Global muammolarni echishda falsafaning roli
. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda
insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari
darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan.
Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq
odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa, bu muammolarni echish yo‘llarini
izlashga majbur qildi.YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki,
har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish
mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro
bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga
ayrim fanlar qodir emas. Zero, o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global
muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli, u yoki
bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’i nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va
9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
128
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan
falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab
etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan
muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham,
umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari.
O‘zining, o‘z farzandlarining, o‘zi yashayotgan
mamlakatning kelajagi haqida bilishni istamagan odam bo‘lmasa kerak. Shu sababli, qadim
zamonlardan boshlab turli xalqlarda ertangi kunga nazar tashlash, kelajakni bashorat qilish
qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar katta izzat-ikromga sazovor bo‘lgan. Forslar ularni afsungarlar,
bobilliklar va assiriyaliklar – xaldeylar, qadimgi Misr aholisi – kohinlar deb atagan.
Bashoratgo‘ylar qadimgi Yunoniston aholisining hayotida alohida o‘rin egallagan. Kelajakni
bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli ko‘rinishlarda alohida
e’tibor qaratilgan. Tarixning o‘tish davrlarida, keskin ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda
bashoratning ahamiyati ayniqsa, oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul
o‘zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. Yuzaga kelgan sharoitda ijtimoiy bashorat
masalalari o‘ta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb etmoqda, ularni ishlab chiqish esa
falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan
shug‘ullanmagan falsafaning kelajagi yo‘q.
Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, uning asosiy turlarini ko‘rib
chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning
olamshumul muammolar bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan
iborat.
Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning
kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda
potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim.
Bashorat o‘z gnoseologik
tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi
zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa
kelajakka
yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.
Kelajakni oldindan aytish usuli,
teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra
bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin: 1)
mifologik bashorat,1)
kundalik bashorat; 2) intuitiv bashorat; 3) ilmiy bashorat, 4)ijtimoiy basho-
rat.
Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat
qilishdi.
Masalan, Drezden qo‘lyozmalarida ta’kidlanishicha, Mayya qabilalaribashorat
qilishicha, 2012 yil 21 dekabr qiyomat kuni, deb belgilangan. Xususan, qo‘lyozmalarda to‘p
o‘ynayotgan navkarlar ramzi ifodalangan. Olimlar fikricha, to‘p Quyosh ramzi, balandlikdagi
doira Somon yo‘li ramzi muvozanat markazining ifodasi. Navkarlar to‘pni tepib doiraga kiritishi
lozim. Doiraga to‘pni kirita olmagan navkarning boshi olingan. Olimlar, to‘pning doiraga
tushishini qiyomat kuni, ya’ni muvozanatning buzilishi ramzi, deb tahlil qilmoqdalar.
Shuningdek, Mayya qabilalari qo‘lyozmalarida, dunyoviy suv toshqinlari ham obrazlarda
ifodalangan. Darhaqiqat, bundan ikki ming yil ilgari arxaik ong darajasidagi bashorat XX asrdagi
tez-tez takrorlanayotgan zilzilalar, suv toshqinlari, dengiz to‘fonlari va shu kabi boshqa tabiiy
ofatlarda namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bugungi kunda pessimist olimlar qiyomat kuni yaqin,
deb ayyohannos solsalar, optimistlar bu astronomik sikllar almashinuvi xolos, deb bashorat
qilmoqda. Insoniyatni kelajada nima kutmoqda. Bu savolga, inson, o‘z faoliyati maqsadi va
natijalariga ko‘ra javob berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |