SEMINAR MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar o‘zbek dialektlarining o‘ziga xos xususiyatlari, fonetik, morfologik, leksik-semantik jihatlari va sintaktik qurilishi haqida, o‘zbek dialektlarining tavsifi va tasnifi, transkripsion tahlil metodlari haqida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.
3-seminar mashg‘uloti
Mavzu e’lon qilinadi: O'zbek shevalarining kelishiklar tizimi.
Seminar mashg‘ulot maqsadi va vazifalari: Mavzu bo‘yicha ma’ruzada o‘tilgan mavzuni nazariy hamda amaliy tomondan mustahkamlash, shuningdek qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirib borish. O‘zbek dialektlari va adabiy tildagi o‘xshash va farqli jihatlari yuzasidan bahs-munozara o‘tkazish.
Ta’lim vositalari: doska, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali vositalar.
Ta’lim metodi: savol-javob, “Do’st izlayman” metodi.
Reja:
1. O‘zbek shevalarida kelishik kategoriyasi.
2. Bosh kelishik
3. Qaratqich kelishigi haqida umumiy ma’lumot.
4. Tushum kelishigi haqida umumiy ma’lumot.
5. Jo‘nalish kelishigi.
6. O‘rin-payt kelishigi tahlili.
7. Chiqish kelishigi.
Adabiyotlar.
1.Reshetov V V, Shoabdurahmonov Sh . “O‘zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O‘qituvchi”,1978- yil
2.Mirzayev M M , “O‘zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.
3.Ashirboyev S, “O‘zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/
4.Rajabov N “O‘zbek shevashunosligi” Toshkent, “O‘qituvchi” 1996 yil.
5.Murodova N “O‘zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007 yil
6.Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997 yil.
Tayanch so‘zlar: morfologiya, kelishiklar, bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi, ko‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi.
Turlanish
O‘zbek xalq shevalari adabiy tildan o‘ziga xos morfologik xususiyatlari bilan ham farqlanib turadi. Bu xususiyatlar turlanish (so‘zning kеlishik, egalik, ko‘plik qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi), tuslanish (so‘zning shaxs-son, zamon, mayl qo‘shimchalarini olib ma‘lum bir holatda o‘zgarishi), shuningdеk, yasalish (yangi so‘z yasalishi, forma yasash) va shu kabilarda yaqqol sеziladi.
Albatta, o‘zbek xalq shеvalaridagi turlanishga xos xususiyatlar kеlishik, ko‘plik, egalik qo‘shimchalarining shеvalararo so‘zlarda ma’lum bir tartib va me’yorda qo‘llanishida ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |