See discussions, stats, and author profiles for this publication at


O`ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB



Download 8,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/195
Sana23.02.2022
Hajmi8,96 Mb.
#182707
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195
O`ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB 
MASALALARI 
Matjonov B.R., Qo`chqarov Sh. 
Urganch davlat universiteti katta o’qituvchilari 
Maʼlumki, har qanday mamlakat mahalliy aholisining madaniyati, anʼanalari va turmush tarzi 
oʻsha yerning oʻziga xos turistik salohiyat hisoblanadi va muhimi - buni qoʻldan boy bermaslik. 
Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 2019-yilning 1-noyabridan eʼtiboran Turizmni rivojlantirish davlat 
qoʻmitasi eng yuqori turizm salohiyatga ega boʻlgan fuqarolar yigʻinlari (shaharcha, qishloq, ovullar 
hamda shahar, shaharcha, qishloq va ovullarning mahallalari) roʻyxatini shakllantira boshladilar. 
Fuqarolar yigʻinlari hududlarida 20 tadan kam boʻlmagan oilaviy mehmon uylari yaratilgan taqdirda 
va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlantirish xizmatlaridan 
tashqari) koʻrsatilgan taqdirda, ularga “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” yoki “Turizm ovuli” 
maqomi beriladi. 2020-yildan boshlab “Turizm mahallasi”, “Turizm qishlogʻi” yoki “Turizm ovuli” 
maqomining berilgan fuqarolar yigʻini “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlariga 
kiritildi. 
1
Ўзбекистон 
Республикаси 
Туризмни 
ривожлантириш 
давлат 
қўмитасининг 
расмий 
веб-сайти: 
https://uzbektourism.uz/cyrl/newnews/view?id=1354
 
2
Ўзбекистон Республикаси Мусулмонлари идораси Жўйбори калон ўрта махсус Ислом билим юрти расмий веб-сайти: 
https://www.juyborikalon.uz/maqola/113
 


132 
Vazirlar Mahkamasining «O’zbekison Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish 
uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2020 yil 10-iyuldagi 433-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan «Fuqarolar yig’inlariga «Turizm mahallasi» «Turizm qishlog‘i» va «Turizm 
ovuli» maqomini berish tartibi to’g’risidagi Nizom»ning ijrosini ta’minlash maqsadida yuqoridagi 
maqomlarni olish tartibi joriy qilindi. Unga ko’ra: 
 fuqarolar yig‘ini hududida xorijiy va mahalliy turistlarni qabul qilish uchun kamida 20 
ta oilaviy mehmon uylarining mavjudligi; 
 fuqarolar yig‘ini hududida turistlarga kamida 5 xil sifatli turistik xizmatlarni taqdim 
etish ovqatlanish xizmatlaridan tashqari); 
 fuqarolar yig‘ini hududida turizmning quyidagi turlaridan birini tashkillashtirish; 
 fuqarolar yig‘ini hududida mahalliy ishlab chiqarilayotgan esdalik sovg‘alari 
mahsulotlarini sotish shoxobchalarini tashkil etish; 
 fuqarolar yig‘ini hududida turistlar xavfsizligini ta’minlash; 
 turistlar uchun yaratilgan qo‘shimcha ko‘ngil ochar shart-sharoitlar (otlar, tuyalar, 
velosipedlar, kvadratsikllar, qayiqlar, katomaranlar va boshqalar ijarasi); 
 zarur infratuzilmaning mavjudligi (avtomobil yo‘llari, transport aloqasi, aloqa 
vositalari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, Internet, sovuq mavsumda isitish tizimi); 
 hududda kuzatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar va xavfli hududlar to‘g‘risida 
ma’lumotlarning mavjudligi; 
 yil davomida turizm xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; 
 zarur ko‘rsatkichlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida mavjudligi; 
 birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi; 
 bosma shaklda turistik obyektlarni joylashish joylari xaritasi mavjudligi; 
 tashrif buyurishdan oldin turistlar tomonidan oilaviy mehmon uylari uchun joylarni 
bron qilish va fuqarolar yig‘ini hududida ko‘rsatiladigan turistik xizmatlarga buyurtma berish 
imkoniyatining mavjudligi; 
 fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida barcha uchun qulay joyida ma’lumot materiallari 
(varaqalar, bukletlar, risolalar, xaritalar va boshqalar) mavjudligi. 
Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alohida daromad keltiradigan tur hisoblanib, dunyo turizm 
xizmat bozorida alohida o‘rin tutadi.
Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham, shunga 
qaramay turizm ishlarida alohida o‘rin tutib, uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq. 
Respublikamizda qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqlardagi aholinig samimiyligi, tabiatning 
tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor. Lekin, shunga qaramay, xorijiy 
turoperatorlarning fidoyiligi, turistlarni o‘z qishloqlariga tortishi, turistlarni o‘z xalqining va 
davlatining rivojlanishi uchun olib kelishi, ish joylarini tashkil etishlari, o‘z yurtining turistlik 
resurslarini mustahkamlab, davlatga valyuta olib kirishlari va shu daromadlaridan soliqlar to‘lab 
xazinani to‘ldirishlari taxsinga loyiq. Umuman qishloqlarda turist bo‘lib turish, sanatoriy-kurort 
zonalarida yoki mashhur turistlik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatbaho 
turistlik markazlarda dam olaolmaydi, shu jihatdan qishloq turizmini rivojlantirish katta ahamiyatga 
ega. 
Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 
 qishloq joylarda alohida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari miqdoriga 
qaramay, oilasining an’analariga qarab amalga oshiriladi; 
 vrach maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni olib borishga qarab; 
 tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadida; 
 ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan oziqlanishi mumkinligi uchun; 
 qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lishi, ishlash uchun real imkoniyatlar borligi uchun; 


133 
 boshqa ijtimoiy toifadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lishi, ularning madaniyati, urf-odatlari 
bilan tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish imkoniyatining mavjudligi uchun. 
Qishloq joylaridagi ekologik toza hudud, ajoyib tabiat va boshqa rekreatsiya resurslari 
ekoturizmni muhim obekti bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistlar uchun qiziqarli bo‘lgan obektlar, ya’ni 
alohida muhofazaga olingan hududlar (milliy bog‘ va qo‘riqxona) doirasidagi turli tabiiy va madaniy 
vujudga kelgan landshaftlar, o‘simlik hamda hayvonot olami resurslari, ajoyib tabiat kompelkslari , 
tabiat yodgorliklari ekoturizmni rivojlantirishning muhim asosi hisoblanadi. Bu hududlarda tabiat 
ne’matlaridan foydalanilgan holda tabiiy xizmat ko‘rsatish sohasi (servis)ni yo‘lga qo‘yish, kompleks 
rivojlantirish va turli tematik marshrutlarni tashkillashtirish sohani rivojida hamda qishloq joylarida 
ko‘pgina yangi ish o‘rinlarini yaralishiga zamin bo‘ladi. Undan tashqari tog‘li hududlardagi 
xushmanzara joylar nafaqat mahalliy aholini, balki chet ellik sayyohlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Bu 
imkoniyatlardan qishloq joylarida samarali foydalanish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishimiz 
lozim: 
 ekoturizm obyekti sifatida mavjud tabiat go‘shalaridan tartibli foydalanish; 
 xududlarni turistik rayonlashtirish va ularni ekoturistik nuqtai nazardan baholash; 
 tabiat muhofazasiga alohida e’tibor qaratish zarur. 
 mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini 
turistik resurs sifatida ilmiy jihatdan o‘rganib chiqish; 
 mavjud qo‘riqxonalar, milliy bog‘lar va tog‘lardagi xushmanzara va noyob tabiat go‘shalarini 
ekoturizm obyekti va rekreasiya resursi sifatida foydalanish uchun kerakli infratuzalmani 
shakllantirish; 
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash zarurki, qishloq joylarimiz turizmni rivojlantirish resurslariga 
boy ekan, faqat undan samarali foydalanishda turistlarni joylashtirish va ovqatlantirish, transport 
xizmatini ko‘rsatish, umuman olganda xizmat ko‘rsatish sohalarini shakllantirish asosiy omil 
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda qishloq turizmini rivojlantirish uchun belgilangan topshiriqlarni o`z 
vaqtida bajarish lozim. 

Download 8,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish