See discussions, stats, and author profiles for this publication at


O’ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA RIVOJLANGAN



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   195
O’ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA RIVOJLANGAN 
MAMLAKATLAR MODELLARIDAN FOYDALANISH. 
Ollanazarov B. Phd., UrDU, 
Matkarimov F. magistrant 
O‘zbekistonda hozirgi kunda turizm sanoatiga juda katta ahamiyat berilmoqda. Bu borada 
agroturizm sohaning yangi istiqbolli yo’nalishlaridan biri deb baholanmoqda sababi mamlakatning 
shahardan tashqarida joylashgan hududlarda ham turizm salohiyati yuqori hisoblanadi. 
Hozirgi kunda agroturizm Yevropaning bir qancha mamlakatlarida yaxshi rivojlangan. 
Sayyohlarni qishloq uylari va fermer xo’jaliklariga joylashtirishdan tashqari yana qayta ta’mirlangan 
qadimiy qasr, cherkov, tegirmonlarda yashashi uchun sharoit yaratilgan. Shaharlik sayyohlar dam 
olish maqsadida tog’li rayonlarga borishni istashsa ular tog’da yashovchi aholi bilan kelishilgan holda 
ish tutishadi. Ya’ni, tog’lik aholi sayyohlar uchun o’z uylaridan joy ajratishadi. Buning evaziga 
sayyohlar uy egalariga qishloq xo’jalik ishlarida yordam berishadi. Sayyohlar aholiga mevalarni 
terish, dorivor o’simliklarni yig’ish, poliz ekinlarini o’stirish va terishda yordamlashishadi. Buning 
natijasida sayyohlar toza ob-havodan bahramand bo’lishadi, qishloq xo’jalik ishlarini o’rganishadi, 
dorivor o’simliklarni yovvoyilaridan ajratishni o’rganib olishadi, ruhan va jismonan dam olishadi, 
toza ekologik mahsulotlardan oziqlanishadi.
Fransiya G'arbiy Evropaning agroturizm xizmatlari bozorida Ispaniya bilan jiddiy 
raqobatlashmoqda, bu erda ushbu xizmatlardan foydalanuvchi chet ellik sayyohlar soni 1,2 million 
kishi, ichki agroturizm oqimidan oshib ketadi.
Ispaniyada qishloq joylarida 5000 dan ortiq dam olish imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, 
mamlakatda deyarli 27000 agro-sayyohlar sig'dira oladi. Agroturizm sohasida yashashning taxminiy 
narxi bir kishi uchun bir kecha uchun 25-120 AQSh dollarini tashkil etadi. 
Hozirgi kunda bir nechta asosiy agroturizmi modellari mavjud ular quyidagilar: 
Britaniya modeli - fermer xo'jaliklari egalari va sayyohlarning birgalikda yashashiga 
asoslangan. Ushbu modeli bo'yicha taqdim etiladigan asosiy xizmatlarga ekoturizm uchun xos bo'lgan 
ot minish va piyoda yurish kiradi.


142 
Germaniya modeli - asosiysi dalalardagi o'zaro mehnat va sayyohlar va egalarining kundalik 
hayotda va fermer ishlarida birgalikda ishtirok etishidir.
Fransiya modeli - pishirish va vinochilik bu asosiy element. Bu holda sayyohlarga mahalliy 
oshxonaning to'liq menusi, shu jumladan pishloqlar, konyak va sharobli ichimliklarni o'z ichiga olgan 
alohida uy taklif etiladi. Ulardan har bir fermerning sharobga ega ekanligini hisobga olsak, o'z ishlab 
chiqarish markasi mavjud. 
Italiyaning agroturizm- modeli Fransiya modeliga o'xshaydi, lekin o'ziga xos ta'mi bilan farq 
qiladi. U pazandalik yo'nalishidan tashqari, ko'ngilochar dasturlarni, sport bilan shug'ullanadigan 
jismoniy faoliyatni, tarixiy diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilishni o'z ichiga oladi. Italiyalik 
sayyohlar uzumzorlarda ishlaydi, uzum yig'adi va qayta ishlaydi va zaytun teradi. Turmush sharoitlari 
boshqacha u hashamatli villa yoki oddiy qishloq uyi bo'lishi mumkin. 
Statistik malumotlarga ko’ra 50% dan ortiq Yevropaliklar qishloq joylarida dam olishni avzal 
ko’rishadi. Masalan Avstriyada Yevropaning umumiy qishloq xo’jaliki turistlarining 16% ni 
agroturistlar tashkil qildi. Italiyada 13%, Fransiyada 15%, Ispaniyada 8%
1
O’zbekistoning barcha xududlarida agroturizmni rivojlantirishda turli usullardan 
foydalanilmoqda. Samarqand va Toshkent viloyati hududlarida uzumdorchilik yaxshi rivojlangan 
bo’lib, sayyohlarga ushbu yetishtirilgan uzumlardan ta’tib ko’rish, o’sha uzumdan tayyorlangan 
vinoni ichib mazasiga baho berish imkoni yaratilgan
2
Yana ba’zi hududlarda oqar suvlar, kanallar, 
ariqlar ustida katta tapchanlar o’rnatilib, shahardan keluvchi mehmonlar, turli yo’nalish 
haydovchilari, sayyor sayyohlarni jalb qilib, u yerda dam olish imkoni yaratiladi.
Tadqiqot ishimiz davomida mamlakatda agroturizmni rivojlantirish uchun quyidagi tavfsiyalar 
ishlab chiqildi: 
-respublikadagi asosiy agroturizm resurslariga turistik marshrutlar ishlab chiqish qoniqarsiz 
holatdaligini alohida ta’kidlash zarur; 
-chekka qishloq joylarida, fermer xo’jaliklarida, agroturizm marshrutlari va bu marshrutlarda 
turistlarga xizmatlar ko‘rsatish, dam olish va tunash manzillarini, mehmonxona yoki motellar 
yaratishga haligacha kirishilgan emas; 
-respublikamizda agroturizm resurslaridan foydalanishning huquqiy-qonuniy me’yorlari 
hozirgacha ishlab chiqilmagan; 
-agroturizmni rivojlantirishda agroturizm maskanlaridagi tadbirkorlik, tashabbuskorlik, turizm-
biznes mahalliy mehnat resurslarining ish bilan band bo’lishidagi ta’lim-targ‘ibot, qiziqtirish ishlari 
qoniqarsiz ahvolda; 
-agroturizmni rivojlantirishda ichki agroturizm va xalqaro agroturizmning milliy reklamasi 
ichki turizm bozoriga ham, tashqi turizm bozoriga ham chiqarilmagan; 
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkunki amalga oshirilayotgan islohatlar, davlat tomonidan 
qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan qulayliklarni inobatga olgan holda ish olib borilsa turizmning 
ushbu turi yaqin yillarda yetakchi yo’nalishga aylanadi. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish