MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
329
oddiy Word formatida yaratish mumkin.
Talaba o‘z xohishiga ko‘ra yoki o‘qituvchi topshirig‘i asosida o‘zining turli ijodiy
sohalardagi mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o‘z portfoliosiga joylashtiradi.
Materiallar bir semestr bo‘yicha, o‘quv yili bo‘yicha yoki butun o‘quv yillari bo‘yicha
olinishi mumkin. «Portfolio» yoki undagi alohida ishlar talaba tomonidan oldindan
izohlanadi, ya’ni nima uchun u aynan ushbu faoliyat turini tanladi, bu faoliyat turi bo‘yicha u
qanday natijalarga erishdi yoki erisha olmadi, o‘qituvchining ushbu ish bo‘yicha bergan
bahosidan rozimi, ushbu ish natijalari bo‘yicha qanday xulosalarga ega. Albatta har qanday
bunday ish yo‘l qo‘yilgan xatolarni asosli ravishda tahlil qilishni talab etadi. Uqituvchi
alohida talabaga yoki talabalar guruhiga o‘z fani bo‘yicha shunday «portfolio» yaratishni
taklif qilishi va uning tarkibini ko‘rsatib berishi mumkin. Bunday «portfolio»ning asosiy
maqsadi talabaning o‘z faoliyatini fikrlab, asoslab va aniq dalillar asosida baholash
qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir. Belgilangan vaqt o‘tgach (semestr yoki o‘quv yili)
yoki aniq hajmdagi ishlar tugagach, talabaning xohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha
bo‘yicha talaba o‘z portfoliosini taqdimot qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhda,
keyin esa katta auditoriyada tashkil etish lozim. Agar «portfolio» elektron shaklda yaratilgan
bo‘lsa, talaba o‘z hamkorlariga (talabalarga) yoki o‘qituvchiga o‘z parolini oshkor qilib,
ushbu «portfolio» sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach parolni
o‘zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini baholash uchun o‘qituvchi
maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg‘ulot davrida muhokama qilish mumkin
bo‘ladi. Agar buning uchun alohida vaqt, o‘quv soati ajratilmagan bo‘lsa off-line
telekonferensiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti forumida amalga
oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki o‘qituvchi tomonidan taklif
etilgan bilim sohasi bo‘yicha butun kuchini berganligini, uning o‘z faoliyatiga bergan bahosi
o‘qituvchi va ekspetlar guruhi tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi
zarur. U baholarni qaysi jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishi va o‘zining
kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy munosabatda
ekanliklarini his qilishsa, albatta o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish natijalari bilan
o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o‘z ijodiy mehnati natijalari bo‘yicha
boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu yo‘l bilangina shaxsni kamol toptirish,
o‘stirish mumkin. Agar talabada bunday ishonch bo‘lmasa, ochiq muloqat yuzaga kelmaydi.
Talaba yuqorida ko‘rsatilgan «portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish rivojlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |