18-MAVZU. ESTETIKANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
270
xali shakllanib ulgurmagan, estetik didi risoladagidek darajaga ko'tarilmagan odam mavjud
hayotiy qiyinchilik va tashvishlar qarshisida ojizlik qiladi va natijada yot g'oyalar ta'siriga tushib
qoladi. Ana shunday salbiy holatlarning paydo bo'lmasligi uchun ham san'at o'zini tobora
insonga yaqinlashtirib boradi. Chinakam san'at insonni bu xolatdan qutqarishga qodir bo'lgan
estetik tarbi vositasidir. Shuningdek, shaxsning estetik tarbiyasini san'at vositasida amalga
oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin. Birinchidan, san'at ijtimoiy
anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta'sir
ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san'at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish
jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag'ishlashi bilan birga inson ma'naviy qadriyatlarini
ro'yobga chiqarishda yaqindan yordam ko'rsatadi. San'at o'zining estetik bisotini to'laligicha
namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog'lanadi. Chunonchi, inson
tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti
esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. Ma'lumki, fuqarolarda
yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu
vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham chinakam san'at, adabiyot
va ma'rifat ko'tarishiga shubha yo'q. Shuni aytish lozimki, so'nggi yillarga kelib san'at va
madaniyatga jamiyat hayotini o'zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini
ta'minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat
bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma'rifiy tadbirlar, rang–
barang ko'rik–tanlovlar, san'at bayramlari va festivallarini o'tkazilshi o'z navbatida kishilarni
tayyor ma'naviy «mahsulotning iste'molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi. Shuningdek,
san'atning inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san'at
avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o'zida moddiylik va ma'naviylikning
estetik mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko'rk bag'ishlaydi, ularni qaytadan
tashkil etadi va o'zgartiradi. Ana shunga ko'ra, insonning bilimlilik tomoni san'atning
ko'rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik
tarbiyaviylik hususiyati o'z ifodasini topadi. Demak, ko'rinib turibdiki, san'at voqelikka estetik
munosabatning kengqamrovli sohasi bo'lib, u insonni nafosatli hamda badiiy didini
shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San'atning tarbiyaviy-g'oyaviy funksiyasi
hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo'ladi. Estetik haqiqatning o'zi esa hayotni
badiiy
ijod
qonunlari
bilan
aks
ettirishi
natijasida
vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: