Sema (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Mas, "atrof" leksemasining maʼnosi (sememasi) "hamma" va "tomon" S.laridan iborat. Yoki "daraxt" leksemasining sememasi "predmet", "oʻsimlik", "erda oʻsuvchi", "tanali", "ildizli", "shoxli", "bargli" va boshqa S.lardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi S.lar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differensial) S. Umumiy S. — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema Mas, aka, opa, singil kabilardagi "qarindoshlik" Sema Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabilardagi "harakat" Sema Farqlovchi S. — koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka soʻzlari kattakichiklik S.si bilan, opa, aka soʻzlari esa jins S.si bilan farqlanadi.[1]
Semaning mohiyatiga ko‘ra turlari. Semema tarkibidagi
semalar turlarga ega. U mohiyatiga ko‘ra dastlab uchga bo‘linadi:
1) atash semasi (denotativ sema);
2) ifoda semasi (konnotativ sema);
3) vazifa semasi (funksional sema).
Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‘zlovchining
munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning lison va nutqdagi
roli, vazifasi bilan bog‘liq.
Atash semasi leksema mazmunidagi harakat-holat, narsa-
predmet, miqdor, belgini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq,
tushuncha va sememani bir-biriga bog‘lab turadi. Masalan, aka
leksemasining yuqorida sanalgan barcha semalari – atash semasi.
Bir xil yoki o‘xshash tushunchani ifodalaganligi sababli
leksemada ko‘p holda atash semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, yaxshi,
tuzuk, durust, ajoyib yoki yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet
ma’nodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir
xil. Yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib leksemalarining atash semalari
quyidagilar: 1) “belgi”; 2) “barqaror belgi”; 3) “sifat belgisi”; 4)
“shaxsiy baho”; 5) “ijobiy”; 6) “ichki-tashqi”. Shu bilan birgalikda,
bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo‘lib,
ular tuzuk leksemasida “me’yordan bir pog‘ona past”, yaxshi
leksemasida “me’yorda”, ajoyib leksemasida “me’yordan bir
pog‘ona yuqori” semalaridir. Yuz, chehra, oraz, turq, aft, bet
leksemalarida esa: 1) “inson boshi old tomoniga xos”; 2)
“peshonadan iyakkacha bo‘lgan qism” semasi – atash semasi.
Aytilganidek, sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini
belgilashda leksema paradigmadoshi bilan tekshirilishi lozim. Aks
holda, leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim
bo‘lmagan) semasini farqlashning imkoni bo‘lmaydi. Masalan,
ingliz tilidagi brother leksemasining sememasi “qarindosh”, “qon-
qarindosh”, “bir avlod” atash semalariga ega. O‘zbek tilidagi aka
leksemasida esa bu sema bilan birgalikda “mendan katta” relevant
semasi ham bor. Chunki aka leksemasi shu semasi bilan uka
leksemasiga qarama-qarshi turadi. Brother leksemasiga shu sema
bilan qarshilanuvchi birlik yo‘q, shu boisdan unda noaniq tabiatli
“mendan katta/mendan kichik” semasi mavjud bo‘lib, u noaniq
bo‘lganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi кобыла leksemasida
“urg‘ochi” semasi muhim bo‘lib, u o‘zbek tilidagi baytal
leksemasining ham, biya leksemasining ham muqobili bo‘la oladi.
Biroq baytal va biya zidlanishida “urg‘ochi” semasi emas,
“qulunli” (biya leksemasida) va “qulunsiz” (baytal leksemasida)
semasi relevant (muhim)dir.
Кo‘rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng
muhim, belgilovchi hisoblanadi va borliq parchasiga muvofiq
keladi.
Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qo‘shimcha ma’no
(uslubiy bo‘yoq, shaxsiy munosabat, qo‘llanish doirasi va davri)ni
atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham
leksema sememasini farqlash quvvatiga ega bo‘lgan sema bo‘lib,
ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. Masalan, yuz va bet
leksemasining ifoda semasi o‘zaro qiyosda ochiladi:
yuz – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha
bo‘lgan qismining uslubiy betaraf ifodasi”.
bet – “inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha
bo‘lgan qismining so‘zlashuv uslubiga xos ifodasi”.
Bu sememalardagi “uslubiy betaraf” (yuz leksemasidagi) va
“so‘zlashuv uslubiga xos” (bet leksemasidagi) semalari uslubiy
bo‘yoqni ko‘rsatuvchi ifoda semasidir.
Turq leksemasidagi “salbiy”, jamol leksemasidagi “ijobiy”
semasi shaxsiy munosabatni ko‘rsatuvchi ifoda semasi bo‘lsa,
aeroplan leksemasidagi “arxaik”, kompyuter leksemasidagi
“neologizm”, xarseb (olma turi) leksemasidagi “shevaga xos”
semasi – qo‘llanish davri va doirasini ko‘rsatuvchi ifoda semasi.
Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‘lmagan turga
ajratiladi. Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent
konnotativ sema va muhim bo‘lmagan ifoda semalari adgerent
konnotativ sema deyiladi.
Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik)
imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‘rinni egallashini bildiruvchi
semadir.
Masalan,
kitob, daftar, maktab, bormoq kabi
leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta keng va shu boisdan
gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi. Qat’iy, keskin, moviy,
qizg‘ish leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq.
Ular ayrim so‘zlar bilan birika oladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |