tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy 
rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish g‘oyasini 
butun xalqlarning tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi bo‘lib tatbiq 
etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish g‘oyasini ifodalay boshlaydi. 
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur ta’limot 
sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegel ishlab chiqdi. Gegelning 
ulug‘ xizmati shu bo‘ldiki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va ma’naviy dunyoni bir 
jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan 
holda ko‘rsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bog‘lanishini ochib berishga urindi. 
Natijada, insoniyat tarixi insoniyatning o‘zining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va 
endilikda tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil 
bosqichlarini kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini 
isbot etishdan iborat bo‘lib qoldi. 
Gegelning taraqqiyot to‘g‘risidagi bu qarashi dialektika haqidagi falsafiy ta’limotni 
yanada boyitadi. Gegel birinchi bo‘lib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini 
ta’riflab bergan edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan 
turgan dialektika edi. Chunki Gegelning fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy 
kengaytirilishining harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir prinsipdan iboratdirki, bu prinsip 
yolg‘iz o‘zi fanning mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi». 
Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur 
taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bog‘lanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; 
voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy in’ikoslari o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi 
prinsiplar, ularni doimo o‘zgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai 
«o‘z harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga to‘la 
tarixiy taraqqiyot haqidagi ta’limot sifatida maydonga chiqadi. 
Bu dialektika bir butun borliqning eng umumiy aloqadorligi, o‘zgarishi va taraqqiyoti 
to‘g‘risidagi ta’limot sifatida ham moddiy dunyoga, ham uning in’ikosi bo‘lgan inson bilishiga 
xos ta’limotdir. Shunga ko‘ra bu dialektika o‘z ichiga ob’ektiv va sub’ektiv dialektikani oladi. 
Bunda moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bog‘lanishlari, ularning 
harakati, o‘zgarish va rivojlanishlari ob’ektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson 
miyasidagi in’ikosiga xos bo‘lgan bilish jarayonining dialektikasi sub’ektiv dialektika — 
ob’ektiv dialektikaning kishilar miyasidagi in’ikosidir. Demak, ob’ektiv dialektika — bu 
narsalar, buyumlar dialektikasidir; sub’ektiv dialektika esa, ob’ektiv dialektikaning inson 
ongidagi in’ikosi — ya’ni, tafakkur dialektikasidir. 
Ob’ektiv dialektika sub’ektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga 
yangicha yondoshish Gegel dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegel dialektikasiga ko‘ra fikr, 
tafakkur dialektikasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, ya’ni sub’ektiv dialektika 
ob’ektiv dialektikani tug‘diradi. Boshqa faylasuflarning ta’limotiga ko‘ra esa, aksincha, narsalar, 
buyumlar dialektikasi fikr, tafakkur dialektikasini yaratadi. 
Dialektika borliq, ya’ni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va 
rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga to‘g‘ri yo‘nalish berib, dunyoni 
o‘zlashtirish va o‘zgartirish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika 
dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga 
yordam beradi. Chunki ilmiy asoslangan dialektika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki 
hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bog‘liq bo‘lishi va bir-birlari bilan juda 



Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish