Семинар машғулот топшириқларMilliy ozodlik harakatlari
BOBUR UZB TARIX
Мавзу доирасида саволларга жавоб беринг? Тошкент шаҳари маъмурий тузилиши қандай бўлган? Тошкент шаҳрида саноатнинг пайдо бўлиши ҳақида нималар дея оласиз? XX asr boshida Toshkent “yangi” qismi nafaqatgina Sirdaryo viloyatining balki Turkiston o‘lkasining yirik sanoat markaziga aylandi. 1911 yilga oid ma’lumotlar shundan darak beradi. Ma’lumotlar paxta tozalash zavodlari (3 192 166 rubl), shuningdek aroq (1 113 853 r.), pivo (608 560 r.) zavodlari, bosmaxona va litografiya (310 ming r.), cho‘yan quyish korxonasi (30 ming r.) mahsulotlari muntazam o‘sganligidan dalolat beradi. Poyafzal, ichki va tashqi kiyimlar fabrikasi (1 142 ming r.), sholi oshlash zavodi (450 ming r.), tegirmonlar (230 ming r.), qandolat va konfet fabrikalar (350 ming r.) mahsulot ishlab chiqarishni ancha kengaytirdi. Ishchilar miqdori bo‘yicha birinchi o‘rinni poyafzal, ichki va tashqi kiyimlar fabrikasi (700 odam), ikkinchi o‘rinni paxta tozalash zavodi (357), uchinchi o‘rinni esa bosmaxona va litografiya (290 odam) egallaydi. Umumiy miqdor sanoat korxonalarida 3369 ishchi ish bilan band bo‘lgan. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu davrda sanoatning qator tarmoqlari muntazam ravishda ishlamagan. V.V. Zaorskaya va K.A. Aleksandr ma’lumotlariga ko‘ra 1913 yilda viloyatning 252 sanoat korxonalaridan 183 tasi ishlagan, ular tarmoqlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: 46 % – paxta tozalash zavodlari, 8 % – tegirmonlar, 6 % – pivo zavodlari, 2 % – charm zavodlari, 2 % – bosmaxona va korxonalar va 1 % – qolganlariga to‘g‘ri kelgan. Viloyatdagi barcha zavodlar mahsulotlarining qiymati 23 623 740 rublni tashkil etgan, shulardan 21 448 968 rubl, yoki 90 %ini Toshkent uyezdi bergan, shundan Toshkent shahri ulushiga 14 555 459 rubl, yoki Toshkent uyezdi zavod va fabrikalarida tayyorlangan mahsulot umumiy qiymatini 69 %i to‘g‘ri kelgan. Tadqiqot mualliflari eslatgan 183 sanoat korxonalaridan 127 tasi Toshkent uyezdida, 111 tasi Toshkent shahrida, asosan uning «yangi» qismida joylashgan. Тошкент шаҳрида бошқарув тизими қандай бўлган? 1865 yilda chor hukumati Turkiston o‘lkasidagi bosib olingan yerlarda «Dasht komissiyasi»ni tuzdi. Ushbu komissiyaning vazifasi o‘lkadagi sharoitni o‘rganish va uni qanday boshqarish kerakligi xaqida nizom tuzish uchun material to‘plashdan iborat edi. Bu komissiya ish jarayonida bosib olingan yerlardan quyidagi qoidalarga asosan foydalanishni belgilab berdi: 1. Harbiy va fuqaro xokimiyatini bir qo‘lda to‘plagan xolda o‘lkani boshqarish; 2. Siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan barcha ichki ishlarni boshqarishni, yerli aholining xulq-atvori va urf-odatini hisobga olib, mahalliy aholi qo‘liga topshirish; 3. Mahalliy boshqarmada, uning qonun va urf-odatlarida mavjud bo‘lgan davlat manfaatlariga ziyon yetkazuvchi barcha narsalarni butunlay tugatish; 4. Imkoniyati boricha sudni ma’muriyatdan batamom ajratib qo‘yish; Mazkur komissiya tomonidan ishlab chiqilgan «Nizom» loyixasi qonuniy tasdiqlanmadi. Shaharning «yangi» qismining qurilishi va rivojlanishi shahar ma’muriyati faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. 1866 yilda tashkil etilgan shahar qo‘mitasi asosan uy qurish uchun yer ajratish va buning evaziga pul undirish bilan shug‘ullanardi. Shaharning obodonchiligi uchun sug‘orish ahamiyati kattaligini hisobga olib Toshkent “yangi” qismida ariqlarni va suvni to‘g‘ri taqsimlashni boshqarib boruvchi ariq qo‘mitasi tuzilgan edi. Ushbu ikki qo‘mita bir-biriga bo‘ysunmagan holda faoliyat ko‘rsatgan. Ularda hech qanaqangi qoida va yo‘riqnoma bo‘lmay, bu shahar xo‘jaligini boshqarishni qiyinlashtirgan. 1867 yili Turkiston general-gubernatorligi e’lon qilingach, uning birinchi gubernatori qilib K.P.Kaufman tayinlandi. General-gubernatorning vakolati cheksiz bo‘lib, u agarda mahalliy boshqarma va uning urf-odatlarida davlat manfaatiga qarshi biror zararli holat ma’lum bo‘lsa, ularni bekor qilish xuquqiga ega edi. Butun Turkiston o‘lkasi hududidagi harbiy va fuqaro hokimiyati general-gubernator va viloyatlarning harbiy gubernatorlari qo‘lida edi. Rus hukumati o‘lkada joriy etmoqchi bo‘lgan boshqarma apparati mahalliy aholining xar qanday ozodlik uchun ko‘targan xarakatlarini bostirishi va mustamlakachilik siyosatini mustaxkamlash uchun xizmat qilishi darkor edi. Россия империяси ҳукмронлиги даврида маҳаллий бошқарув қандай йўлга қўйилган эди? Россия империясининг ўлкадаги суд тизими ҳақида ёритиб беринg Qozilarning ish jarayoni qanday holda olib borilgan? Sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa, qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning arzini, guvohlarning ko‘rsatmalarini tinglagan, so‘ng qaror chiqargan va bu qaror mahalliy hokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Kim bilimdon, adolatli va xalq orasida hurmat qozongan kishi bo‘lgan? Qozi. Qozilarga qanday majburiyat yuklangan? O‘zlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va ularga nisbatan beg‘araz bo‘lishi, ulardan pul, sovg‘a, har xil xizmatlarni qabul qilmasligi lozim. Podsho hukumati tomonidan Turkistonda sud tizimida dastlab qanday o‘zgarish yuz bergan? Qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi tenglashtirilgan. Podsho hukumati Turkistonda dastlab mustamlaka tizimini o‘rnatgach sud tizimida nimani saqlab qolgan? Tub joy aholining diniy e’tiqodiga mos ravishda amal qilingan shariat qoidalariga asoslangan qozilik va ko‘chmanchi tarzda hayot kechiruvchi aholining urf-odatlariga asoslangan biy sudlarini. Podsho hukumati Turkistonda mustamlaka tizimi o‘rnatilgach qanday sudlar faoliyati cheklanib, ular ustidan kuchli nazorat o‘rnatilgan? Milliy va diniy tartiblarga asoslangan sud tizimi. Sud tizimida amalga oshirilgan siyosatda qozi va biy sudlari oxir-oqibat tugatilishi hamda ungacha qanday sud ishlarini ko‘rib turishi maqsad qilib olingan edi? Oilaviy mojarolar, kishilar o‘rtasida janjal va kelishmovchiliklarni. Полиция ташкилотлари ҳақида нималарни биласиз? Россия империясининг ўлкада солиқ тизими қандай бўлган? Turkistonda Rossiya imperiyasi tomonidan yer egaligining musulmon yaʼni shariat tizimini isloh qilish yo‘lida olib borgan islohotlar ichida, birinchi navbatda, yangi tizimning asosiy muxoliflari — yirik yer egalari va musulmon ruhoniylari boshqaruvining zaiflashuviga olib kelgan fon Kaufman tomonidan amalga oshirilgan yer islohotini hisoblash mumkin. 1869 yil oktyabr oyida fon Kaufman tomonidan tuzilgan, general-mayor Gomzin boshchiligidagi rus maʼmuriyati vakillaridan tashqari va mahalliy hokimiyat vakillaridan iborat komissiya mahalliy yerdan foydalanish tizimi bo‘yicha ko‘plab amaldagi haqiqiy materiallarni umumlashtirgan. Komissiya aʼzolari maslahat so‘rab bir necha marta Toshkent qozilariga murojaat qilishgan. Komissiya aʼzolari islom qonunchiligi mutaxassislariga quyidagi asosiy savollar bilan murojaat qilganlar: «1. Yerga kim egalik qiladi? 2. Mulki hur nima degani? 3. Mulki xayri hur nima degani? 4. Vaqf nimani anglatadi? 5. Yerlarga har bir shaxs alohida-alohida egalik qiladimi yoki jamo egalik qiladimi? 6. Egalik qilishganda, har bir yer egasiga tegishli hisoblanadimi? 7. Odat bo‘yichami yoki shariat bo‘yichami yerga egalik qiladilar?»1 Yerdan foydalanish musulmon tizimi masalasini o‘rganib chiqib komissiya aʼzolari quyidagi xulosaga keldilar: mamlakatdagi barcha yer shariat bo‘yicha davlat mulki hisoblanadi. Turkistonda yerga egalik qilish masalalarini o‘rganishda Gomzin komissiyasi mahalliy aholi tomonidan yerdan foydalanishning ikki turini aniqladi: 1) uy-tomorqa xo‘jaliklari va 2) jamoaga qarashli. Tomorqa, hovli-joy yerlar va bog‘lar hududiy huquqqa ega bo‘lgan. Baʼzi joylarda bu huquqqa beda va guruch o‘stirilgan yerlar ham ega bo‘lgan2. Boshqa barcha yerlar qishloq jamoalarining jamoa huquqiga mansub bo‘lgan. Туркистонда мустамлака “ҳарбий-ҳалқ бошқаруви” нимани англатади? Harbiy xalq boshqaruvi – mustamlaka davri Toshkentdagi boshqaruv tizimi. 1868 yil 27 fevralda Toshkentning “Yangi shahar” qismida harbiy xalq boshqaruvi tuzilib, statistik maslahatchi Rossiskiy uning boshlig‘i etib tayinlangan. Ushbu boshqarmaning dastlabki qaroriga ko‘ra, Toshkentning «Yangi shahar» qismida reja tuzish, uylar qurilishi, ko‘cha va maydonlar barpo etish, soliqlarni tartibga solish, daromad va xarajatlar smetasini tuzish, irrigatsiya tizimi va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Туркистонда суд амалиётининг қонуний тартиби бузилган ҳолда қандай чоралар кўрилганлиги ҳақида нималар дея оласиз? Россия империясининг Туркистондаги кўчирувчилик сиёсати ва унинг мустамлака бошқарув тизимини мустаҳкамладаги ўрни ҳақида ўз фикрингизни баён этинг? Rossiya imperiyasi hukumati xuddi Samara yoki Orenburg guberniyalari singari o`zining ajralmas bir qismiga aylanishi shart bo`lgan "Yangi Turkiston"ning ulkan loyihasini rejalashtirgan edi. Shuning uchun ham 1886-yildagi "Nizom"da rus manzilgohlari qurishga alohida e'tibor qaratilgandi. 295-moddada aytilishicha, hukumat tasarrufida qolayotgan bo`sh turgan davlat yerlariga "ularga rus aholisini joylashtirishda muhim ahamiyatga" ega bo`lgan. o`lkaning ular kelib joylashishi mumkin bo`lgan joylarini belgilab berish esa general-gubernator ixtiyorida qoldirilgan edi. "Nizom"da Turkiston o`lkasiga ko`chib kelishi uchun faqat Rossiyaning nasroniy diniga mansub qishloq aholisiga ruxsat berilishi alohida ta'kidlangan edi. Ko`chib kelgan aholi 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, yana 5 yil davomida soliqlarning yarmini to`lagan. Rossiyadan ko`chib kelganlar qishloq aholisi bo`lib, ular 100 oiladan qilib joylashtirilar va ma'muriyat shu yerda maktablar va cherkovlar qurishga mablag` ajratar edi. Turkiston harbiy okrugining zaxiraga bo`shatilgan yoki isteToga chiqqan askarlari Turkiston o`lkasida yashab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin edi. Uy qurish uchun ularga 100 rubl miqdorida nafaqa berilar edi. Ana shu imtiyozlar va imkoniyatlar Rossiyadan dehqonlarning ulkan oqimi kelishiga sabab bo`ldi. Kelganlar hammasi sug`orma maydonlardan yer olishni istardi. o`lkada yerga ehtiyoj keskin ortib ketdi. Mahalliy aholining yerlarini egallab olib, ularni o`z jonajon yerlaridan siqib chiqara boshlashdi. 1875-yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi tashkil etilgan edi. 1875—1890-yillarda 19 ta qishloqni tashkil etgan 13 ming oila Turkiston o`lkasiga ko`chib kelib, o`rnashdi. Faqat 1891—1892-yillardagina ko`chib kelganlarning 25 ta manzilgohi vujudga keldi. Bundan tashqari, 300 ming rus xo`jaliklari tuzishga mo`ljallangan sug`orma maydoni 3 million desyatinaga teng sug`orma yerlarni mustamlakaga aylantirish to`g`risida dastur ham rejalashtirilgan edi. 500—600 desyatina yerga ega yirik xo`jaliklar tuzildi. Endi ayrim ko`chib kelgan shaxslar emas, balki yirik korxonalar ham daromad olish maqsadida o`lkadan yerlarni sotib ola boshladi. Yer uchun asoratga soluvchi ijara shartlari joriy etilib, paxtaga pasaytirilgan va oziq-ovqatga oshirilgan narxlar belgilandi. Bularning bari mahalliy aholi turmushida og`ir asorat qoldirdi va norozilik tuyg`ularini uyg`otdi. XIX асрнинг охирларида ўлкада миллий ва мустамлака зулмнинг кучайиши нималарда акс этган? Turkistonning bosib olinishi burjuaziyasi manfaatlariga to`la mos kelar edi. Rossiya O`rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini avj oldirish uchun avvalo temir yo`l qurilishiga kirishildi. U Qizil – Arvot va Ashxobod orqali 1888 y. 15 mayda Samarqandga yetib keldi. 1889 y. Maridan Kushkagacha, 1899 yili Toshkent va Andijongacha temir yo`l o`tdi. 1900 – 1905 yillarda Toshkent – Orenburga temir yo`li qurildi. Natijada o`lkadan ko`plab xom – ashyo, tabiiy boyliklarni tashib ketish imkoniyati kengaydi. Masalan, Buxorodan chetga sotilgan paxta 1850 – 60 yillarda qariyb 50000 pudni tashkil qilgan bo`lsa, 1915 yilga kelib 2 mln pudga, qora ko`l teri 30 – 40 ming donadan, 1,5 mln donaga yetdi. Qishloq xo`jaligida ham katta o`zgarishlar yuz berdi. Sug`oriladigan maydonlar kengaydi, qishloq xo`jalik mahsulotlari ko`paydi. Ayniqsa paxtachilikning rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Amerikadan paxtaning yangi navlari keltirilib katta maydonlarga ekila boshlandi va u boshqa qishloq xo`jalik ekinlarini tobora siqib chiqara boshladi. Natijada Rossiya Turkistonda paxtachilikni rivojlanishi xisobiga chet el paxtasiga to`layotgan bojidan qutildi. 1879 – 1898 yillarda 203 mln so`m davlat xazinasida qoldi. Shu yillar Turkistonda Rossiyaga 26 mln pud tola olib ketildi. Amerikadan keltirilayotgan paxtaga nisbatan Turkiston paxtasining 60 mln so`m foyda olindi. Rossiyaga paxta tashib ketish 5 mln puddan 18 ming pudga yetdi. Agar 1900 yilda Rossiyaning paxtaga bo`lgan ehtiyojining 32,6 foizi Turkiston hisobiga qoplangan bo`lsa, 1918 yilda bu ko`rsatgich 55 foizni tashkil qildi. Turkiston xalqlari risqini ham enidan, ham bo`yidan qirqish rejasining yana bir bosqichi ularga Rossiya aholisini ko`chirish orqali amalga oshirildi. 1910 Turkistonda (Sirdaryo, Samarqand va Farg`ona viloyatlarida) dastlabki 124 ta rus posyolkalari vujudga kelib, ularda 70 ming kishi yashagan (shaharlardagi ruslar bilan 200 ming kishi). Ko`chib kelganlarning 36,6 foizi mol – mulksiz, 61 foizi esa mutlaqo pulsiz bo`lib, mahalliy aholidan unumdor yerlarni tortib olingan olib berilgach, asta – sekin boyib ketishdi. Masalan, Yettisuv aholisi qozoq va qirg`izlar bo`lib, ulardan ko`chirib kelinganlar foydasiga 2 mln desyatina yer tortib olindi. Bu yerda milliy munosabatlar keskinlasha boshladi. Yettisuvda kazaklar 30000 kishidan ortiq bo`lib, ularning qo`lida 610000 desyatinadan ortiq yer bor edi. qazaklar tortib olib yerlarining katta qismini qozoq va qirg`izlarga ijara berar, ularni ayovsiz eksplutatsiya qilar edi. Download 1,15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |