Seminar mashg`ulot mavzusi Nutq madaniyati va notiqlik san'ati r e j a



Download 24,53 Kb.
bet2/3
Sana15.12.2022
Hajmi24,53 Kb.
#886782
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu

Afina (yunon) ritorikasi.
Protagor (e.a 481-411) – antik dunyoning mashhur faylasuf va sofist-ritori. Qirq yildan ko’proq ritorlik qilgan, notiqlik maktabi ochgan. Jahon tarixida birinchi bo’lib nutqni tasnif qilgan. Nutqni to’rt toifaga ajratgan: iltimos, savol, javob, buyruq. Protagor shogirdlarini yaxshi so’zlay olish san’atiga o’rgatgan. Katta bilim bilangina notiqlik san’atida yuksaklikka erishish mumkin, deb hisoblagan. Ortoepiyaga (fikrni grammatik jihatdan aniq ifodalash haqidagi bilim) alohida e’gibor bergan.
Prodik (e.a.V asr) ritor sifatida sinonimlar haqidagi ta’limoti bilan tanilgan, ma’nodosh so’zlarni yonma-yon ishlatish va bu uslubdan keng foydalanishning ustasi bo’lgan.
Korak (e.a.466) notiqlik san’atiga ishontirish san’ati deb qaragan va shu fandan dars bergan. Jahon notiqligi tarixida birinchi marta qo’llanma yaratgan.
Perikl (e.a.500-429) – davlat arbobi, harbiy qo’mondon. Donishmand notiq, yuksak mahoratga ega ekanligiga qaramay, puxta tayyorgarlik ko’rmaguncha minbarga chiqmagan.
U nutqida qo’llanadigan fakt va hujjat, misol va dalillarni shunday joylashtirganki, natijala uning nutqini eshitgan tinglovchida notiq pozisiyasining to’g’riligiga hyech qanday shak-shubha qolmagan. U iloji boricha fikrini obrazli ifodalashga harakat qilgan. Minbarda mag’rur va xotirjam turgan. Kulmagan, kuldirishga ham harakat qilmagan, qo’lini harakatlantirmagan.
Kleon – Perikldan keyingi mashhur notiq. Munozara bobida kuchli bo’lgan. So’zi o’tkir va fantaziyasi kuchli bo’lgan.
Demosfen (e.a.384-322) – davlat arbobi va yirik notiq. Falsafani Platondan, notiqlik asoslarini Isokratdan o’rgangan. Isey to’rt yil davomida faqat Demosfen bilan shug’ullangan. Demosfen birinchi marta xalq majlisida so’zga chiqqanda uni kalaka qilib minbardan tushirib yuborgan. Keyin yertulada mashq qilishni boshlagan. boshini mag’rur tutishni, talaffuzni, nafasni ushlab turishni, yelkasini to’g’ri tutishni, mimika bilan so’zlay olishni o’rgangan, oynadan foydalangan.
Rim ritorikasi.
E.a.II asrda ijtimoiy-siyosiy keskinliklar tufayli notiqlik ham rivojlangan. Vakillari: Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Siseronlar.
Mark Antoniy (e.a.143-87) – davlat arbobi va yirik notiq. Ekspromat tarzida nutq so’zlagan. Tinglovchini hayajonlantirish. «Tarixning birinchi qonuni – har qanday holatda ham yolg’on aralashtirmaslik, qiziqqonlikdan ham qahru g’azabdan ham biror nishona bo’lmasligi kerak». «Mening nutq uslubim va uni talqin etish mahorati uchta asosga tayanadi: birinchisi – tinglovchilarni jalb etish, ikkinchisi – o’tkirlikni, uchinchisi – qudratni».
Siseron (e.a.106-43) – sud notiqligida shuhrat qozongan. Aristokratlarni himoya qilgan, demokratik guruhlarning ashaddiy dushmani bo’lgan. Asarlari: «Notiq haqida», «Brut yoki mashhur notiqlar haqida», «Notiq».
Siseron: «Har qanday notiqning asosiy maqsdi – tinglovchining zavqini uyg’otib, o’ziga moyil qilishdan iborat». «Kishi shoir bo’lib tug’iladi, ammo notiq bo’lib yetishadi» Nutqlarida balandparvoz so’z va jumlalar, iboralar ko’p uchragan, ulug’vor uslubga moyil bo’lgan, artistizmdan foydalangan (tahdid solish, yig’lash, xo’rsinish). Matnning ravonligi, go’zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan.
Siseron nutq kompozisiyasini ishlab chiqqan. Jumladan: -nutqning kirish qismi; -ishning mohiyatini ochish; -keyingi qismlarning rejasi; -asosiy qism (dalillar); -oxirgi qism, ya’ni nutq davomidagi asosiy masalalarni qisqa-qisqa eslatib o’tish va yakun yasash; -xulosa.



Download 24,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish