To’pni savatga tashlash jarayoni: Hakam fikricha, o’yinchi tashlash, yuqoridan tashlash yoki qayta tashlash orqali to’pni savatga tushirishga urinishni boshlagan va bu urinish o’yinchining qo’llaridan to’p chiqib ketgunga qadar davom etayotgan paytda bunday o’yinchi to’pni savatga tashlash jarayonida turgan bo’ladi.
To’pni savatga tashlash: bu to’pni bir yoki ikki qo’l bilan ushlash va keyin uni havo orqali savat tomon yo’naltirish.
To’pni yuqoridan savatga tashlash: bu kuch bilan yoki shunga urinib bir yoki ikki qo’lda to’pni yuqoridan pastga savat ichiga yo’naltirish.
To’pni qayta tashlash: bu to’pni qo’l yoki qo’llar bilan savat tomon yo’nalishda urish.
Do'stlaringiz bilan baham: |