Bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari) mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan
mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahami-yat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‘otish, milliy qad-riyatlarni hurmat qilish va e’zozlash, ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash, oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy qadriyatlarning mil-latlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‘zaro qarama-qarshi emasligini anglatish, ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlovchi dalillar kel-tirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‘lom dunyoqarashning mu-him omili ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish bu boardagi zarur bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Adabiyot va san’at. Bu sohada ijod ahlining g‘oyaviy-badiiy salohiyatini komil inson tarbiyasiga yo‘naltirish ustuvor yo‘nalish bo‘lishi darkor.
Ijodkorlarni murakkab va shonli tariximizning yorqin sahifalarini, bugungi hayot voqeligini, olijanob orzu-umidlarimizni aks ettiradigan adabiyot, kino, musiqa va tasviriy san’at asarlarini yaratishga har tomonlama rag‘batlantirish. yoshlarga ibrat bo‘ladigan barkamol insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini barpo etish.
Milliy g‘oyani tarannum etishga, istiqlol mafkurasiga zid g‘oyalarning zararli mohiyatini ochib berishga ayniqsa e’tiborni kuchaytirish zarur. Hayot va ijoddagi mahdudlik hamda fikr qashshoqligiga qarshi kurashish, bahs-munozara, tanqid va tahlillar orqali mafkura muhitining sog‘lom bo‘lishiga erishish.
Din. Eng nozik va murakkab bo‘lgan bu sohada, avvalo, din ma’naviyat va madaniyatning ustunlaridan biri ekanini, barcha zamonlarda milliy g‘oya va mafkura diniy qarashlar bilan uyg‘un rivojlanishini nazarda tutish lozim. Din o‘z mohiyatiga ko‘ra, poklik, mehr-oqibat kabi ezgu tuyg‘ular orqali milliy istiqlol mafkurasining g‘oyalarini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdiradi. Muqaddas dinimiz sog‘lom va mo‘tadil munosabatni shakllantirish - bu boradagi eng muhim mafkuraviy vazifadir.
Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Jamiyat taraqqiyotining asosi, - degan edi, - uni muqarrar halokatdan qut-qarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir»61. «Tarix - xalq ma’naviyatining asosidir».
Qadrlar tayyorlash milliy dasturida «Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar»ga alohida e’tibor berilgan. yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi62. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi.
Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog‘liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o‘quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq qarashlari mumkin emas. yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‘ylash, ko‘ra bilish ustivor ahamiyatga ega.
Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yo‘nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an’analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma’no bor. U shunday deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‘zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |