Yevropa va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar. Xorazmning Rossiya bilan munosabatlari, o’zaro aloqasi uzoq davrlarga borib taqaladi. Ayniqsa, XIX asrning yarmida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi natijasida bu munosabatlar yanada avj oldi. Ana shu munosabatlar tufayli o’zbek tili, jumladan, uning shevalariga ham rus tili va orqali Yevropa tillaridan ko’plab so’zlar kirib kela boshladi.
Shevalardagi ruscha baynalminal so‘zlar, ko‘pincha, ommaviy axborot vositalari, maktab, maorif orqali o‘zlashgan. Rus tili va u orqali o‘zlashgan so‘zlar o‘zbek tili va uning shevalari lug‘at tarkibiga tobora singib, xalqning kundalik turmushida faol ishlatiladigan eng muhim tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladigan bo‘lib qolgan. Barcha tillardan o‘zlashgan so‘zlarda bolgani kabi rus tili va u orqali kirib kelgan so‘zlarda ham o‘zbek tili va uning shevalariga oid qonuniyatlarga bo‘ysungan, ya’ni fonetik o‘zgarishga uchragan holda talaffuz qilinishi kabi xususiyatlarni saqlagan. Bunday so‘zlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin. Ular barcha sohalarga tegishlidir.
1.Qishloq xo‘jaligiga oid so‘z va atamalar: traqtir (traktor), mashin (mashina), selkä (syelka), piliq (plug), kultivatr (cultivator), torva (truba), suvarka(payvandlash), kolxoz (kolxoz), sapxoz (sapxoz), pamadir (pomidor) kabi.
2. Transport, qurilish, sanoatga doir so’zlar: diyzil (avtobus), dilgram (stolba), mantyor (mantyor), uchotchik (schotchik), ekskavatir (ekskavator), biton (beton), ismin (smena), istalba (stolba), lom (misrang), veranda (teraska), asvalt (asphalt), valasapit (velosiped), istakan (stakan) va hakazo.
3. Madaniyat-maorifga tegishli so’zlar: bibloteka (kutubxona), tiyatr (teatr), konsert (konsert), artis (artist), zvanik (zvanok), qilas (sinf) kabi.
4. Uy-ro’zgor buyumlari, kiyim-kechak va oziq-ovqat nomlari: bolka (buxanka), ishkalad (shokolad), shipaner (shifoner), ishkop (shkaf), svit (svet), pachina (pechene), tomichka (tumbochka), lampichka (lampochka), kastrol (kostryulka), kampit (konfet), platisa (plantensa), jemper (jemfer), vilka (sanchqi), garelka (grelka), misrobka (miyasorubka), tarilka (tarelka), ustar (stol) kabi.
Shevalar lugat tarkibiga kirib kelgan rus tili orqali o‘zlashgan Yevropa tillariga mansub so‘zlar, ko‘pincha grek, latin, nemis, fransuz, ingliz va boshqa tillarga xosdir:
1.Fransuzcha so‘zlar: kaston (kostyum), palton (palto), kabinet (cabinet), triko (triko) kabi.
2. Nemischa so‘zlar: lager, ishtamp, shiypir, kran, partuk kabi.
3. Italyancha so‘zlar: banka, biyzin kabi
4. Inglizcha so‘zlar: vokzal, byudjet, rels kabi
Demak, O‘rta Osiyo ruslar tomonidan istilo qilingandan keyin, rus tili va u orqali kirib kelgan yevropacha so’zlar Shimoliy Xorazm qipchoq shevalariga ham o’zlashgan, bunda maktab va maorif, ommaviy axborot vositalarining roli katta bolgan.
Bunday so‘zlar shevada fonetik jihatdan o‘zgarishga uchragan holda talaffuz qilinib, ko‘pchilik sohalarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |