Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri.
Oddiy
tasavvurga ko‘ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi ham
qadimiy Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati,
ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va
qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik
manbalarda, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan.
Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan
Bobilda eramizdan oldin 4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq
odamlarning dunyoda ro‘y berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari
va qiziqishlarini, garchi hali sodda va yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy
qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur
asarlaridan biri «Gelgamish haqida doston»da, undagi tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning
inson hayoti va tirikchiligining abadiy manbai ekanligi, Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan
kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-uqibatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashlari
zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida qilingan
hikoyalardan yaqqol bilib olamiz.
«Adona haqida doston»da esa insoniyat hayotida yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan
yovuzlik boylik bilan qashshoqlik bir-biriga tubdan qarama-qarshi va zid ekanligi haqidagi fikrlar
ifodalangan. «Jafokash avliyo haqida doston», «Xo‘jayinning quli bilan suhbati» kabi asarlarda biz
buning yaqqol guvohi bo‘lamiz. Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va
adolatsizlik haqida, ularning sabablari va bartaraf etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki
falsafiy tasavvurlar va g‘oyalar bayon etilgan.
Jamiyat ishlab chiqarishi o‘rtaga qo‘ygan talablar, inson amaliy faoliyati tug‘dirgan ehtiyojlar
asosida Bobilda tabiat hodisalari haqida, ularning mazmunini tushunib olib, ulardan turmushda
foydalanish zarurati, mahsulot va narsalarning miqdorini aniqlash, og‘irligi va uzunligini o‘lchash,
ishchi kuchlarning samarasini belgilash, binolar hajmini topish dalalarning er satxini hisoblab
chiqish zarurati dastlabki arifmetik va geometrik bilimlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu
narsa o‘sha davrlardayoq taqvimning paydo bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya
sohasida ma’lum bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh
Do'stlaringiz bilan baham: |