Seminar mashg‘uloti 7 xalq ertaklari turlari va ulardagi obrazlilik (2 soat) Reja



Download 36,5 Kb.
bet4/5
Sana21.11.2022
Hajmi36,5 Kb.
#869361
1   2   3   4   5
Bog'liq
SEMINAR 7 Xalq ertaklari turlari va ulardagi obrazlilik

3. Hayotiy-maishiy ertaklar. Maishiy ertaklar mazmun jihatdan hayvonlar, sehrli ertaklardan bevosita hayotiy voqyea-hodisalar haqida hikoya qilishi bilan farqlanadi. To‘g‘ri, bu turdagi ertaklarda sehrli-fantastik belgilarning mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo umumiy ifoda chegarasi maishiy ertaklarda ancha cheklangan. Chunki ularda xalq, avvalo, oddiy odamlar qo‘lidan keladigan ishlar yuzasidan fikr yuritadi. Bevosita real hayot, turmushda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqyealar asos qilib olingani uchun ham bunday asarlar turkumiga maishiy ertaklar atamasi berilgan. Ularda haqiqiy hayotdagi inson – millat vakili (xoh ijobiy, xoh salbiy bo‘lsin), uning imkoniyati darajasidagi jismoniy kuchi, ilmi, aqliga voqyealar zaminida tavsif beriladi. Aksariyat hollarda asar qahramonlarining ismlari ham qayd etilmaydi. Chol, kampir, bir odam, o‘g‘il, qiz, kambag‘al kabi nomli insonlar mazkur ertaklarning qahramonlari bo‘lib kelaveradi. Bu bilan dono xalq ertakda bevosita tinglovchi aholining har biri asar qahramoni ekanini ta'kidlagan bo‘lishi mumkin.
Hayotiy ertaklarda to‘g‘rilik va egrilik, mehnatsevarlik va dangasalik, poklik va nopoklik, mardlik va xiyonat doimiy ravishda qarama-qarshi qo‘yiladi. Xalq ertak davomida kichik, e'tiborga arzimaydigan unsurlardan ustalik bilan foydalanadi, vaziyat yechimini ular orqali hal qiladi.
Xalq ertaklari badiiy so‘z san'atining go‘zal namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega. «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir och ekan, bir to‘q ekan...» jumlasidan boshlanar ekan, ertak «murod-maqsadiga yetibdi» degan yakungacha tinglovchi diqqati voqyealarga to‘liq ravishda jalb etiladi. Undan keyin nima bo‘ladi, bu hodisa qanday tugaydi, degan savollar tinglovchi xayolini band etib turadi. Ertaklarning yashovchanligiga sabab ham ularning badiiy mukammalligi bilan belgilanadi. Mazmun jihatdan hayotning turli masalalari ertaklar tematik diapazonini ta'minlaydi. Ertaklarda xalq milliy tiliga mansub so‘zlardan o‘rnida foydalanish seziladi. Aytuvchi o‘z hikoyasini sodda gaplardan tuzilgan aniq fikrlar vositasida davom ettiradi. Bu janrga mansub asarlarda, albatta, qizlar o‘n to‘rt kunlik oydan go‘zal, yigitlar mard, qilichlar keskir, dasturxonlar ochiluvchan, xumlar qaynama xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Ertaklarda juda boy va turli-turli o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘alar majmuasiga duch kelamiz. Shuning uchun ham og‘zaki ijodimiz tarkibidagi bu asarlar haqiqiy ma'noda qadriyatlar namunasi, madaniy merosimizning noyob gavhar – injulari darajasida e'zozlanadi.



Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish