Sement maydaligining mustahkamlikka ta’siri
-
Solishtirma yuzi m2/kg
|
Siqilishdagi mustahkamlik, MPa
|
1 kundan keyin
|
3 kundan keyin
|
28 kundan keyin
|
6 oydan keyin
|
12 oydan keyin
|
188
|
8,4
|
26
|
53
|
52
|
69
|
210
|
14,5
|
28
|
40
|
60
|
72
|
300
|
14,7
|
34
|
57
|
61
|
72
|
400
|
21,5
|
46
|
59
|
61
|
69
|
500
|
28
|
40
|
54
|
60
|
74
|
Portlandsement gidravlik bog'lovchi moddalarning bir turidir. Bu bog'lovchi moddalar qatoriga yana qumtuproqli sement, pussolan sement, toshqolli sement, mikroto'ldiruvchi sement, kengayuvchi sement kabi gidravlik bog'lovchilar kiradi. Bu bog'lovchi moddalar yana bir qancha ko'rinishlarga ham ega. Masalan, portlandsement tarkibiga ko'ra: oddiy, alitli, belitli, alyuminatli, aiyumoferritli, ferritli; xossasi va ishlatiJishiga ko'ra: oddiy, tez qotuvchan, maxsus tez qotuvchan, plastifikatsiyalangan, gidrofob, sulfatli suvlarga chidamli, o'rtacha ekzotermiyali, tamponaj, oq va rangli xillarga bo'linadi.
Kislotaga chidamli sementlar tarkibi
Kukun to’ldirgichning turlari
|
Sement miqdori, %
|
Bog’lovchi suyuq shisha
|
Kukun to’ldirgich
|
Kremniy ftorid
|
Modul
|
Solishtirma og’irlik, kg/m2
|
Miqdori, %
(kukun to’ldirgichga nisbatan)
|
Diabazil
Kvarsli
Marshalitli
Artik tufi
|
95
96
94
96
|
5
4
6
4
|
2,25
3,5
2,6
2,8
|
1500
1300
1450
1380
|
34
33
36
35
|
Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba'zi hollarda esa maxsus qo'shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bo'lgan gidravlik bog'lovchi modda portlandsement deb ataladi (bu nom Angliyaning ushbu sement birinchi marta ishlab chiqarilgan Portland shahri nomidan olingan).
Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar ko'p bo'ladi (70-80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bo'laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan mahsulotning xomashyo aralashmasini to’la eritish yo'li bilan ham olish mumkin. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada o'zgarib turadi. Portlandsement klinker ishlab chiqarish uchun xomashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar)dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid - SiO2, A12O3 va Fe2O3 bor. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid - CaO va CO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO2 gazi ajraladi; CaO, SiO2, AI2O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi. Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda, sement sifatiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatuvchi oksidlar ham boiishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sulfat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandsement tarkibidagi asosiy va qo'shimcha oksidlar miqdori quyidagicha bo`ladi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |