Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/452
Sana31.05.2023
Hajmi15,64 Mb.
#946810
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   452
Bog'liq
Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmu

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
53 
bo‘lgan xilma-xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero, vujudi vojibning 
mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq. 
XVII–XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik 
borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan 
belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan.Bundan borliqni 
«naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.Yangi davr va nemis klassik falsafasi davri «substansiya» 
(dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), 
«mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy 
kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. XX asr 
borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini 
o‘ta kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki 
ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab, falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida 
talqin qildi. 
Noklassik borliq. 
Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi, shu ning dek, inson ongining 
mustaqilligiga shubha bildirdi. Pozitivistlar, umuman, ontologiyani yaratishdan bosh tortdilar. 
Irratsionalizm, marksizm va ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson 
tushunchalari rivojlantirildi, ular borliqning noyob usullari sifatida tavsiflandi. Quyida, noklassik 
falsafada, borliqqa munosabatni tahlil qilamiz. 
Borliq va hayot: borliqning irratsionalistik konsepsiyasi. 
Falsafiy irratsionalizm asoschisi 
A.Shopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi tezisga shubha ko‘zi bilan qaraydi. Uning 
fikricha, borliqning o‘zi emas, balki bizning u haqdagi tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero, tasavvur 
– bu inson aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni aqliy 
idrok etish mumkin emas. Shopengauer o‘zining «Dunyo intilish va tasavvur sifatida» deb 
nomlangan bosh falsafiy asarida dunyoning borlig‘ini ikki tarkibiy qismga – «yashashga intilish 
sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish 
haqiqiy borliqdir. Yashashga intilish ko‘r-ko‘rona va nooqilonadir, zero, uning asosiy niyati – o‘z-
o‘zini asrashdir. O‘z-o‘zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo Shopengauer 
romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha narsalariga va umuman, dunyoning 
o‘ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta’riflar va 
tushunchalar tilida ifodalab bo‘lmaydigan o‘ziga xos tabiiy stixiyani ko‘rish imkoniyatini beradi.Fan 
dunyoni umumiy qonunlar va nazariyalar yordamida anglab etishga harakat qiladi. Ammo hayot har 
doim betakror bo‘lib, uni ta’riflar yordamida ifodalash mumkin emas, faqat hayot faoliyati 
mahsullaridagi moddiy ifodalarnigina o‘rganish mumkin. Bu, eng avvalo, ijodga tegishli, kreativ 
faoliyatning barcha turlaridan intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning birinchi moddiy 
ifodasi). So‘zlar va obrazlar hayotga intilishning izlarini ma’lum darajada ko‘zdan yashiradi. 
Shopengauerning izdoshi F.Nitsshe hayotga intilishning mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon 
bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo bu nuqtai nazar haqiqiy borliqning anglab etish mumkin bo‘lmagan 
hodisa sifatidagi talqiniga daxl etmaydi. Nitsshe insonda, eng avvalo, o‘z hayoti uchun kurashishi 
lozim bo‘lgan biologik mavjudotni ko‘radi. Inson o‘z hayot kuchlari va instinktlarini axloqiy taqiqlar 
va jamiyat me’yorlari hukmiga bo‘ysundirish yo‘li bilan kurashdan bo‘yin tovlamasligi kerak. Axloq 
insonni o‘rtacha andozalarga yaqinlashtiradi va uning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘ladi: inson 
xavfsizlik hissini saqlash yo‘lida to‘laqonli, lekin xavfli hayotdan voz kechadi. Bunday qayta 
tug‘ilishning yo‘llaridan biri – Iso Masihning diniy axloqi, ikkinchi yo‘l – Suqrotning ratsionalistik 
axloqi. Ikkala ta’limot ham narigi dunyo g‘oyasiga asoslanadi,ularning ikkalasi ham real hayotning 
qimmatini kamsitishga qaratilgan. 

Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish